Iqtisodiyot va pedagogika unversiteti


Pandemiya davrida xususiylashtirish


Download 191.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana17.06.2023
Hajmi191.84 Kb.
#1538228
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
(о)Iqtisodiyotni erkinlashtirishda davlat aralashuvini

Pandemiya davrida xususiylashtirish 
Davlat aktivlarini sotish, xususiylashtirish sohasidagi amaliy qadamlar davlatning 
tadbirkorlik faoliyati bo`yicha strategik yondashuvi shakllantirib bo`lingach, ya`ni 


27 
maqsadga muvofiqlik, ishtirok etish lozim bo`lgan sohalar ko`lami singari masalalar 
hal etilgandan so`ng amalga oshirilishi lozim. 
Inqiroz sharoitida bu masala yanada dolzarblashdi.
Ayrim iqtisodchilar tarafidan davlat korxonalarini, mulkini maksimal darajada 
xususiylashtirish, bunda kerak bo`lsa “0” qiymatda bo`lsa ham sotish haqida fikrlar 
yangramoqda. Bu fikrga qo`shilib bo`lmaydi. Sababi foyda keltirib turgan, 
istiqbolda ham foyda keltiradigan korxonalar va mulklarini davlat o`zida ushlab 
turishi maqsadga muvofiq. Bozor iqtisodiyotida sharoitida har qanday mulkdor o`z 
mulkini sotishdan oldin bunga tayyorgarlik ko`radi, ya`ni maqbul narxda sotish 
uchun kerakli tadbirlarni bajaradi. Xuddi shunday, davlat ham mulkdor sifatida o`z 
aktivlarini sotishdan avval ushbu aktivlarni bahosini ko`tarishga, tajribali va 
ishonchli, iqtisodiy baquvvat investorlarni kelishini kutishga harakat qilishi zarur 
hisoblanadi. Zero shundagina, sotiladigan davlat aktivi umumiy iqtisodiy 
farovonlikka o`z foydasini beradi. Agar, 90-yillardagi xususiylashtirish natijalarini 
tahlil qiladigan bo`lsak, o`sha davrda sotilgan ko`pgina aktivlar iqtisodiy oborotdan 
chiqib ketganligini, ko`pgina korxonalar uskunalari metall chiqit sifatida sotilib, er 
maydonlariga esa uy-joylar qurilgan holatlarni ko`rish mumkin. Bundan shunday 
xulosa kelib chiqadiki, aktiv real bahosi hamda haqiqiy iqtisodiy investor yo`q 
holatda davlat aktivini sotish samara bermaydi. 
Pandemiya davrida potensial, ayniqsa xorijiy investorlarning mulk sotib olishga 
bo`lgan qiziqishi kamaygan. O`z navbatida jahondagi inqiroz davlat mulki bahosiga 
ham salbiy ta`sir etdi. Jahon iqtisodiyotida inqiroz holati uzoq muddat davom etishi 
ehtimolini hisobga olgan holda davlat aktivlarini sotish masalasida shoshmaslik 
zarur. 
Masalan, Ukraina davlat mulki fondi COVID-19 pandemiyasi sharoitida moliya 
bozorlarida ro`y berayotgan jarayonlar tufayli katta hajmli ob`ektlarni 


28 
xususiylashtirishni to`xtatib qo`ydi. Ukraina pandemiya tufayli yuzaga kelgan 
inqiroz barham topgach bu jarayonni davom ettirmoqchi. 
Umuman, tarixga nazar tashlasak, inqirozlar davrida davlatning iqtisodiy 
jarayonlarga aralashuvi faollashgan. Aynan davlat ishtiroki faol bo`lgan 
mamlakatlar iqtisodiy inqirozlardan kamroq talafot bilan chiqqanlar. 
Bir so`z bilan aytganda, kechuvda otni almashtirmaydilar. Ya`ni pandemiya 
sharoitida davlat mulkini xususiylashtirish jarayonlarini ortiqcha jadallashtirmaslik, 
bu masalada qaror chiqarishda chuqur tahlillar asosida, etmish marta o`lchangan, 
xalq fikri hisobga olingan, barcha “plyus va minuslar” taroziga qo`yilishi lozim. 
Umuman, davlat tadbirkorligi masalasi huquqiy va iqtisodiy jihatdan chuqur 
tadqiqotlar amalga oshirishni, huquqiy asoslarini takomillatirishni talab qiladigan 
mavzu. Davlatning tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanish shartlari, shakllari va 
xususiyatlarini aniq belgilab beradigan, tartibga soladigan qo`shimcha qonun 
hujjatlarini qabul qilishni davrni o`zi taqozo qilmoqda. Bunda “Tadbirkorlik 
faoliyati erkinligining kafolatlari to`g`risida”gi Qonunga o`zgartirish va 
qo`shimchalar kiritish, davlatning tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etish strategiyasi 
loyihasini ishlab chiqish va qabul qilishni tezlashtirishimiz zaruriyat bo`lib 
qolmoqda.
10

Download 191.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling