Iqtisodiyot va menejment
-chizma. Oligopolistik bozordagi narxning shakllanishida talab egri chizig‘ining «sinishi»
Download 1.47 Mb.
|
Iqtisodiyot va menejment
6-chizma. Oligopolistik bozordagi narxning shakllanishida talab egri chizig‘ining «sinishi».
Oligopolist-firma o‘z tovari narxini R0 dan R1 ga oshirgan taqdirda qolgan oligopolistlar «inkor etish» hatti-harakatini qo‘llashlari natijasida talab egri chizig‘i yana «sinadi». Oldingi D1D1 ko‘rinishdagi talab egri chizig‘i endi D3ED1 ko‘rinishini oladi. Agar boshqa oligopolistlar ham o‘z tovarlari narxini oshirganlarida, mazkur oligopolist-firmaning tovariga bo‘lgan talab hajmi Q2 ga qadar qisqarishi lozim bo‘lsa, bunday hatti-harakatning amalga oshirilmasligi natijasida bu qisqarish Q3 ga qadar davom etadi, ya’ni bozordagi sotish hajmini yo‘qotish darajasi oshib ketadi. Yuqoridagi fikr-mulohazalardan ko‘rinadiki, oligopoliya sharoitida ishlab chiqaruvchilar narxni ko‘proq o‘zaro kelishish orqali belgilashga harakat qiladilar. O‘z mahsulotlariga bozor narxini o‘rnatishda oligopolistlar tomonidan «narx bo‘yicha etakchilik» hatti-harakati keng qo‘llaniladi. Bu hatti-harakat narx vositasida raqobatlaShuvni inkor etib, mazkur tarmoqqa kiruvchi barcha oligopolist-firmalarning narxni shakllantirish va uni o‘zgartirishda etakchi oligopolist-firmaga ergashishlarini taqozo etadi. Odatda tarmoqdagi eng yirik firma etakchi sifatida maydonga tushadi. Narx bo‘yicha etakchi firma boshqalarga qaraganda iqtisodiy jihatdan ancha ustun bo‘lsada, u o‘zining hatti-harakatini faqat narx jihatdan tazyiq o‘tkazish asosida amalga oshira olmaydi. Narxni shakllantirishda etakchi-firma boshqa ergaShuvchi-firmalarning ham manfaatlarini e’tiborga olmog‘i lozim. Bu manfaatlar ularning xarajatlarini qoplash, me’yordagi foydani ta’minlash, mahsulotlarini sotishga sharoit yaratish kabi holatlar orqali namoyon bo‘ladi. Agar talab yoki ishlab chiqarish xarajatlarining o‘zgarishi natijasida bozor narxi oligopolistik keliShuv doirasidagi firmalarning manfaatlariga muvofiq kelmay qolsa, etakchi firma darhol narxlarni o‘zgartirishi lozim bo‘ladi. Buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan barcha mamlakatlarda davlatning narx sohasidagi siyosati ko‘p jihatdan narxlarni erkinlashtirish, milliy bozor narxlarini jahon bozori narxlariga yaqinlashtirishga qaratiladi. Narxlarni erkinlashtirish – iqtisodiy islohotlarning eng asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, islohotlarning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari ko‘p jihatdan Shu muammoning hal etilishiga bog‘liq bo‘ladi. Narxlarni erkinlashtirish xom-ashyo bilan mahsulot ayrim turlarining narxlari, narx bilan aholi va korxonalar daromadlari o‘rtasida mutanosiblikka erishishga qanday yondashilishi bilan farqlanadi. Shu yondaShuvlarga asoslanib, narxlar quyidagi yo‘llar bilan erkinlashtiriladi: a) narxlarni birdaniga, yoki «esankiratadigan» tarzda qo‘yib yuborish; b) narxlarning o‘sishini sun’iy ravishda to‘xtatib qo‘yish; v) narxni davlat tomonidan boshqarish va nazorat qilishni ma’lum darajada saqlab qolish. Bozor munosabatlariga o‘tayotgan har bir mamlakat, Shu yo‘llardan birini tanlashda ulardan har birining mavjud real shart-sharoitlarga qanchalik mos kelishi, aholi asosiy qismining moddiy ahvoliga qanday darajada ta’sir ko‘rsatishi, isloh qilishning tanlab olingan yo‘liga qanchalik darajada javob berishi va kutiladigan salbiy oqibatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Sobiq ittifoq mamlakatlari negizida vujudga kelgan bir qancha mustaqil davlatlar narxlarni erkinlashtirishning «esankiratuvchi» yo‘lini tanlab oldi. Barcha turdagi xom ashyo resurslari, iste’mol mollari hamda xizmatlar narxlari bir yo‘la erkin qo‘yib yuborilishi natijasida narxlar keskin oshdi. Bu aholi keng qatlamining birdaniga qashshoqlaShuviga, ijtimoiy ahvolining keskinlaShuviga olib keldi. Ishlab chiqarishning pasayishiga, milliy sanoat va qishloq xo‘jaligining izdan chiqishiga sabab bo‘ldi. O‘zbekistonda iqtisodiyotni isloh qilishning o‘ziga xos tamoyillari, mamlakatdagi vaziyat va aholining turmush darajasi hisobga olinib, narxlarni asta-sekinlik bilan va bosqichma-bosqich erkinlashtirish yo‘li tanlab olindi. Shu yo‘l bilan narxlarni erkinlashtirishning dastlabki bosqichida (1992 yilning boshida) keng doiradagi ishlab chiqarish-texnika vositasi bo‘lgan mahsulotlar, ayrim turdagi xalq iste’moli mollari, bajarilgan ishlar va xizmatlarning erkin narxlari va tariflariga o‘tildi. Aholini himoyalash maqsadida cheklangan doiradagi oziq-ovqat va sanoat tovarlari narxlarining chegarasi belgilab qo‘yildi, ayrim turdagi xizmatlarning eng Yuqori tariflari joriy qilindi. Narxlarni erkinlashtirishning keyingi bosqichida (1993 yil) kelishilgan ulgurji narxlarni davlat tomonidan tortibga solish to‘xtatildi. Qat’iy belgilangan va davlat tomonidan tartibga solib turiladigan narxlarda sotiladigan tovarlar va ko‘rsatiladigan xizmatlarning soni ancha qisqardi. Narxlarni erkinlashtirishning navbatdagi bosqichida (1994 yil, oktyabr, noyabr) xalq iste’mol mollari asosiy turlarining narxlari erkin qo‘yib yuborildi, transport va kommunal xizmatlarning tariflari oshirildi. Shunday qilib, respublikada iqtisodiyotni isloh qilishning birinchi bosqichi narxlarni bosqichma-bosqich (uch bosqichda) to‘liq erkinlashtirish bilan tugadi. Narxlarni erkinlashtirish aholini ishonchli iqtisodiy va ijtimoiy himoyalash tadbirlari bilan birga olib borildi. Davlat tomonidan turli kompensatsiyalar maqsadidagi jamg‘armalar tuzildi, ish haqi, pensiya va stipendiyalarning eng kam miqdori muntazam suratda oshirib borildi, bolalar uchun nafaqalar joriy etildi. Aholining muhtoj qismiga yordam ko‘rsatildi, imtiyozli soliq stavkalari joriy etildi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling