Iqtisodiyot va pedagogika unversiteti
Davlatning tadbirkorlik faoliyatida ishtiroki: strategik
Download 191.84 Kb. Pdf ko'rish
|
(о)Iqtisodiyotni erkinlashtirishda davlat aralashuvini
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat tadbirkorligining o`ziga xos jihatlari nimada
2.2. Davlatning tadbirkorlik faoliyatida ishtiroki: strategik
yondoshuvni ishlab chiqish zaruriyati Mamlakat iqtisodiyoti yaxshilanishida raqobat muhitining o`rni naqadar muhimligi haqida etarlicha yozilgan, gapirilgan. Biroq mamlakatimizda haqiqiy raqobat muhitini shakllantirish, kafolatlash uchun hali ko`p ishlarni qilishimiz zarur. Sog`lom raqobat muhitini shakllantirishda davlatning iqtisodiy va tadbirkorlik faoliyatidagi ishtiroki prinsiplari, shartlari qayta ko`rib chiqilishi va qonun darajasida aniq-tiniq qilib mustahkamlanishi zarur. Bu borada muayyan qoidalar belgilangan. 24 Harakatlar strategiyasining ustuvor yo`nalishlaridan biri iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish hisoblanadi. Bu yo`nalishda davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning tartib-taomillarini soddalashtirish, xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning ustav jamg`armalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan ob`ektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish rejalashtirilgan. Davlat tadbirkorligining o`ziga xos jihatlari nimada? Ma`lumki, davlatning tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etishi amalda uning fuqarolik- huquqiy munosabatlarda qatnashishini bildiradi. Fuqarolik kodeksining 79- moddasiga ko`ra, davlat fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlarda boshqa ishtirokchilar bilan baravar qatnashadi. Ya`ni bu jarayonda davlat va tadbirkorlik munosabatlarining boshqa ishtirokchilari tengligi qonunan mustahkamlagan. Xususiy mulkka asoslangan korxonalardan farqli ravishda iqtisodiy faoliyatning ishtirokchisi sifatida davlatning asosiy maqsadi nafaqat foyda ko`rish, balki ommaviy huquq sub`ekti sifatida ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hal etish, jumladan, aholining yashash darajasini ko`tarish, kambag`allikni qisqartirish, innovasiyalarni rag`batlantirish, samarali institutlarni tashkil etish kabilar ham hisoblanadi. Davlatning tadbirkorlik faoliyati bilan faol shug`ullanishiga qarshilar va uning tarafdorlari o`rtasida munozaralar doimiy tarzda davom etib kelmoqda. Davlatning tadbirkorligi masalasi davlat aktivlari, xususan davlat korxonalari, ularni boshqarish masalalari bilan chambarchas bog`liq. Download 191.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling