17-mavzu. Qadimgi Sharq davlatlari o‘lchov birliklari. O‘rta Osiyoda qo‘llanilgan o‘lchov birliklari
Qadimgi Sharq (Misr, Mesopotamiya, Eron, Xitoy, Hindiston) davlatlari va O‘rta Osiyoda qo‘llanilgan uzunlik, maydon va og‘irlik o‘lchov birliklari. O‘rta asrlarda qo‘llanilgan uzunlik, maydon va og‘irlik o‘lchov birliklari. Yangi va eng yangi davrlarda o‘lchov birliklari. O‘lchov birliklarining o‘nlik tiziminingqabul qilinishi. Metrik o‘lchov tizimiga o‘tish.
18-mavzu. Yevropa qo‘llaniladigan o‘lchov birliklari
Qadimgi Yunoniston va Rimda qo‘llanilgan uzunlik, maydon va og‘irlik o‘lchov birliklari. O‘rta asrlarda qo‘llanilgan uzunlik, maydon va og‘irlik o‘lchov birliklari. Yangi va eng yangi davrlarda o‘lchov birliklari. O‘lchov birliklarining o‘nlik tizimining qabul qilinishi. Metrik o‘lchov tizimining qabul qilinishi. Zamonaviy metrologiyaning vazifalari. Tarixning yangi davrida yagona o‘lchov birliklarini qabul qilishga urinishlar va bu boradagi muammolar. XVIII asrda o‘lchov birliklarining o‘nlik tizimining qabul qilinishi. Metrik o‘lchov tizimining qabul qilinishi.
III. Seminar mashg‘ulotlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Seminar mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
Xronologiyaning fan sifatida shakllanishi va taraqqiyoti.
Vaqtning dastlabki o‘lchov birliklari
Kalendar va ularning turlari. Sharq mamlakatlari kalendarlari
Qadimgi Rim, Gretsiya kalendarlari. Yuliy Sezarning kalendar islohoti
O‘rta Osiyoda qo‘llanilgan kalendarlar. Hijriy yil hisobi
Qadimgi Yunoniston va Rim tangalari
Qadimgi davr O‘zbekiston tangalari
O‘rta asr O‘zbekiston tangalari
Xiva va Qo‘qon xonliklari, Buxoro amirligi tangalari
Insoniyat tarixidagi qadimgi yozuvlar
O‘rta Osiyodagi qadimgi yozuvlar
Markaziy Osiyoda arab grafikasining tarqalishi.
Sharq qo‘lyozmalarining paleografik xususiyatlari
O‘zbek yozuvida o‘ tkazilgan islohotlar
Yozuv quroli va materiallari
Qadimgi Sharq davlatlari o‘lchov birliklari.
O‘rta Osiyoda qo‘llanilgan o‘lchov birliklari
Yevropa qo‘llaniladigan o‘lchov birliklari
Amaliy mashg‘ulotlar multimedia qurulmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir professor-o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilishi zarur. Mashg‘ulotlar faol va interfaktiv usullar yordamida o‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo‘llanilishi maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |