Iqtisodiyot va menejment
Download 1.47 Mb.
|
Iqtisodiyot va menejment
3- ma`ruza mashg‘uloti
1. Turli mintaqalardagi asosiy integratsion guruhlar. 2. O‘zbekistonning jahon iqtisodiyotiga qo‘shilishining shart-sharoitlari. 3. O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy yo‘nalishlari. G ‘arbiy Yevropada iqtisodiy integratsiyaning rivojlanish yutuqlari dunyoning rivojlanayotgan mintaqalari diqqatini o‘ziga jalb etdi. Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasida bir nechta o‘nlab erkin savdo hududlari, bojxona yoki iqtisodiy ittifoqlar vujudga keldi. Integratsiya jarayonlarining sezilarli darajada rivojlanishida Shimoliy Amerika Erkin savdo assotsiatsiyasining (North American Free Trade Area NAFTA) tashkil qilinishi va faoliyat ko‘rsatish jarayoni muhim ahamiyat kasb etdi. Mazkur integratsion hudud jahon iqtisodiyotiva xalqaro iqtisodiy munosabatlarda iqtisodiy ahamiyati jihatidan yuqori o‘rinda turadi. 1992-yilda AQSH, Kanada va Meksika o‘rtasidagi Shimoliy Amerika Erkin savdo assotsiatsiyasini (NAFTA) tashkil etish to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi va u 1994-yilning 1-yanvaridan o‘z faoliyatini yurita boshladi. NAFTA AQSH, Kanada va Meksika davlatlarini o‘z tarkibiga birlashtirgan. Ushbu integratsion birlashma 456,6 mln aholini o‘z ichiga olgan keng hududni qamrab olgan bo‘lib, kuchli iqtisodiy imkoniyatga egadir. Bu mamlakatlarda har yilgi ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar 7 trln AQSH dollarini tashkil etadi. Butun jahon savdosi hajmida ularning ulushi 20% atrofida to‘g‘ri keladi. NAFTA davlatlari kelishuvida asosan Tovar va xizmatlar savdosida cheklashlarni olib tashlash, o‘zaro kelishmovchiliklarni hal etish mexanizmlarini ishlab chiqish, bir biriga nisbatan investitsion muhitni erkinlashtirish masalalari nazarda tutilgan. NAFTAning Ylga nisbatan o‘ziga xos xususiyati integratsion jarayonlarning simmetrik emasligidir. Kanada va Meksika davlatlari integratsiyalashuv jarayonida AQSH bilan ko‘proq yaqinlashishga intilishadi, o‘zaro esa kuchsiz bog'lanishgan. Bitimning fsosiy qoidalari quyidagilarni o`z ichiga oladi: AQSH, Kanada va Meksika o`rtasidagi savdo aloqalarida mahsulotlarga nisbatan bojxona bojlarini bekor qilsh; Shimoliy Amerika bozorini o`zlarining tovarlarini Meksika orqali AQSHga reeksport qilish yo`li bilan Amerika bojlarini to`lashdan qochishga harakat qilayotgan Yevropa va Osiyo kompaniyalari ekspansiyasidan himoyalash; Meksika sug`urta va bank ishida Amerika va Kanada kompaniyalarining raqobat va capital qo`yilmalariga bo`lgan cheklovlarni bekor qilish; Atrof muhit bilan bog`liq bo`lgan muammolarni hal qilish uchun uch tomonlama guruhlarni tashkil etish. NAFTAga a’zo mamlakatlar tomonidan imzolangan shartnoma doirasida quyidagi vazifalarni hal etish ko‘zda tutilgan: — erkin savdo hududini shakllantirish orqali mamlakatlar o‘rtasida savdo va investitsiyalarni rag‘batlantirish; — mamlakatlardagi kompaniyalar uchun kelishilgan tadbirkorlik faoliyati ishlab chiqilishi; —o‘zaro iqtisodiy hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish; —intellektual mulkka doir huquqlarni himoya qilish.
hal qilinmagan muammolar mavjud. MERKOSURning tashkil etilishi o‘zaro savdoning birdaniga oshishiga hamda boshqa mintaqaviy savdo guruhlari bilan savdo iqtisodiy hamkorlikning kengayishiga olib keldi. Shuningdek, o‘zaro investitsion faollik ham sezilarli darajada oshdi va buning natijasida xorijiy investitsiyalar oqimi jadallashib bordi. MERKOSURning ijobiy faoliyati mintaqadagi siyosiy barqarorlikka sezilarli ta’sirida namoyon bo‘ldi. G ‘arbiyYevropa integratsiyasidan farqli ravishda Janubiy Amerika birlashmasi turli xil davlatlar o‘zining darajasi bo'yicha nafaqat yagona tashkilotda birga bo‘lishi, balki samarali hamkorlik qilardi. Buning uchun birlashmaning barcha bosqichlariga astoydil tayyorgarlik, uning faoliyatini yuqori malakali boshqaruvi, shuningdek, bu arayonda har bir mamlakatning o‘z o‘rnini topishi hamda ziddiyatlarni yumshatish uchun yuksak mahorat talab qilinardi. XX asr oxirida Sharqiy Osiyoda integratsiya jarayonlari kuchayib bordi. To‘rtta Osiyo «ajdaho»laridan biri bo‘lgan Singapur, shuningdek, NIS «yangi to‘lqinlar» Malayziya, Indoneziya, Tailand, Bruney, Vetnam, Kambodja, Laos, Myanma va Filippin davlatlari kiruvchi Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi (Association of South East Asian Nations — ASEAN) muvaffaqiyatli faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Ushbu guruhlar doirasidagi o‘zaro muvaffaqiyatli hamkorlik ASEAN qatnashchilari bo‘lgan ko‘pchilik mamlakatlarning kuchli iqtisodiy o‘sishi bilan chambarchas bog'liqdir, shu bilan birgalikda ushbu mamlakatlarning oldindan amal qilib kelayotgan o‘zaro savdo aloqalarining yaxshi yo‘lga qo‘yilganligi hamda hamkorlikning tartibga solib turiladigan shaklining amal qilishidir. ASEAN 1967-yilda Bangkokda «ASEAN deklaratsiya»si imzolanishi bilan birgalikda tashkil etilgandir. 1976-yilda Bali orolida imzolangan ASEAN kelishuv deklaratsiyasi va Janubi-Sharqiy Osiyoda do‘stlik va hamkorlik shartnomasiga asosan ASEANning shartnomaviy tarzda rasmiylashtirilishi amalga oshirildi. ASEAN rejasida 2000-yilgacha a’zo mamlakatlar 38 ming turdagi tovarlar bo'yicha bojxona to‘lovlarini o‘rtacha 5% gacha pasaytirish belgilangan. 1995-yil oxirida 2003-yildan to'la erkin savdo hududini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan bo‘lib, voqealarning ijobiy rivojlanishi davom etsa 2000-yildan kuchga kirishi ko‘zda tutilgan edi. ASEAN — Janubi-Sharqiy Osiyoda joylashgan mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy va madaniy mintaqaviy hukumatlararo tashkiloti bo`lib hisoblanadi. ASEANning yuqori organi bo`lib a’zo mamlakatlar yetakchilarining 2001-yildan boshlab har yili o‘tkaziladigan sammiti hisoblanadi. Odatda sammit uch kun davom etib bunda, mintaqa bo‘yicha tashkilotning hamkorlari bilan uchrashuvlar olib boriladi. Doimiy secretariat Jakarta shahrida joylashgan bo‘lib unga bosh sekretar yetakchilik qiladi. Shuningdek, ASEAN doirasidagi har yili o‘tkaziladigan 300 dan ortiq tadbirlarni o'tkazishga yordam berishda ishlar 29 ta qo'mita, 122 ta ishchi guruhlar tomonidan amalga oshiriladi. Bangkok deklaratsiyasiga muvofiq ASEANning maqsadlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: hamkorlikdagi intilishlar yordamida mintaqada ijtimoiy taraqqiyot va madaniy rivojlanishni hamda iqtisodiy o'sishni jadallashtirish; Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari taraqqiy etishi uchun dunyo hamjamiyati bilan aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, BMT nizomidagi tamoyillarga tayangan holda mintaqada tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish. Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamjamiyati (Acia Pacific Econoinic Cooperation —APEC) 1989-yilda Kanberrada, Avstraliya va Yangi Zelandiya bosh vazirlarining tashabbusi bo‘yicha tashkil etilgan. APEC qattiq tashkiliy tuzilishdan yoki yirik byurokratik apparatdan xoli bo‘lgan erkin maslahat forumi sifatida tashkil etilgan va shu tufayli u ko‘pincha «APEC forumi» deb ham yuritiladi. APEC sekretariati Singapurda joylashgan bo‘lib, o‘z ichiga faqatgina APEC a’zo mamlakatlaridan vakil bo‘lgan 23 ta diplomatni, shuningdek, 20 ta mahalliy yollanma xodimlarni oladi. 1993-yildan APEC tashkiliy faoliyatining asosiy shakli APEC mamlakatlari yetakchilarining har yilgi sammiti hisoblanadi, bunda forum umumiy faoliyatining yil yakunlari va keying faoliyatning istiqbollari belgilanadi hamda deklaratsiyalar qabul qilinadi. Sharqiy Osiyoda iqtisodiy integratsiyaning rivojlanish istiqbollari, Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi(APEC) tashkil etilishi bilan sezilarli darajada bog‘liqdir. Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi(APEC) — bu hukumatlararo tashkilot bo‘lib, o‘z ichiga 21 ta davlat mintaqasini birlashtirib olgan. APEC Tinch okeani ko‘rfazida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Avstraliyaning taklifi bo‘yicha 1989-yilda tuzilgan edi. Dastlab unga 12 ta davlat: Avstraliya, Bruney, Kanada, Indoneziya, Yaponiya, Malayziya, Yangi Zelandiya, Filippin, Singapur, Janubiy Koreya, Tailand va AQSH kirardi. Keyingi yillar davomida unga Xitoy, Gonkong, Tayvan, Meksika, Chili, Yangi Gvineya-Papua, 1998-yildan esa Vetnam, Peru va Rossiya ham qo'shilishdi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling