Milliy qadriyatlarning verbal assotsiatsiyalar hosil qilishdagi ahamiyati Annotasiya


Download 10.82 Kb.
Sana12.03.2023
Hajmi10.82 Kb.
#1263818
TuriСтатья
Bog'liq
Dilafruz maqola


Milliy qadriyatlarning verbal assotsiatsiyalar hosil qilishdagi ahamiyati
Annotasiya
Ushbu maqolada milliy qadriyatlarning verbal assotsiatsiyalarni hosil qilishdagi ahamiyati toʻgʻrisida maʼlumot berilgan. Fikrlar amaliy tajribalar orqali aniqlangan misollar bilan izohlangan.
Kalit soʻzlar: assotsiativ munosabat, verbal assotsiatsiya, milliy qadriyatlar, lisoniy struktura
Аннотация
В трех статьях представлена ​​информация о значении национальных ценностей в формировании словесных ассоциаций. Идеи объясняются опытом, который определяется практическим опытом.
Ключевые слова: ассоциативная установка, словесная ассоциация, национальные ценности, языковая структура.
Annotation
Three articles provide information on the importance of national values ​​in the formation of verbal associations. Ideas are explained by experiences that are determined by practical experiences.
Key words: associative attitude, verbal association, national values, linguistic structure

Jamiyat taraqqiy etishi bilan bir qatorda tilda ham maʼlum oʻzgarishlar rivojlanishlar boʼlganini kuzatishimiz mumkin. Vaqt oʻtishi bilan insonlarning tashqi olamni idrok etishi, insonning olam bilan munosabati tubdan oʻzgardi. Oʼrganish uchun olingan obyekt faqatgina tashqi tomondan emas, turli maʼno nozikliklari bilan oʻrganilish boshlanganini kuzatishimiz mumkin. Huddi shunday holat tilshunoslik sohasida ham kuzatiladi. XX asr oxiri XXl asr boshlariga kelib turli fanlar taraqqiyotida kuzatilgani kabi tilshunoslikda ham til hodisalarini oʼrganishga yondashuvlar oʼzgardi. Tilshunoslikda tilning bevosita kuzatishda berilmagan xususiyatlarini idroki usulda oʼrganish harakati uning tadqiq obyektini tizimli lisoniy struktura doirasidan tashqariga olib chiqdi. Natijada mazkur fanning tadqiq obyektlari yanada kengaydi. [1:17]


Assotsiativ tilshunoslik sohasi ham mana shu jarayonning natijasidir. Maʼlumki biz assotsiativ munosabatlarni oʻrganish davomida verbal assotsiatsiya va psixologik assotsiatsiyani farqlaymiz. Verbal assotsiatsiya haqida gap ketar ekan, verbal assotsiatsiya ( verbal - lotincha. verbum, yaʼni soʻz ) til egasining tilda bir-biri bilan muayyan belgisiga koʻra aloqada boʻlgan aniq lisoniy birliklar orqali reallashuvchi munosabatdir. Yaʼni oq leksemasi aytilishi bilan ongimizda avtomatik ravishda qora leksemasi gavdalanadi. Verbal assotsiatsiya har bir til egasida hilma-hil shakllanganligi uchun assotsiativ maʼno individual xususiyatga ega boʻladi. Yaʼni, har bir inson olamni oʻzining turmush tarzi, dunyoqarashi, saviyasi qadar idrok etadi. Shu sababdan ham, assotsiativ maʼno turlicha boʻlishi mumkin. Bu haqida Durdona Lutfullayeva ,, Assotsiativ tilshunoslik nazariyasi" kitobida shunday deydi: ,, Verbal assotsiatsiyalar tahlilida assotsiativ maʼno tushunchasi bilan bir qatorda assotsiatsiyalar koʻlami, assotsiatsiyalarda milliy-madaniylik, ijtimoiylik, gender belgi kabi tushunchalar ham muhim oʻrin tutadi ʼʼ[1:25] deb aytib oʻtadi. Ushbu fikrni izohlash uchun A.A. Zelevskayaning non stimul soʻzi yuzasidan oʻtkazgan tajribasini misol qilib keltiradi. Non stimul soʻziga ruslar tuz, fransuzlar vino, nemislar yogʻ, oʻzbeklar esa choy javob reaksiyasini berishgan. Bu holat verbal assotsiatsiyalarda milliy - madaniy qarashlar aks etganini koʻrsatadi. Chindan ham , qaysidir leksema aytilganida unga maʼnosi bogʻliq soʻzni topish uchun inson albatta oʻz turmush tarzidan kelib chiqadi. Buni quyidagi misollar orqali koʻrib chiqamiz: milliy kiyim deyilganda oʻzbeklarda atlas, chopon tushunilsa, hindlarda sari, yaponlarda kimano, arablarda abaya, xitoyliklarda qipao, koreyslarda xanbok tushuniladi. Har bir millat oʻz xalqining anʼanalaridan kelib chiqqan holda, milliy kiyim soʻziga assotsiativ munosabat beradi. Oʻzbek tilidagi leksik birliklarning assotsiativ bogʻlanishi muammosiga qiyosiy aspektda ha munosabat bildirilgan. Rus olimasi A.A. Zalevskaya oʻz asarlarida rus, qozoq, qirgʻiz, oʻzbek tillaridagi 111ta soʻz misolida bu tillarda xos leksik assotsiatsiyalarni qiyosan oʻrganib, mazkur masala yuzasidan xulosalarini eʼlon qiladi. [2:127]
Maʼlumki, har bir xalqning mehmon kutishida ularga tortiladigan taomlarida tafovut bor. Misol uchun ruslarda mehmonga albatta tortilishi kerak boʻlgan taom bu olivye salati boʻlsa, turk millatiga mansub odamlar esa mehmonlarni luqum deb nomlanuvchi shirinliksiz kuzatmaydilar. Shu sababdan ham mehmondorchilik stimuliga ruslar olivye, turklar luqum, hindlar laddu, qozoqlar beshbarmoq, oʻzbeklar palov deb reaksiya bildiradilar.
Bundan tashqari chaqaloq leksemasini tajriba uchun olib, yuqoridagi fikrlarni izohlashga harakat qilamiz:
Chaqaloq - begʻuborlik - beshik - yoʻrgak - azon - aqiqa - chilla - oʻpich - kulgu - isiriq - sachala - koʻzmunchoq
Mazkur roʻyxatni yana koʻplab davom ettirish mumkin. Biz chaqaloq leksemasi bilan bogʻliq soʻzlarni tanlashda koʻproq milliy madaniyatga bogʻliq soʻzlarni olishga harakat qildik. Oʻzbek xalqida chaqaloq leksemasi bilan bogʻliq tushunchalar boshqa xalqlarnikidan farq qiladi.
малыш - качать - белая береза - амулет - погружение
Oʻzbek xalqida chaqaloq dunyoga kelsa, urf-odatlarga koʻra bolaga isiriq solinadi, koʻz tegmasligi uchun koʻzmunchoq taqiladi, beshikka belanadi . Ruslarda esa oq qayindan qilingan belanchakdan foydalanadilar va amulet deb nomlanuvchi tumorlar taqiladi.
Shu sababdan ham biz chaqaloq leksemasini beshik, isiriq, koʻzmunchoq singari tushunchalar bilan bogʻlasak, rus millati bu leksemani oq qayin, belanchak, amulet soʻzlariga bogʻlaydilar.
Milliy qadriyatlardan tashqari diniy tasavvurlarni ham unutmaslik kerak. Oʻzbek xalqida islom diniga eʼtiqod qiluvchilar koʻp boʻlganligi sababli chaqaloq leksemasini azon, aqiqa singari tushunchalarga taqashadi. Xristianlik dini vakillari koʻp boʻlgan ruslar esa погружение yaʼni choʻqintirish marosimini chaqaloqqa bogʻlaydilar.
Bundan koʻrinadiki, verbal assotsiatsiyalar milliy qadriyatlar bilan bogʻliq boʻlish bilan bir qatorda diniy tasavvurlar bilan ham bogʻliqdir. Har bir millat oʻz qadriyatlari nuqtai nazaridan kelib chiqib soʻzlarni munosabatga kiritar ekan, verbal assotsatsiyalar tasnifida milliy qadriyatlar alohida oʻrin tutadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Lutfullayeva D. Assotsiativ tilshunoslik nazariyasi, Toshkent, 2017
2. Залесская А. Психологические аспекты при исследовании ассоциаций, Русская филология, 2011
3. Nurmonov A. Struktur tilshunoslik ildizlari va yoʻnalishlari, Andijon, 2006.
Download 10.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling