2. Samaradorlikning o‘zgarishi. Samaradorlik - bu 2-bobda aytganimizdek, milliy ishlab chiqarish real hajmining sarflangan resurs miqdoriga nisbatidir. Boshqacha aytganda, samaradorlik - bu xarajat birligiga to‘g‘ri keluvchi ishlab chiqarishning o‘rtacha hajmi yoki ishlab chiqarish real hajmi ko‘rsatkichidir. Boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda bir ishchi hisobiga ko‘proq miqdorda mashina va uskunalardan foydalanish, ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish; ancha bilimli va malakali ishchi kuchini qo‘llash kabi omillarning o‘zaro ta’siri samaradorlikning o‘sishi va yalpi taklifning oshishiga olib keladi.
Qisqacha qilib aytganda, mahsulot birligiga xarajatlar kamayganda samaradorlikning oshishi yalpi taklifning oshishiga, aksincha, unumdorlikning kamayishi natijasida mahsulot birligiga harajatlarning ko‘payishi yalpi taklifning qisqarishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |