Iqtisodiyot va menejment
-chizma. Talab bo‘yicha narx egri chizig‘i
Download 1.47 Mb.
|
Iqtisodiyot va menejment
5-chizma. Talab bo‘yicha narx egri chizig‘i.
Chizmadan ko‘rinadiki, tik o‘qda muauyan tovarlarga talab hajmining ko‘payib borishi, yotiq o‘qda esa mahsulot birligiga bo‘lgan narx darajasining oshib borishi aks ettirilgan. Talab bo‘yicha narx egri chizig‘i (R1R2) bozor narxining xaridorlarning ommaviy talabiga bog‘liqligini ifodalaydi. Monopsonist o‘zi uchun zarur bo‘lgan tovarni, masalan qishloq xo‘jaligi xom ashyosini oldindan past narxlarda sotib olib, uning katta miqdordagi zahirasini tauyorlab qo‘yadi. Bu esa unga yangi hosilning yig‘im-terimi davrida o‘zi sotib olayotgan xom ashyoga monopol past narxlarni o‘rnatish imkonini beradi. Bunday past narxlarda monopsonist juda katta foyda oladi. Sun’iy ravishda sotilayotgan mahsulot ortiqchaligi hududining vujudga keltirilishi xarid narxlarining navbatdagi pasayishiga olib kelib, natijada monopsonistning foydasi oshib boradi. Bunga g‘arb mamlakatlari monopsoniyalari tomonidan ancha vaqtdan buyon Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari tadbirkorlari va mayda tovar ishlab chiqaruvchilaridan sotib olinayotgan arzon xom ashyoni misol tariqasida keltirish mumkin. Afrikadan an’anaviy tarzda eksport qilinuvchi bir qator tovarlar (choy, kofe, kakao va h.k.)ga ham azaldan o‘ta past narxlar o‘rnatib kelinadi. Bir vaqtning o‘zida monopoliya va monopsoniya hisoblanuvchi firma o‘zining daromadini «narxlar qaychisi» usuli orqali ahamiyatli darajada oshiradi. Bunda monopol Yuqori va monopol past narxlardan foydalanilib, ular o‘rtasidagi farq xuddi qaychining ikkita kesuvchi tomoni bir-biridan uzoqlashgandagi singari kattalashib boradi. Narxlarning bunday harakati tovarlar ortiqchaligi va taqchilligi hududlarining kengayishiga asoslanadi. U sanoatning ko‘plab qayta ishlovchi korxonalari uchun xosdir. Bu korxonalar o‘zlarining tauyor mahsulotlariga undirma sanoat tarmoqlarida o‘rnatilgan narxlarga nisbatan bir necha marta Yuqori narx o‘rnatadilar. XX asrning ikkinchi yarmida AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniya va boshqa g‘arb mamlakatlarida agrobiznes sohasining kengayishi bilan narxlar qaychisi asosiy usullardan biriga aylanib, uning yordamida yirik firmalar o‘rta va mayda fermerlarni qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidan siqib chiqardilar. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling