Iqtisodiyot va menejment
Asosiy tayanch tushunchalar
Download 1.47 Mb.
|
Iqtisodiyot va menejment
Asosiy tayanch tushunchalar:
Iqtisodiy rivojlanish – ko‘p o‘lchamli jarayon bo‘lib, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotida o‘z ifodasini topadi. Iqtisodiy o‘sish – YAIM, SMM, MD miqdorining mutloq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko‘payishida va sifatining yaxshilanishida ifodalanadi. Iqtisodiy o‘sish mezoni – iqtisodiy o‘sishni nisbatan to‘liq darajada baholash imkonini beradigan ko‘rsatkichni xarakterlaydi. Iqtisodiy o‘sishning ko‘rsatkichlari – iqtisodiy o‘sishni aniqlashda foydalaniladigan qiymat, ijtimoiy naflilik va natural (jismoniy) ko‘rsatkichlar tizimidan iborat. Ekstensiv iqtisodiy o‘sish – ishlab chiqarishga qo‘shimcha iqtisodiy resurslarni jalb qilish orqali ishlab chiqarish hajmining ortib borishi.
Ustuvor ekstensiv iqtisodiy o‘sish – iqtisodiy o‘sishda ekstensiv omillarning ustivor o‘ringa ega ekanligini bildiradi. Ustuvor intensiv iqtisodiy o‘sish – iqtisodiy o‘sishda intensiv omillarning Yuqori o‘ringa egaligini bildiradi. Iqtisodiy o‘sish omillari – iqtisodiy o‘sishga ta’sir ko‘rsatishda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan va uni aniqlab beruvchi talab, taklif va taqsimlash omillarini bildiradi. Milliy boylik – insoniyat jamiyati taraqqiyotida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg‘arilgan moddiy va ma’naviy boyliklar hamda foydalanishga jalb qilingan tabiat in’omlari.
Tabiiy boylik –milliy boylikning tabiat in’omlaridan iborat bo‘lgan, foydalanishga jalb qilingan, ishlab chiqarishning shart –sharoitini va inson faoliyatining tashqi muhitini tashkil qiladigan qismi. Ma’naviy boylik – ashyoviy-buyum ko‘rinishiga ega bo‘lmagan nomoddiy qimmatliklardan va insoniyatning intellektual salohiyati natijalaridan iborat.
Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling