7-mavzu. Numizmatika: Qadimgi Yunoniston va Rim tangalari
Numizmatika fani, uning maqsadi va vazifalari. Tangalar paydo bo‘lguncha ayriboshlash vositasi bo‘lib xizmat qilgan narsalar. Tovar ayirboshlashning vujudga kelishi. Dastlabki tangalar. Qadimgi Yunoniston tangalari. Qadimgi Rim tangalari.
Bonistika fani, uning maqsadi va vazifalari. Qog‘oz pullarning paydo bo‘lishi va tarqalishining davriy va geografik xususiyatlari.
8-mavzu. Qadimgi davr O‘zbekiston tangalari
Markaziy Osiyoda tovar-pul munosabatlarining shakllanishi va
rivojlanishi. Yunon-Baqtriya shohlari tangalari. Mahalliy So‘g‘diyona tangalarining qaror topishi. Qadimgi Xorazm tangalarini zarb qilishning yo’lga qo‘yilishi.
9-mavzu. O‘rta asr O‘zbekiston tangalari
Kushonlar, Sosoniylar tangalari. Turk hoqonligi tangalari. Islom aqidalarining tangalarning ikonografik ko‘rinishiga tubdan ta’sir ko‘rsatishi. Somoniylar, Qoraxoniylar tangalari. Saljuqiylar tomonidan zarb qilingan tangalar. Xorazmda Muhammad ibn Takash tomonidan zarb qilingan tangalar. Mo‘g‘ullar tomonidan zarb qilingan tangalar. Amir Temur va temuriylar tangalari. Shavboniylar davridagi tangalar.
10-mavzu. Xiva va Qo‘qon xonliklari va Buxoro amirligi tangalari
Xiva va Qo‘qon xonliklari va Buxoro amirligi tomonidan zarb qilingan tangalar. Rus tangalarining O‘rta Osiyoga kirib kelishi. O‘rta Osiyoda qog‘oz pullarning paydo bo‘lishi va tarqalishining davriy va geografik xususiyatlari
11-mavzu. Paleografiya, semiotika va falaristika fanlarining maqsad va vazifalari. Insoniyat tarixidagi qadimgi belgilar va yozuvlar.
Paleografiya fanining obekti, Paleografiya fanining vazifalari va fanning ish uslubi O’zbekiston tarixi va madaniyatini o‘rganishda Paleografiyaa fanining o‘rni va ahamiyati. Semiotika va falarestika fanlarining vazifalari va fanning tadqiqot metodlari.
12-mavzu. Yozuv turlari va ularning klassifikatsiyasi
Yozuvlaming paydo bo‘Iishi. Insoniyat tarixidagi qadimgi yozuvlar va ulaming turlari. Predmetli, piktografik, logografik, bo‘g‘inli, harfiy, mahfiy yozuvlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |