Iqtisodiyot va menejment
Download 1.47 Mb.
|
Iqtisodiyot va menejment
Xulosalar
1. Iqtisodiy muvozanat deb iqtisodiy jarayonlar, hodisalarning ikki yoki bir necha tomonining bir–biriga teng kelgan holatiga aytiladi. Shuning uchun ham butun iqtisodiyotning muvozanati to‘g‘risida gap borganda eng avvalo yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi tenglik e’tiborga olinadi. 2. Makroiqtisodiyotda iqtisodiy muvozanat o‘z ichiga xususiy va umumiy tavsifdagi bir qator muvozanatlar tizimini oladi. Xususiy muvozanat — bu ikkita o‘zaro bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy ko‘rsatkichlar yoki iqtisodiyot tomonlarining miqdoran teng kelishi. Umumiy muvozanat jamiyat barcha ehtiyojlari va milliy ishlab chiqarish hajmining o‘zaro teng kelishini bildiradi. Umumiy iqtisodiy muvozanat bozor sharoitida, avvalo, yalpi talab va yalpi taklifning teng kelishida ko‘rinadi. 3. Umumiy iqtisodiy muvozanat ijtimoiy maqsadlar va iqtisodiy imkoniyatlarning mos kelishi; mamlakatdagi barcha iqtisodiy resurslardan samarali foydalanadigan xo‘jalik mexanizmi; muvozanatli ishlab chiqarishning umumiy tarkibiy tuzilishi iste’molning tarkibiy tuzilishiga mos kelishi; bozor muvozanati, Ya’ni barcha asosiy bozorlar (tovarlar, resurslar, ishchi kuchi va hokazolar)da talab va taklif muvozanati kabi qator shart-sharoitlarni taqozo etadi. 4. Iqtisodiy muvozanat darajasini aniqlashda asosan ikkita o‘zaro bog‘liq usuldan foydalaniladi: 1) yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli; 2) jamg‘arma va investitsiyalarni taqqoslash usuli. 5. Iqtisodiy mutanosiblik – iqtisodiyotning turli tomonlari va sohalari o‘rtasida miqdor va sifat jihatdan ma’lum moslik, mos keluvchi nisbatlar bo‘lib, bunda tenglik bo‘lishi shart emas. Iqtisodiy mutanosibliklarning barchasini umumlashtirib umumiqtisodiy tavsifdagi mutanosibliklar; tarmoqlararo mutanosibliklar; tarmoq ichidagi mutanosibliklar; hududiy (territorial) mutanosibliklar; davlatlararo mutanosibliklarga guruhlash mumkin.
Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling