Iqtisodiyot va menejment ” kafedrasi “statistika” fanidan talabalar mustaqil ta’limini tashkil etish va baholash bo‘yicha uslubiy qo‘llanma


Mustaqil taʼlimni tashkil etishning shakli va mazmuni


Download 394 Kb.
bet2/7
Sana14.12.2022
Hajmi394 Kb.
#1002817
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Statistika fani mustaqil ishi uslubiy qo`llanma2 2022

Mustaqil taʼlimni tashkil etishning shakli va mazmuni
“Statistika” fani bo‘yicha talabaning mustaqil taʼlimi shu fanni o‘rganish jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to‘la taʼminlangan. Talabalar auditoriya mashg‘ulotlarida professor-o‘qituvchilarning maʼruzasini tinglaydilar, amaliy misollar yechadilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uy vazifa sifatida berilgan topshiriqlarni bajaradi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o‘rganish maqsadida qo‘shimcha adabiyotlarni uqib referat (taqdimot)lar tayyorlaydi hamda mavzu bo‘yicha testlar yechadi. Mavzuga doir masalalar, keys-stadi va o‘quv loyihalarini Axborot resurs markazi manbalari hamda izlanish obʼektining hususiyatidan kelib holda bajaradi. Mustaqil taʼlim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.
Uyga berilgan vazifalarni bajarish, yangi bilimlarni mustaqil o‘rganish, kerakli maʼlumotlarni izlash va ularni topish yo‘llarini aniqlash, Internet tarmoqlaridan foydalanib maʼlumotlar to‘plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to‘garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola (tezis) va maʼruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil taʼlimsiz o‘quv faoliyati samarali bo‘lishi mumkin emas. Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg‘ulot olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o‘zlashtirish darajasinitekshirish va baholash esa maʼruza darslarini olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.
Talaba mustaqil ishi – muayyan fandan o‘quv dasturida belgilangan bilim, ko‘nikma va malakaning maʼlum bir qismini talaba tomonidan fan o‘qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida o‘zlashtirishiga yo‘naltirilgan tizimli faoliyatdir.
Mustaqil taʼlimni bajarish talabani “Statistika” fanining auditoriya mashg‘ulotlaridan olingan nazariy bilimlariga qo‘shimcha bo‘lib talabalarga o‘quv ko‘nikmalarni egallashga, ijodiy fikrlashni shakllantirishga, ilmiy intilishga imkon beradi.
Mustaqil taʼlim talabaning o‘rganilayotgan mavzular bo‘yicha adabiyotlarni taxlil etishdan, turli avtorlarni konsepsiyasini tanqidiy baxolashdan, xamda o‘zining munosabatidan iborat.
Mustaqil taʼlimni bajarishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat;
- ishning mavzusi bo‘yicha amaliy maʼlumot yig‘ish hamda uslubiy material va adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish;
- “Statistika” fani soxasida tajriba olib borish, izlanish, taxlil qilish uslubiyotini egallash;
- maʼlumotlarni taxlil qilish natijasidan ilmiy asoslangan xulosalar, takliflar shakllantirish.
Mustaqil ishni bajarishdan asosiy maqsad –kafedra professor-o‘qituvchilarining bevosita rahbarligi va nazorati ostida talabalarni semestr davomida fanni uzluksiz o‘rganishini tashkil etish, olingan bilim va ko‘nikmalarni yanada mustahkamlash, kelgusidagi darslarga tayyorgarlik ko‘rish, aqliy mehnat madaniyatini, yangi bilimlarni mustaqil ravishda izlab topish va qabul qilishni shakllantirish hamda ushbu tariqa universitetda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga erishishdan iborat.
Mustaqil ish uchun beriladigan topshiriqlarning shakli va hajmi, qiyinchilik darajasi ko‘nikmalar hosil bo‘lishiga muvofiq ravishda o‘zgarib, oshib borishi lozim. Yaʼni, talabalarning topshiriqlarni bajarishdagi mustaqilligi darajasini asta-sekin oshirib, ularning topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondoshishga o‘rganib borishi kerak.
“Statistika” fani bo‘yicha talabalar mustaqil ishini tashkil etishda talabaning akademik o‘zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish mumkin:
- fanning ayrim mavzularini o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish, o‘quv manbalari bilan ishlash;
- seminar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rib borish;
- belgilangan mavzular bo‘yicha referat tayyorlash;
- O‘zbekiston Resublikasi qonunlari, Prezident qarorlari va farmonlari hamda boshqa meʼyoriy hujjatlarni konspektlashtirish;
- testlar yechish;
- amaliyotdagi mavjud muammoning yechimini topish bo‘yicha keyslar yechish;
- munozarali savollar va topshiriqlarga tayyorgarlik ko‘rish;
- talabalarning ilmiy jamiyatlari va to‘garaklarida ishtirok etish;
- ko‘rgazmali vositalar tayyorlash;
- kurs ishi (loyihalari)ni bajarish;
- hisob-kitob va grafik ishlarini bajarish;
- ilmiy maqola, tezislar va maʼruza matnlarini tayyorlash;
- axborot resurs markazida belgilangan mavzular bo‘yicha nazariy, amaliy va statistik maʼlumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va muayyan tizimga solish;
- belgilangan mavzular bo‘yicha zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida taqdimot materiallari tayyorlash;
- talabalar yotoqxonasidagi maʼnaviyat xonasi, kutubxona, zamonaviy axborot texnologiyalar markazi imkoniyatlaridan foydalanilgan holda mustaqil o‘qish jarayonlarida ishtirok etish;
- fakultativlar va maxsus seminarlar ishlarida ishtirok etish;
- kafedralar va fakultetlarning ilmiy hamda ilmiy-uslubiy ishlarida ishtirok etish va boshqalar.
Talabalarning mustaqil ishi taʼlim va tarbiyaning shunday vazifalariga bo‘ysundirilganki, butun o‘quv jarayoni to‘laligicha talabalar tomonidan faol, ongli, puxta va tizimli ravishda fan asoslarini o‘zlashtirish va ularda iqtisodiy dunyoqarashni shakllantirish imkonini beradi. Bu vazifalar taʼlim jarayoni va shaxsni shakllantirish qonuniyatlarini bilmasdan va foydalanmasdan turib hal qilinishi mumkin emas. Ularning mazmuniga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

Download 394 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling