Iqtisodiyot va menejment
Asosiy tayanch tushunchalar
Download 1.47 Mb.
|
Iqtisodiyot va menejment
Asosiy tayanch tushunchalar:
Makroiqtisodiyot – moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohalarini yaxlit bir butun qilib birlashtirgan milliy iqtisodiyot va jahon xo‘jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir. Milliy hisoblar tizimi – milliy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash hamda ulardan foydalanishni tavsiflaydigan o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlar tizimi. Yalpi milliy mahsulot (YAMM) – milliy iqtisodiyotda bir yil davomida vujudga keltirilgan va bevosita iste’molchilarga borib tushadigan pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor narxlaridagi summasi. Yalpi ichki mahsulot (YAIM) – yil davomida mamlakat hududida ishlab chiqarilgan pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor narxlaridagi qiymati. Sof milliy mahsulot (SMM) – amortizatsiya ajratmalari summasiga kamaytirilgan YAIM sifatida chiqib, tarkiban milliy daromad va egri soliqlardan iborat bo‘ladi. Milliy daromad – yangidan vujudga keltirilgan qiymat bo‘lib, SMMdan egri soliqlarni chiqarib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi. Shaxsiy daromad – milliy daromaddan ijtimoiy sug‘urta ajratmalari, korxona foydasidan olinadigan soliqlar va korxonaning taqsimlanmaydigan foydasini chiqarib tashlash hamda aholi qo‘liga kelib tushadigan ijtimoiy to‘lovlar summasini qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi. Nominal YAIM – joriy narxlarda hisoblangan YAIM. Real YAIM – narxlarning o‘zgarishini hisobga olib, o‘zgarmas yoki qiyosiy narxlarda hisoblangan YAIM. Qo‘shilgan qiymat – ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan sotib olingan va unumli iste’mol qilingan xom ashyo va materiallar qiymati chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismining bozor qiymati. Oraliq mahsulot – ishlov berish, qayta ishlash va qayta sotish maqsadlarida sotib olingan mahsulotlar. Pirovard mahsulot – ishlab chiqarish jarayoni yakunlangan, Shaxsiy va unumli iste’mol qilishga tayyor bo‘lgan mahsulotlar.
Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling