Iqtisodiyot va pedagogika universiteti nodavlat talim muassasasi "tasdiqlayman"


 AMALIYOT MOBAYNIDA TALABANING AMAL QILISHI


Download 282 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/14
Sana02.11.2023
Hajmi282 Kb.
#1740772
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Ishlab chiqarish amaliyot dasturi Jo\'rayev.O\'.M. 1

2.4. AMALIYOT MOBAYNIDA TALABANING AMAL QILISHI 
LOZIM BO‘LGAN QOIDALAR 
Amaliyotchi-talaba malakaviy amaliyotni o‘tash chog‘idagi quyidagi 
qoidalarga rioya qilishi lozim: 
• 
amaliyot dasturida ko‘zda tutilgan va amaliyotga rahbarlik qiluvchi 
o‘qituvchi tomonidan berilgan individual topshiriqlarni to‘liq bajarish; 
• 
korxonada joriy etilgan kun tartibi va ichki mehnat intizomiga doir 
qoidalarni o‘rganib, ularga rioya qilish; 
• 
korxonada uskunalardan foydalanish, texnika xavfsizligi, mehnatni 
muhofaza qilish va boshqa mehnat faoliyatiga tegishli qoidalarni o‘rganib, ularga 
qat’iy rioya qilish; 
• 
o‘z kundaligida kunlik bajarilgan ishlarini aks ettirib borish va kun oxiriga 
kelib korxonadan tayin etilgan rahbarga tekshirtirish va imzolash uchun taqdim etish 
hamda haftada bir marotaba universitet tomonidan tayin etilgan rahbarga tekshirtirish 
va imzolash uchun taqdim etish (haftaning shanba kuni tanlansa maqsadga muvofiq 
bo‘ladi); 
• 
korxona jamoasining ijtimoiy hayotida faol ishtirok etish; 
• 
har bir amaliyot o‘tilgan bo‘lim bo‘yicha alohida hisobot yuritish; 
• 
malakaviy amaliyot tugashi bilan amaliyot bo‘yicha hisobotni kafedraga 
taqdim etish. 
Amaliyot dasturi bo‘yicha topshiriqlarni bajarmagan, salbiy taqriz olgan yoki 
amaliyot hisobotini himoya qilish chog‘ida qoniqarsiz baho olgan amaliyotchi-talaba 
talabalik safidan chiqariladi. 
3. MALAKAVIY AMALIYOT NATIJALARINI YAKUNLASH VA 
HISOBOTINI HIMOYA QILISH 
Amaliyot hisoboti barcha ilovalar bilan birgalikda “Umummetodologik fanlar” 
kafedrasiga amaliyotdan qaytgandan so‘ng bir kun davomida topshiriladi.Kafedra 
tomonidan tayinlangan amaliyot rahbarlari hisobotlarni tekshiradi, o‘z mulohazalarini 
bayon etadi va taqriz yozadi.Kafedrada belgilangan grafikka binoan kafedra tomonidan 
tuzilgan hay’at oldida amaliyot hisoboti talaba tomonidan himoya qilinadi.Malakaviy 
amaliyot hisoboti kafedra tomonidan ishlab chiqilgan “Talabalar malakaviy 
amaliyotini tashkil etish va reyting tizimida baholash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma” ga 
binoan baholanadi. 



Download 282 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling