Iqtisodiyot va menejment” fakulьteti «Menejment» kafedrasi


Download 0.52 Mb.
bet44/50
Sana01.03.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1240552
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   50
Bog'liq
Iqtisodiyоt nazariyasi

21- Seminar mashg’uloti


Mavzu. Axoli daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati


Seminar mashg’ulotining rejasi:
1. Ijtimoiy adolat kontseptsiyasi. Ijtimoiy- yo’naltirilgan bozor tizimi sharoitida ijtimoiy adolat printsiplarining rivojlanishi.
2. Axoli daromadlari, uning turlari va shakllanish manbaalari.
3. Daromadlarning davlat tomonidan qayta taqsimlash g’oyasi, maqsadi va dastaklari.
4. O’zbekiston bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida davlatning ijtimoiy siyosati.


Seminar mashg’ulotining maqsadi
Talabalarda ijtimoiy adolat kontseptsiyasi. Ijtimoiy- yo’naltirilgan bozor tizimi sharoitida ijtimoiy adolat printsiplarining rivojlanishi. Jamiyatning ijtimoiy iqtisodiy tuzilishi.Jamiyat a’zolarining daromadlari, mol mulkka egaligi va ijtimoiy axvoli bo’yicha farqlari. Lorents egri chizig’i. Axoli daromadlari, uning turlari va shakllanish manbaalari. Nominal va real daromad. Daromadlarning tabaqalanish sabablari va omillari. Turmush darajasi va sifati. Turmush darajasi va qashshoqlikning ko’rsatkichlar tizimi. Oila byudjeti: daromadlari va xarajatlari tarkibi. Daromadlarning davlat tomonidan qayta taqsimlash g’oyasi, maqsadi va dastaklari. Ijtimoiy fondlar, ularning roli, manbaalari va tuzilishi. Ijtimoiy tenglik va iqtisodiy samaradorlik. Mexnat faoliyatini rag’batlantirish tadbirlari. O’zbekiston bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida davlatning ijtimoiy siyosati. Axolini ijtimoiy ximoyalash tizimi: tabaqalashtirilgan soliq solish, tovon to’lash siyosati, ishsizlik bo’yicha nafaqalar, xayr-exson dasturlariga doir bilimlarni o’rgatishdan iborat.
Asosiy tayanch tushunchalar
Axoli daromadlari- aholining ma’lum vaqt davomida pul va natural shaklda olgan daromadlari miqdori.
Nominal daromad – aholi tomonidan pul shaklida olingan daromadlari summasi.
Real daromad – aholining nominal daromadlari summasining tovar va xizmatlari sotib olish layoqatidir. Aholi real daromadiga nominal daromad summasi bilan birga baholar darajasi, soliqlar va boshqa omillar ham ta’sir qiladi.
Lorents egri chizig’i – daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy aniqlashning grafik tasviri.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling