Iqtisodiyot va biznes
Download 30.88 Kb.
|
2lEkaVlyaS28wmDBaYgFCz83YmmlaPhSrNkb99gF (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eksport (mln. AQSh. doll)
- Import (mln. AQSh. doll)
- Qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi (mlrd. soʻm)
- Yuk tashish (mln. tonna)
- Yuk aylanmasi (mln. tonna-km)
- Yoʻlovchi tashish (mln.yoʻlovchi)
- Yoʻlovchi aylanmasi (mln. pass. km)
- Shoʻba xoʻjalik jamiyati
Aksiyadorlik jamiyati – kapitali qimmatli qog‘oz shaklida rasmiylashtirilgan turli omonatchilarning pul mablag‘laridan tarkib topuvchi korxona Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati Yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati Egasi yozilgan aksiya Egasi yozilmagan aksiya AKSIYA TURLARI Oddiy aksiya Imtiyozli aksiya Aksiya – bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga o‘zining ma‘lum hissasini qo‘shganligiga va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatli qog‘ozdir. Bundan tashqari, aksiya korxonani boshqarishda qatnashish huquqini ham beradi.Aksiya – bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga o‘zining ma‘lum hissasini qo‘shganligiga va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatli qog‘ozdir. Bundan tashqari, aksiya korxonani boshqarishda qatnashish huquqini ham beradi.Aksiya kursi quyidagicha aniqlanadi: АK – aksiya kursi D – dividend Fs – ssuda foizi Shoʻba xoʻjalik jamiyati Аgar bir (asosiy) xoʻjalik jamiyati yoki shirkati ikkinchi xoʻjalik jamiyatining ustav fondida undan ustunlik mavqeiga ega boʻlgan holda ishtirok etishi tufayli yoxud ular oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq, yo boʻlmasa boshqacha tarzda ikkinchi xoʻjalik jamiyati tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni belgilab berish imkoniga ega boʻlsa, ushbu ikkinchi xoʻjalik jamiyati shoʻba xoʻjalik jamiyati hisoblanadi. Unitar korxona Oʻziga biriktirib qoʻyilgan mol-mulkka nisbatan mulkdor tomonidan mulk huquqi berilmagan tijoratchi tashkilot unitar korxona hisoblanadi. Unitar korxonaning mol-mulki boʻlinmasdir va u qoʻshilgan hissalar (ulushlar, paylar) boʻyicha, shu jumladan korxona xodimlari oʻrtasida ham, taqsimlanishi mumkin emas. Dehqon xoʻjaligi Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida Oʼzbekiston Respublikasining N 604- Qonuniga muvofiq dehqon xoʻjaligi oilaviy mayda tovar xoʻjaligi boʻlib, oila aʻzolarining shaxsiy mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun oila boshligʻiga berilgan tomorqa yer uchastkasida qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtiradi va realizatsiya qiladi. Dehqon xoʻjaligidagi faoliyat tadbirkorlik faoliyati jumlasiga kiradi, hamda dehqon xoʻjaligi aʻzolarining istagiga koʻra yuridik shaxs tashkil etgan holda va yuridik shaxs tashkil etmasdan amalga oshirilishi mumkin. Dehqon xoʻjaligi oʻz faoliyatida yollanma mehnatdan doimiy asosda foydalanishi mumkin emas. Qonunga koʻra dehqon xoʻjaligi aʻzolari jumlasiga birgalikda yashayotgan va dehqon xoʻjaligini birgalikda yuritayotgan oila boshligʻi, uning xotini (eri), bolalari, shu jumladan farzandlikka olingan bolalari, tarbiyaga olgan bolalari, ota-onalari, mehnatga qobiliyatli yoshga yetgan boshqa qarindoshlari kiradi. Fermer xoʻjaligi «Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida» gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Fermer xoʼjaligi ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqarishi bilan shugʻullanuvchi, mustaqil xoʻjalik yurituvchi subyektdir. Fermer xoʻjaligining boshligʻi shu xoʻjalikning muassisi – fermerdir. Oʻn sakkiz yoshga toʻlgan, qishloq xoʻjaligida tegishli malaka yoki ish tajribasiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi fermer boʻlishi mumkin. Boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda fermer xoʻjaligi nomidan ana shu xoʻjalik boshligʻi ish koʻradi. Fermer xoʼjaligi boshligʻining huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlanadi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Fermer xoʻjaligini tashkil etish shartlari qonuning 5 moddasi belgilab oʻtilgan. Unga koʼra fermer xoʻjaligi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda va zahira yerlarda tashkil etiladi. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻillanishdan oldin bir nechta jarayondan oʻtishi lozim. Аvvalam bor davlat roʻyxatidan oʻtish shart. Buning uchun quʻyidagi bosqichlardan oʻtish kerak boʻladi: • Biznes gʻoyani puxta tahlil qilish • Ish boshlash uchun kerak boʻladigan resurslarni aniqlash • Biznesni yuridik maqomini (shaklini) tanlash • Tashkilotga nom tanlash va statistika organlarida ushbu nomni tasdiqlatib olish • Tashkilotni pochta manzilini aniqlash • Hujjatlarni tayyorlash • Yustitsiya organlari yoki hokimliklar huzuridagi “Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olish” inspektsiyaga murojaat qilish • Majburiy toʻlovlarni toʻlash
Download 30.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling