3. Kapitaldan samarali foydalanish. Ko‘p hollarda kichik firmalar ishlab chiqarish jihozlaridan texnologik nuqtai nazardan nisbatan samarali foydalanishga qodir bo‘lmaydilar. Mahsulotlarning ko‘plab turlarini ishlab chiqarish uchun mashinalarni faqat juda yirik va qimmat turuvchi komplektlarda sotib olish mumkin. Buning ustiga, mazkur mashina jihozlaridan samarali foydalanish ishlab chiqarishning katta hajmlarini taqozo etadi. Demak, yaxshi jihozlarni sotib olish va samarali foydalanishga faqat yirik ishlab chiqaruvchilargina erishishlari mumkin.
Misol uchun, avtomobilsozlikda ishlab chiqarishning nisbatan samarali usullari yig‘ish liniyasi uchun robot texnikasi hamda murakkab jihozlarning qo‘llanishini taqozo etadi. Mazkur jihozlarning samarali ishlatilishi uchun, ba’zi bir hisob-kitoblarga ko‘ra, yiliga 200 mingdan to 400 mingga qadar avtomobil ishlab chiqarish hajmiga erishish lozim bo‘ladi. Faqat yirik ishlab chiqaruvchilargina bunday jihozlarni sotib olishlari va samarali foydalanishlari mumkin. Mayda ishlab chiqaruvchilar ikki o‘tning orasida bo‘ladilar. Avtomobillarni boshqa jihozlar yordamida ishlab chiqarish samarasiz va mahsulot birligiga nisbatan ko‘proq xarajatlar qilinishiga olib keladi. Biroq, nisbatan samarali jihozni sotib olib, undan ishlab chiqarishning kichik hajmi tufayli to‘liq foydalanmaslik ham samarasiz va qimmatga tuShuvchi yo‘l hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |