Vaqtbay ish haqi — ishchining ishlagan vaqti (kun, hafta, oy) hisobga olinib, to’lanadigan ish haqidir.
Ishbay ish haqi — ishlab chiqargan mahsuloti miqdoriga yoki bajargan ishi hajmiga qarab to’lanadigan ish haqidir.
Nominal ish haqi — pul shaklida olingan ish haqi summasi.
Real ish haqi — nominal ish haqi summasiga sotib olish mum-kin bo’lgan tovarlar va xizmatlar miqdori yoki nominal ish haqining sotib olish layoqati.
Takrorlash uchun savollar
Ish xaqining turlicha nazariyalarini tahlil qilib, ularga o’z qarashingizni bildiring.
Real ish xaqi darajasi qanday omillar ta’siri ostida o’zgaradi?
Nima uchun ish xaqining umumiy darajasi har xil mamlakatlarda turlicha?
Kasaba uyushmalari ish xaqini oshirishning qanday usullardan foydalanadilar?
Tavsiya etilgan adabiyotlar ro’yxati
Karimov I.A. Jaxon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi. O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari.-T.: O’zbekiston, 2009.
Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy isloxotlarni chukurlashtirish yo’lida.-T.; «O’zbekiston», 1995.
Makkonell K., Bryu S. «Ekonomiks», 8-bob.
O’lmasov A., SHarifxujaev M. Iqtisodiyot nazariyasi (darslik). T. «Mexnat» , 1995.
5. SH.SHodmonov, U.G’ofurov. Iqtisodiyot nazariyasi.-T.: Fan va texnologiya, 2005.-784 b. Adadi 3000.
6. A.O’lmasov, A.Vaxobov Iqtisodiyot nazariyasi. –T.: SHarq, 2006.-480 b. Adadi 2000.
12- Seminar mashg’uloti
Mavzu.
Seminar mashg’ulotining rejasi:
1. Agrar munosabatlar va ularning bozor tizimidagi xususiyatlari.
2. Ijara munosabatlari. Yer rentasi tushunchasi.
3. O’zbekistonda yerga soliq va uni ro’yobga chiqarish amaliyoti. Yerning bahosi va uni aniqlovchi omillar.
4. Agrosanoat integratsiyasi. Agrobiznes va uning turlari. Fermer xujaliklari va uning birlashmalari.
5. O’zbekistonda agrar sektor va fermer dehqon xo’jaliklarini rivojlantirishning davlat dasturlari.
Seminar mashg’ulotining maqsadi
Talabalarda agrar munosabatlar va ularning bozor tizimidagi xususiyatlari. Iqtisodiyotning agrar sektori. Yerning resurs sifatidagi o’ziga xos xususiyatlari. Yer mulkchilik va xujalik yuritish ob’ekti. Renta miqdoriga ta’sir ko’rsatuvchi omillar. Differentsial renta I va II. Absolyut renta. Monopol renta. Qazib oluvchi sanoat va qurilish uchastkalarida renta. Renta tulovining shakllari. Agrosanoat integratsiyasi. Agrobiznes va uning turlari. Fermer xujaliklari va uning birlashmalari. O’zbekistonda agrar sektor va fermer dehqon xo’jaliklarini rivojlantirishning davlat dasturlarini o’rgatishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |