4. Hududiy (territorial) mutanosibliklar. Iqtisodiy rivojlanish mamlakat ayrim hududlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni ham taqozo qiladi. YUzaki qaraganda hududlar o‘rtasidagi mutanosibliklarning mamlakat iqtisodiy rivojidagi roli to‘liq namoyon bo‘lmaydi. Lekin alohida hududiy bo‘linmalar (viloyat, tuman, Shahar va boshqa hududiy birliklar)ning bir-biriga iqtisodiy va tashkiliy jihatdan bog‘liqligi, ixtisoslashish, ishlab chiqarish kooperatsiyasi va kommunikatsiya nuqtai-nazaridan qaralsa, bu bog‘liqlikning ahamiyati yaqqol ko‘rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |