Iqtisodiyot va menejment
Download 1.47 Mb.
|
Iqtisodiyot va menejment
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-jadval. O‘zbekistonda davlat korxonalarini xususiylashtirishning asosiy ko‘rsatkichlari.
5-jadval. O‘zbekistonda davlat korxonalarini xususiylashtirishning asosiy ko‘rsatkichlari. Keyingi yillarda mamlakatimizdagi xususiylashtirish jarayonlarida xorijiy investorlarning ishtirokiga katta e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, 2005 yilning 11 aprelida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni buning yaqqol dalilidir. Mazkur Farmonga binoan, 2005 yilning 1 iyulidan boshlab to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etadigan korxonalar quyidagi soliq va majburiy ajratmalarni to‘lashdan ozod etiladi: - asosiy faoliyati bo‘yicha daromad (foyda) solig‘i; - mulk solig‘i; - ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va hududlarni obodonlashtirish solig‘i; - ekologiya solig‘i; -mikrofirma va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliq; - Respublika yo‘l jamg‘armasiga ajratma. Xorijiy investitsiyalar uchun bunday imtiyozlarning belgilanishi, Shubhasiz, yaqin yillar davomida mamlakatimizdagi mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarida ular ishtirokining yanada kengayishi va, buning natijasida, mazkur jarayonlar samaradorligining sezilarli darajada oshishiga olib keladi. Respublikada xususiylashtirishning adresli yo‘naltirilganligi uning navbatdagi xususiyatidir. Bu aholining barcha qatlamlariga mazkur jarayonda aniqroq va natijaliroq qatnashishi imkonini beradi. Xususiylashtirishning adresli yo‘naltirilganligi uy-joylarning o‘z egalariga imtiyozli yoki bepul berilishida, aholining ko‘proq muhtoj va zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning turli xil dasturlari byudjet mablag‘lari hisobiga qoplanishida, qishloq aholisi o‘z yordamchi xo‘jaligi uchun chek erlar olishi kabilarda ifodalanadi. O‘zbekistonda xususiylashtirishning to‘lovliligi uning navbatdagi muhim xususiyatidir. Pulni to‘lash orqali davlat tasarrufidagi korxona va ob’ektlarni xususiylashtirishda mulkni bepul taqsimlash bilan bog‘liq salbiy holatlar bartaraf etilishi bilan birga qator muammolarni hal qilish imkoniyati yaratiladi. Bulardan asosiysi avvalo tadbirkorlikni, xususiylashtirilgan korxonalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy manbalari paydo bo‘ladi, bozor infrastrukturasini barpo etish uchun resurslar vujudga keladi va aholini ijtimoiy muhofazalash dasturini ro‘yobga chiqarish uchun mablag‘lar jamlanadi. Davlat mol-mulkini yangi mulkdorlarga sotish yo‘li orqali ularning mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirilishi bilan birga xususiylashtirishdan olinadigan mablag‘lar Shu korxonaning o‘zini qo‘llab-quvvatlashga, yangi raqobatlaShuvchi korxonalar barpo etishga ham sarflanadi. Navbatdagi muhim xususiyat - respublikada mulkni davlat tasarrufidan chiqarish chog‘ida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlar yaratildi va ta’minlandi. Ijtimoiy kafolatlar bir butun imtiyozlar tizimi orqali yaratildi. Bular xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasiga aksiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotish, yangi mulkdorga eskirgan asosiy fondlar hamda ijtimoiy infrastruktura ob’ektlarini bepul topshirish, davlat korxonalarining mol-mulki, fermalar, bog‘lar va Shu kabilarni imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirish, hamda soliq to‘lashda ayrim imtiyozlar berish kabilardir. Ijtimoiy kafolatlar iste’mol savatining eng kam miqdorini kuzatib borish, eng kam ish haqini, daromad solig‘ini tartibga solish kabilarni ham o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy muhofazalash davlatning barcha mulkdorlar: hissadorlar, xususiylashtirilgan uy-joylarning, sotib olingan texnika va avtotransport vositalarining, er maydonlari, xususiylashtirilgan fermalar va boshqa vositalarning egalarining huquqlarini himoya qilishda o‘z ifodasini topadi. Respublikada davlat mulkini xususiylashtirishning o‘ziga xos boshqa jihatlari Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan bayon qilingan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy qoidalaridan kelib chiqadi. Bular quyidagilar: a) davlat mulkini xususiylashtirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning ichki mantiqiga bo‘ysindiriladi va ularning asosini tashkil qiladi; b) mulkni xususiylashtirish jarayoni davlat tomonidan boshqariladi; v) xususiylashtirishni huquqiy-me’yoriy jihatdan ta’minlashda qonunlarga rioya etiladi. Respublikamizda xususiylashtirish bo‘yicha qo‘yilgan vazifa, davlat sektori bozor sharoitida ham sezilarli rol o‘ynashi inkor qilmaydi. Chunki iqtisodiyotning davlat korxonalari saqlanib qolishi kerak bo‘lgan sohalar ham mavjud. Bunday korxonalar uchun ularning bozor sharoitlariga tarkiban moslaShuviga imkon beradigan xo‘jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqish talab qilinadi.
Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling