Iqtisodiyot va menejment
Download 1.47 Mb.
|
Iqtisodiyot va menejment
- Bu sahifa navigatsiya:
- Milliy hisoblar tizimi (MHT)
2- ma’ruza mashg‘uloti
1.YAlpi ichki mahsulot hajmini o‘zgarmas baholarda hisoblash usullari. 2.Milliy hisoblar tizimi, uning maqsadi va vazifalari. 3.O‘zbekistonda 2017-2021 yillarda YaIMni ko`paytirish strategiyasi va uni amalga oshirish imkoniyatlari. Milliy mahsulotni hisoblashda milliy hisoblar tizimidan foydalaniladi. Milliy hisoblar tizimi (MHT) – bu barcha asosiy iqtisodiy jarayonlarni, takror ishlab chiqarish sharoitlari, jarayonlari va natijalarini tavsiflovchi o‘zaro bog‘liq makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, tasniflar va guruhlar tizimi. Milliy hisoblar tizimi uzoq yillar davomida turli mamlakatlardagi ko‘plab iqtisodchi olim va mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan va takomillashtirib kelingan. Jumladan, klassik iqtisodchi U.Petti jahonda birinchi bo‘lib o‘z mamlakati milliy daromad hajmini hisoblash ishlarini amalga oshirib, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimining zarurligini his etgan edi. Fiziokratlar maktabi asoschisi F.Kene esa milliy iqtisodiyotning birinchi makroiqtisodiy modelini yaratdi. Biroq, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimiga bo‘lgan kuchli ehtiyoj XX asrning 20-30-yillarida vujudga keldi. Sobiq ittifoqda xalq xo‘jaligi balansi deb nomlanuvchi ko‘rsatkich va jadvallar tizimi ishlab chiqildi. G‘arb mamlakatlarida mazkur tizimning ishlab chiqilishi 1929-1933 yillardagi Buyuk depressiyadan keyin boshlandi. Bu tizimning o‘ziga xos bir qator muhim qoidalari dastlab A.Marshall, keyinchalik J.M.Keyns tomonidan shakllantirildi. Shuningdek, ingliz iqtisodchilari R.Stoun, K.Klark, J.Xiks hamda amerikalik iqtisodchilar S.Kuznets, M.Jilbert, V.Leontevlar ham bu ishga katta hissa qo‘shdilar. Bunday hisoblar BMT tomonidan e’lon qilingan «Milliy hisoblar va yordamchi jadvallar tizimi» nomli hujjat asosida xalqaro statistikada standart tizim sifatida 1953 yildan boshlab qo‘llanila boshladi. Hozirgi davrda dunyoning 100dan oshiq mamlakatlarida, Shu jumladan O‘zbekistonda mazkur tizim keng qo‘llaniladi.
Ushbu milliy hisoblar tizimi asosida YAIM uch xil usul bilan hisoblanishi mumkin: Birinchi usul – bu YAIMni hisoblashga qo‘shilgan qiymatlar bo‘yicha yondoshuv. Bunda milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari bo‘yicha yaratilgan qo‘shilgan qiymatlar qo‘shib chiqiladi (YAIM tarmoq va ishlab chiqarishlar bo‘yicha). Bu usul bilan hisoblangan YAIM alohida tarmoqlarning shu mahsulotini yaratishdagi o‘rnini va hissasini aniqlash imkonini beradi. Masalan, O‘zbekistonda YAIM 2004 yil xalq xo‘jaligining tarmoqlari va sohalari bo‘yicha 12189,5 mlrd. so‘mni tashkil qilgan (4-jadval).1 Shu jumladan: moddiy ishlab chiqarish sohalarida – 5899,8 mlrd. so‘m (48,4%); xizmat ko‘rsatish sohalarida – 4583,2 mlrd. so‘m (37,6%); sof soliqlar – 1706,5 mlrd. so‘m (14,0%). Respublikada YAIMning moddiy ishlab chiqarish sohalari tuzilishi Shu yili quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflangan (mlrd. so‘m): moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan YAIM – 5899,8 mlrd. so‘m (48,4,0%); Shu jumladan: sanoatda – 2084,4 mlrd. so‘m (17,1%); qurilishda – 548,5 mlrd. so‘m (4,5%); qishloq xo‘jaligida – 3266,8 mlrd. so‘m (26,8%). Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling