Iqtisodiyot va menejment
-chizma. Tovarlar, xizmatlar va resurslarning takror ishlab chiqarish jarayonlaridagi harakati
Download 1.47 Mb.
|
Iqtisodiyot va menejment
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moddiy ehtiyojlar
1-chizma. Tovarlar, xizmatlar va resurslarning takror ishlab chiqarish jarayonlaridagi harakati.
Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi ehtiyojlarning cheksizligi va iqtisodiy resurslarning cheklanganligidir. Bu masalani to‘g‘ri tuShunish uchun, eng avvalo, ehtiyoj nimaligini, uning turlarini bilish zarurdir. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, inson yashamog‘i uchun, eng avvalo, oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, uy-ro‘zg‘or buyumlari, transport hamda isitish va yoritish vositalari zarurdir. Bundan tashqari, inson kamol topmog‘i uchun o‘qib, bilim olishi, kasb o‘rganishi, malaka egallashi va davolanishi, dam olishi, turli xizmatlardan foydalanishi va boshqa juda ko‘p hayotiy narsalarga ehtiyoj sezadi. Insonning yashashi va kamol topishi, umuman insoniyatning rivojlanishi uchun kerak bo‘lgan hayotiy vositalarga bo‘lgan zaruriyati iqtisodiyot nazariyasi fanida ehtiyoj deb ataladi.
Jamiyatning moddiy ehtiyojlari korxonalar va davlat muassasalari ehtiyojlarini ham o‘z ichiga oladi. Korxonalarga ishlab chiqarish maqsadlarini amalga oshirish, Ya’ni tovarlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi kerak. Davlat, jamoa va xususiy korxonalar, mamlakat aholisining umumiy ehtiyojlarini aks ettirib, avtomobil va temir yo‘llari, maktablar, kasalxonalar qurilishiga xizmat qiladi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling