Iqtisodiyot va moliyaviy menejment fanidan
-jadval TIKUV MASHINALARINI SOTIB OLISH XARAJATLARI
Download 216 Kb.
|
xurshidaxon
2-jadval
TIKUV MASHINALARINI SOTIB OLISH XARAJATLARI
V.TADBIRKORNING TIKUVCHILIK BILAN SHUG‘ULLANISH JOYI Tadbirkorning tikuvchilik bilan shug‘ullanishi uchun joyi Farg`ona viloyati, Quva tumani Tolmozor shaxarchasi 137-uyda amalga oshiriladi. VI.MUXANDISLIK KOMMUNIKATSIYALARI BILAN TA’MINLANGANLIGI Tadbirkorning tikuvchilik rivojlantirish uchun hamma sharoitlarga ega va injenerlik kommunikatsiyalari bilan ta’minlangan, jumladan: Elektroenergiya ta’minot - mavjud. VII.ISHLAB CHIQARISH PROGRAMMASI Tadbirkorning yillik ishlab chiqarish rejasini quyidagicha belgilaydi: Bir yillik ish kunlari - 300 kun; Ish rejimi - 1 smena 3-jadval Tikuvchilik xizmatlari ko’rsatish bo’yicha: (1 yilda 300 kun)
VIII.MAHSULOTLARGA BO’LGAN TALAB, TAKLIF VA EHTIYOJ BOZORI Bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik biznes sub’ektlarining ishlab chiqarayotgan mahsulotlari hajmi yildan-yilga ortib bormoqda, shu jumladan, tikuvchilikka bo’lgan talab doimiy yuqori va barqarordir. Asosiy iste’molchilar quyidagilar: Farg’ona shahri aholisi; Quva tumani. “Malika” xususiy korxonasi SWOT taxlili Korxonaning kuchli tomonlari-S (Strengths of enterprise) – bu korxonaning bozordagi boshqa raqobatdosh korxonalarga nisbatan ustunliklaridan: Raqobatchilar o`rtasida mahsulot narxi pastligi, mahsulot xamyonbopligi; Mavsumiyligi. Sifat darajasi - tabiiy ipak mahsulotidan foydalanganligi. Korxonaning kuchli tomonlariga quyidagi omillarni kiritish mumkin: katta ilmiy texnik-tajribalar, zamonaviy texnologiyalar, xodimlarning yuqori malakasi , yuqori sifatli mahsulotlar. Korxonaning kuchsiz tomonlari-W (Weakness of enterprise) –bu korxona tomonidan boshqarilishi zarur bo’lgan, lekin ularga ta’sir o’tkazish imkoniyati mavjud bo’lmagan korxona ichki omillarni hisobga oluvchi jadval ko’rsatkichidir. Iste’molchilarni yangi mahsulotga ya’ni bizni ishlab chiqargan mahsulot tog’risida yetarlicha ma’lumotga ega emasligi;(reklama) Sotish yoki yetkazib berishdagi kamchiliklar; Xodimlarimizni yuqori amaliy malakaga ega emasligi;(chet el malakasi)
( Opportunities) – korxonaning bozordagi faoliyatidan oladigan afzalliklarini ifodalovchi omillarni aks ettiradigan jadval ko’rsatkichidir. SWOT analizda faqat bozordagi imkoniyatlar emas , balki bozordan tashqaridagi imkoniyatlar hisobga olinadi 1. Soxaga ajratilishi mumkin bo’lgan investitsiyaning yetarliligi; 2. Banklardagi imtiyozli va zoq muddatli kreditlar berilishi; 3. Mahsulot xilma-xilligi , mavsumiyligi.
(Threats) – bu korxona tomonidan umuman ta’sir o’tkazish imkoniyatlari yo’q bo’lgan omillarni hisobga oluvchi jadval ko’rsatkichidir. Bozor xatarlariga quyidagilarni kiritish mumkin: bozorga yangi raqobatchilarning kirib kelishi, soliq stavkalarining o’sishi, iste’molchilar didining o’zgarishi va boshqalar kiradi. Yangi soliqlarni kiritilishi yoki soliq stavkalari o’zgarishi ; Bojxona bojlaridagi o’zgarishlar. ix. Ishlab chiQarishni tashkil qilish Ishlab chiqarish jarayoni Bog’cha yoshidagi qiz bolalar ko’ylagini ishlab chiqarish texnologik jarayoni quyidagilardan iborat. Materiallarni bichishga taxlash bichish tikish so'ngi ishlov berish tayyor mahsulotning sifatini tekshirish saqlash va tayyor mahsulotni iste’molchilarga jo`natish. X.TADBIRKORNING YILLIK XIZMAT ISHLAB CHIQARISH DASTURI Mahsulot tannarxi hisobi Mahsulot tannarxi hisoblashda xar bir mahsulotni sotishdan tushadigan oylik daromaddagi shu mahsulotning foiz hisobidagi ulushiga mutanosib ravishda hisoblangan. Quyidagi jadvallarda xar bir ishlab chiqariladigan mahsulotning tannarxi hisobi va sotish bahosi keltirilgan. 5-jadval 1 dona mahsulotning kalkulatsiyasi
AMORTIZATSIYA 75 865 000÷5=15 173 000 so’m 770×300=231 000 so’m 156 173 000/231 000=65.7 so’m Loyiha tashabbuskori balansida ijara binosi bo`lganligi uchun ijara oluvchi amortizatsiya ajratmasini to`laydi. Soliq kodeksida bino va inshoatlar uchun amortizatsiya chegirmasi miqdori 5% belgilangan, asbob uskunalar uchun amortizatsiya chegirmasi miqdori 15% belgilansa. Yillik amortizatsiya chegirmasi so’mmasi 15 173 000 so’mni tashkil etadi. Jami yillik amortizatsiya chegirmasi so’mmasi 15 173 000 so’mni tashkil etadi.
tikuv mashinalari va tikuvchilik mahsulotlarini sotib olish xarajatlari; amortizatsiya; ish xaqqiga sarflanadigan xarajatlar; kommunal to’lovlari; marketing xarajatlari; ko’zda tutilmagan xarajatlar.
ISH BOSHQARUVCHI TIKUVCHI VA BICHUVCHILAR 1-rasm. Korxona boshqaruv strukturasi. 6-jadval ISH HAQQIGA SARFLANADIGAN XARAJATLAR
7-jadval KOMMUNAL TO’LOVLAR
8-jadval MARKETING XARAJATLARI
9-jadval TO’LIQ BO’LADIGAN XARAJATLAR
10-jadval PUL OQIMLARI TO’G‘RISIDA HISOBOT
Xulosa Ushbu taklif qilinayotgan biznes rejani taqdim qilishdan avval loyiha tashabbuskori tomonidan Farg’ona shaxar tikuvchilik mahsulotlari bozoridagi axvol, loyihani amalga oshirishda ta’sir ko`rsatadigan barcha faktorlarni e’tiborga olib taxlil qilindi, xamda keltirilgan moliyaviy ko`rsatkichlar natijalari, tikuvchilik mahsulotlarini kichik xajmda ishlab chiqarishni tashkillashtirishning butun programmasini taxlil qilish , ichki bozordagi sharoitni, birinchi navbatda xom-ashyoni yetkazib berish, korxonalar tomonidan bo`ladigan raqobatni, ishlab chiqarishda bo’lishi mumkin bo`lgan xatarlarni oldini olish va qilingan taxlil natijasida loyihani amalga oshirishda loyiha tashabbuskori tomonidan ko`rsatilgan barcha tadbirlarning samaraliligi va xayotiyligi to`g`risida xulosa qilindi xamda Respublikamizda olib borilayotgan iqtisodiy isloxotlarga o`z ulushini qo`shishga imkon yaratildi. Loyihada umumiy 4 309 175 500 so’mlik mablag’ ajratildi. Loyihada umumiy yiliga 726 659 276 so’mlik foyda bo`lib, shundan soliq to`lovlari uchun 43 599 556 so’m summa ajratildi. Korxona jami yiliga 683 059 720 so’m sof foyda bilan yil yakunidan chiqdi.
“Menejment" kafedrasi tomonidan berilgan - "Bog’cha yoshidagi qiz bolalar ko’ylagini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan tikuv sexini biznes reja" mavzusi bo`yicha kurs ishi bajarildi. Muhandis konstruktorlik qismida O`zbekiston iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda model va uning xususiyatlariga to`g`ri keladigan paxta tolali . Maxsus bo`limda berilgan mavzu bo`yicha kurs ishi bajarildi. Bunda uch xil metodika bo`yicha asos konstruksiya o`rganilib, ularning xususiyatlari taxlil qilindi. Shundan so`ng maxsus bo`lim natijalariga asoslanib SNIISHP metodikasi bo`yicha konstruksiya qurildi va model konstruksiyasi ishlab chiqildi. Ishchi xujjatlar tuzilib yangi model andozalari tayyorlandi va gazlama sarflash normasi hisoblandi. Texnologik bo`limda dastlab loyihalanayotgan komplekt va material xususiyatlariga to`g`ri keladigan zamonaviy asbob-uskuna va tikish usuli tanlandi. Ishlov berish usullari qirqimlarda ko`rsatildi. Tikuv sexi loyihalanib ish o`rinlari joylashtirilib chiqildi. Ishni bajarish natijasida yuqori texnika - iqtisodiy ko`rsatkichlarga erishildi. Mahsulotlarining sifati va uning raqobatbardoshligi ishlab chiqildi. Mahsulot sifati sanoat ishlab-chiqarish xo`jalik faoliyatining asosiy, eng muhim ko`rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Mahsulot sifati mahsulotning iste`mol xususiyatlari majmui bo`lib, uning xalq xo`jaligi va aholining muayyan ehtiyojlariga yaroqliligini ifodalaydi. Mahsulot sifati tayyorlangan mahsulotning mustaqilligi, qulayligi, ishonchliligi, chidamliligi, tejamkorligi, go`zalligi va boshqa bir qator xususiyatlari bilan belgilanadi. Shu sababli mahsulot sifatini yaxshilash jamiyatga juda katta samara keltiradi: mablag`larni tejaydi, tannarxni kamaytirish, foydani ko`paytirish va shu asosida mamlakat xazinasini to`ldirishga imkon beradi. Mahsulot sifatini yaxshilash va uning raqobatbardoshliligini ta`minlash davlat siyosatining eng muhim muammolaridan biri hisoblanadi. Shu sababli Oliy Majlis qonunlarida, Prezident farmonlarida va hukumat qarorlarida mahsulot va ish sifatini oshirishga alohida e`tibor berilib, ularda barcha turdagi mahsulotlarning texnik darajasi, tejamliligi va sifati oshirilsin deyiladi, yangi o`zlashtiriladigan mahsulotlar o`zining sifat va texnik-iqtisodiy xarakteristikalari ji’atidan jahon fan-texnika va texnologiyasi erishgan ilg`or yutuqlarga mos boshqa bir qator ko`rsatmalar berilgan. Mahsulot sifati muammosiga tegishli masalalardan biri standartlashtirishdir. Yana bir muhim masala - sertifikatlashtirishdir. Bu ikki faoliyat fan-texnika, amaliy tajribalarning oxirgi yutuqlariga tayangan holda ishlab chiqarish rivojiga juda katta ta`sir ko`rsatadi. Mahsulot sifati oshirilishini attestatsiya qilish va rag`batlantirish alohida ahamiyat kasb etadi. Mahsulot sifatini moddiy rag`batlantirishda mahsulotning bir me`yorda ishlab chiqarilishi ko`rsatkich sifatida e`tiborga olinishi lozim. Ishlab chiqarish jarayonini modernizatsiyalashtirish hamda takomillashtirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan bo’lib, hozirda mamlakatimiz ishlab chiqarishning barcha jabhalarida rivojlanib yutuqlarga erishmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi 2017 yil 7 fevraldagi PF -1947-sonli Farmoni “Xalq so‘zi” gazetasi 2017 yil 8-fevral, 28-soni. Mirziyoyev SH.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil istiqbollariga bag‘ishlangan majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi. Xalq so‘zi gazetasi. 2017 yil 16 yanvar, №11. 3.O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. №PF – 3665. 05.11.2005 y. “Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora – tadbirlari to`g`risida”. 4. Salayev. S. "Tadbirkorlik asoslari" T,2012 5. Abdullayev.A .“Kichik biznesni boshqarish"T, 2003 6. Soliyev.A.Buzrukxo’jayev.B. “Marketing darslik” T,2010 7. Komilova.G. Hamraeva .K. “Tikuv buyumlarini konstruksiyalash”. T. Moliya, 2003 – yil. 8. M.SH.Jabborova. “Tikuvchilik texnologiyasi” T., O`zbekiston, 1994 yil Download 216 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling