Iqtisodiyot va biznes
Download 30.88 Kb.
|
2lEkaVlyaS28wmDBaYgFCz83YmmlaPhSrNkb99gF (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biznes-rejalashtirish boʻyicha mutaxasislar biznes-rejani tuzish va dizayni boʻyicha quyidagi qoidalarga amal qilishni maslahat beradilar
- Dunyodagi eng qadimgi biznes qaysi
- Manba
BIZNES Biznes-rejalashtirish boʻyicha mutaxasislar biznes-rejani tuzish va dizayni boʻyicha quyidagi qoidalarga amal qilishni maslahat beradilar: Takliflar qisqa, loʻnda, ravon boʻlishi kerak. Texnik jargondan foydalanishga ruju qoʻymaslik kerak. Аniq va tushunarli iboralar muallifning ishini chuqur anglashini bildiradi. Biznes-reja faqat ishga taalluqli maʼlumotni oʻz ichiga olishi kerak. Mazkur biznes bilan bogʻliq boʻlmagan sohalar yoki sof nazariyaga kirishib ketmaslik lozim. Biznes-rejada keltirilgan gʻoyalar haddan tashqari ambitsiozli boʻlmasligi kerak. Reja holatini aniqlashda fotosuratlar, diagramma, jadvallar juda yaxshi yordam beradi. Rejaning aniq tarkibiga ham eʻtibor qaratish lozim. Material qisqa, yaxshi ajratilgan paragraflarga boʻlingan boʻlishi kerak. Dunyodagi eng qadimgi biznes qaysi? Dunyodagi eng qadimgi biznes Yaponiyadagi “Kongo Gumi” nomli kompaniya boʻlib, u 578 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Bu roʻyxatdagi eng qadimgi kompaniya boʻlib, dunyodagi eng qadimgi ikkinchi korxonadan 200 yil avval tashkil etilgan. “Kongo Gumi” oilaviy qurilish kompaniyasi boʻlib, koʻp asrlar oldin Buddist ibodatxonalari va boshqa mashhur binolarni qurishni boshlagan. Kompaniya 2006 yilda og'ir kunlarni boshdan kechirdi va oʻshandan beri Yaponiya qurilish va muhandislik konglomeratining shoʻba korxonasi hisoblanadi. Manba:https://wyomingllcattorney.com/Blog/Oldest-Business-Every-Country-AroundWorld TADBIRKORLIK FAOLIYATI MOHIYATI Tadbirkorlik (tadbirkorlik faoliyati) – yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mulkiy ma’suliyat ostida, mavjud qonunlar doirasida, daromad (foyda) olish maqsadida, tahlika bilan amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyatdir Tadbirkorlik faoliyati toʻgʻrisida qisqa qilib quyidagicha taʻrif berish mumkin: tadbirkorlik faoliyati – shakli va sohasidan qat’iy nazar foyda olish va undan samarali foydalanish maqsadiga qaratilgan iqtisodiy faoliyatdir. O’zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to’g’risida»gi qonunida ta’riflanishicha «Biznes» - tijorat faoliyati boʻlib, inglizcha “busy" - band boʻlmoq degan soʻzdan kelib chiqqan. Biznes - bu foyda olishga qaratilgan faoliyat. Biznesning qamrovi tadbirkorlik faoliyatiga nisbatan kengdir. TADBIRKORLARNING VAZIFALARI Tadbirkor tovar va xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish omillarini birlashtiradi va “katalizator” vazifasini bajaradi. Biznesni yuritish jarayonida u qarorlar qabul qilishdek qiyin bir vazifani zimmasiga oladi. Tadbirkor – tashkilotchi shaxs boʻlib, yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy qilib, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga intiladi. Tadbirkor bu tahlikaga boruvchi insondir. U nafaqat oʻz mol-mulki, vaqti, mehnati bilan, balki oʻz sheriklari, hissadorlari qoʻshgan mablagʻlar bilan ham tahlikaga boradi. Download 30.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling