Iqtisodiyot va menejment


Davlat tasarrufidan chiqarish


Download 1.47 Mb.
bet50/487
Sana08.01.2022
Hajmi1.47 Mb.
#255008
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   487
Bog'liq
Iqtisodiyot va menejment

Davlat tasarrufidan chiqarish – davlat korxonalarini va tashkilotlarini jamoa, ijara korxonalariga, aksiyali jamiyatlarga, mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga, davlatga qarashli mulk bo‘lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir.

Xususiylashtirish – fuqarolarning va davlatga taalluqli bo‘lmagan yuridik shaxslarning davlat mulki ob’ektlarini yoki davlat aksiyali jamiyatlarining aksiyalarini davlatdan sotib olishidir.16

Bundan ko‘rinadiki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga qaraganda ancha keng tushuncha. Xususiylashtirish - davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o‘tishidir. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishdan tashqari, bu mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirishni ham ko‘zda tutadi. U bir qator yo‘llar bilan amalga oshiriladi: davlat korxonalarini hissadorlik jamiyatiga aylantirish, davlat korxonasini sotib, uni jamoa mulkiga aylantirish; mulkni qiymatga qarab chiqarilgan cheklar (vaucher) bo‘yicha fuqarolarga bepul berish; mulkni ayrim tadbirkor va ish boshqaruvchilarga sotish; ayrim davlat korxonalarini chet el firma va fuqarolariga sotish yoki qarz hisobiga berish; davlat mol-mulkini auksionlarda kim oshdi savdosi orqali sotish va h.k.

Xususiylashtirishning usullari ham turli-tuman bo‘lib, ularni 3 guruhga ajratish mumkin: 1) davlat mulkini bepul bo‘lib berish orqali xususiylashtirish; 2) davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirish; 3) davlat mulkini bepul bo‘lib berish hamda sotishni uyg‘unlashtirish orqali xususiylashtirish.

Bu sanab o‘tilgan usullarni amalga oshirishning aniq shakllarini 3-chizma orqali ifodalash mumkin.



Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning ko‘rsatib o‘tilgan yo‘llari va usullaridan qaysi birini tanlash undan kutilgan maqsadga bog‘liq. Masalan, Rossiyada davlat mulkini vaucher orqali bepul taqsimlash usuli qo‘llanildi. Bundan ommaviy xususiylashtirishdan ko‘zlangan maqsad qisqa muddat ichida cheklar bozorini joriy etish hisobiga mulkdorlarning g‘oyat keng qatlamini vujudga keltirishdan iborat edi. Agar tadbirkorlikni rag‘batlantirish ko‘zda tutilsa, xususiylashtirish tanlab olingan ozchilik o‘rtasida o‘tkaziladi. Agar xususiylashtirish chetdan kapitalning kirib kelishiga, yo‘l ochishi zarur bo‘lsa, davlat mulkini xorijiy tadbirkorlarga berish shaklida amalga oshiriladi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarishda ayrim usullarga ustuvorlik berish boshqa usullarni qo‘llashni rad etmaydi, aksincha, ularni ham qo‘llash zarurligini bildiradi. Masalan, korxona jamoasiga ustunlik berilib, davlat mulkini aksiyalashtirish, bu aksiyalarni sotib olishda Shu jamoadan tashqari kishilar va chet el kapitalining ishtirok etishi ham bo‘lishi mumkin. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish sharoitga qarab pulli, pulsiz yoki imtiyozli tarzda o‘tkaziladi. O‘z shakli va usulidan qat’iy nazar bu tadbir xilma-xil mulkchilikni vujudga keltirishni ta’minlaydi, Chunki davlat mulki hisobidan nodavlat mulkining barcha shakllari va turlari rivojlanadi.



Davlat mulkin xususiylashtirishning usullari


Aholining ayrim ijtimoiy qatlamlariga bepul berish

Barcha jamiyat a`zolariga sotish

Barcha jamiyat a`zolariga bepul bo`lib berish

Mehnat jamoalariga sotish

Mehnat jamoalariga bepul topshirish

Kim oshdi savdosida fuqarolarga yokiyuridik shaxslarga sotish

Har bir jamiyat a`zosining davlat mulkini hosil qilishdagi ishtiroki, ya`ni qo`shgan hissasiga qarab bo`lib berish

Foyda keltirmayotgan korxonani mehnat jamoasiga bo`lib berish

Korxonalarni keyinchalik mehnat jamoalari tomonidan sotib olinishi sharti bilan ijaraga berish

Chet el firmalari va fuqarolariga tashqi qarzni uzish evaziga berish yoki sotish

Mulkni bepul bo`lib berish orqali xususiylashtirish

Mulkni sotish orqali xususiylashtirish

Mulkni bepul bo`lib berish hamda sotish usullarini uyg`unlashtirish orqali xususiylashtirish



Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   487




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling