Iqtisodiyot va moliyaviy menejment fanidan
BOG’CHA YOSHIDAGI BOLALAR KIYIMLARI XAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
Download 216 Kb.
|
xurshidaxon
1.1. BOG’CHA YOSHIDAGI BOLALAR KIYIMLARI XAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
Barkamol shaxsni tarbiyalashda u dunyoga kelganidan boshlab, to maktabgacha tarbiya yoshigacha bo‘lgan davrdagi psixologik xususiyatlarini bilish tarbiyachilar, pedagoglar va psixologlar, ota-onalar uchun muhim ahamiyatga ega. Istiqlol tufayli bugungi kunda nafaqat respublikamizda, balki chet ellarda ham xaridorgir bo‘layotgan o‘zbek liboslari o‘ziga xos ko‘rinish kasb etmoqda. Jahon andozalariga mos ravishda ishlab chiqarilayotgan bunday mahsulotlarga talab kundan-kunga ortib bormoqda. Ishlab chiqarish mobaynida qiz bolalar kiyimi uchun alohida, o‘g‘il bolalar kiyimi uchun esa alohida bezak elementlaridan foydalaniladi. Bunda bolaning zerikib qolmasligi uchun kontrast ranglardan foydalanishga, kiyimning imkoniyat darajasida ular uchun qiziqarli bo’lishiga va ularning dunyoqarashiga mos rasmlarni tanlanishiga alohida e’tibor qaratilgan. Uch yoshli bolaning dunyoqarashi keng bo‘ladi. Uni tabiat bilan bog‘liq rasmlar qiziqtiradi va bola ko‘proq yorqin ranglarga talpinadi. Ularga libos tikayotgan korxona chevarlari ko‘proq matolarning sariq, qizil, yashil kabi yorqin ranglilarini tanlashadi. Qiz bolalar ko‘proq mato rangiga va guliga e’tibor berishadi. Shu bois, ularning liboslarida ko‘proq gul, kapalak, daraxt, quyosh rasmlarini, o‘g‘il bolalar kiyimlarida esa futbol to‘pi, mashina yoki turli hayvonlarning, multfilm qahramonlarini tasvirlovchi rasmlar qo‘yib tikish ayni paytda dolzarb sanaladi. Bunda bolaning yoshiga qarab kichkina yoki kattaroq rasm tanlanadi. Bolalar modasi ham kattalarnikidan qolishmaydi. Shu sababli ham, jahonning mashhur dizaynerlari, turli uslub va ranglar uyg’unlashuvini sinab ko’rishni taklif qilishmoqda. Kattalarnikiga xos jiddiylik, oddiylik bola kiyimlarida ham yaqqol ko’zga tashlanmoqda. Ushbu mavsumda ikki qarama-qarshi holatdagi tendensiyalar va ranglar uyg’unligini ko’rishimiz mumkin. Bir tomondan bolalar libosida qora, oq, kulrang ranglardan foydalanish keng ommalashdi va ustunlikni qo’lga oldi. Bu esa, bolalarning yorqin ranglar va qo’shimcha bezak, detallarga burkangan moda olamida butunlay yangi burilish yasadi 1-3 yoshda bolalar tez o`sadilar, gavda tuzilishi nisbatlari o`zgaradi, bosh va tana o`lchamlari 1:4 nisbatda bo`ladi. Bu davrda bolalar yura boshlaydilar, ko`p harakatlanadilar, shuning uchun kiyimlari erkin harakatlanishga xalaqit bermaydigan bo`lishi kerak. Qiz bolalar kiyimlarining asosiy shakli trapetsiyamon, yelka kamaridan boshlab kengaygan, koketkali yoki koketkasiz bo`lishi mumkin. O`g`il bolalar kiyimlari esa to`g`ri shakllari bilan xarakterlanadi. Shimlari ko`pincha kalta, shakli tog`ri yoki pochasiga qarab salgina toraygan bo`lib, ko`ylaklar, puloverlar va kurtkalar bilan mos tushadi. Qiz bolalar garderobi uzun tungi ko`ylak yoki pajama ko`ylaklar , fartuklar, nimchalar, sarafan, bluzka va shim, kurtka, palto va kombinezondan iborat. O`g`il bolalar garderobi tungi kiyim yoki pajama, ko`ylaklar yoki shimlar, kurtka, kombinezon va paltodan iborat. Kiyimlarni komplektlash yo`li bilan sonini kamaytirib, ishlatish variantlarini ko`paytirish mumkin. Yasli yoshidagi bolalar kiyimlari sodda va ixcham bo`lishi bilan birga, alohida qismlarining shakli turli- tuman bo`lishi mumkin. Yenglari odatda uzun bo`lib, to`g`ri yoki pastki qismida manjetli bo`ladi. Yozgi kiyimlarning yenglari “qanotcha” yoki “fonarcha” ko`rinishida bo`lishi mumkin. Ustki kiyimlarini modellashtirishda ko`pincha kapyushonli qilinsa, maqsadga muvofiq. Ustki kiyimlarning yana bir qulay turi bu kombinezon bo`lib, bola tanasini to`liq yopib turadi va bemalol harakatlanishini ta`minlaydi. Bu davrdagi bolalar kiyimlarining bezaklari turlicha bo`lishi mumkin, lekin bunda me`yorni saqlay bilish kerak. Yasli yoshidagi bolalar kiyimlarining badiiy obrazliligini hal qilishda tabiatning nozik ko`rinishlaridan, oqish va tiniq ranglardan foydalaniladi. Bunda materiallarning fakturasi va ranglarini o`zaro uyg`unlashtirish hisobiga erishish mumkin: momiq quyoncha, sap-sariq jo`jacha, qo`zichoq, nozik gullar va boshqalar bolalar kiyimlarini obrazliligini ta`minlaydi. Download 216 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling