Dastlab muomalaga chiqarilgan qog'oz pullarning asosi oltin bilan ta'minlangan bo'lib, ushbu pullar bilan birgalikda oltin tangalar ham muomalada ishtirok etgan. Qog'oz pullar mustaqil qiymatga ega bo'lmasdan, ular davlatning qonuniy hujjatlari asosida mamlakatda to'lov va muomala vositasi rolini bajaradi. Shuning uchun qog'oz pullarning qiymati o'zgaruvchanlik xususiyatiga ega bo'lib, u mamlakat ichki bozorida chet el valutasiga bo'lgan talab va taklif, milliy iqtisodiyotning barqarorligi hamda ijtimoiy iqtisodiy holatlar ta'sirida o'zgarib turadi. Bu uning sotib olish qobiliyatining mustahkamligi, inflatsiya darajasi va boshqa iqtisodiy ko'rsatkichlarda namoyon bo'ladi. Pulning funksiyalari va turlari . Pul to’rtta, ya’ni qiymat o’lchovi , muomala vositasi, to’lov vositasi va jamg’arma vositasi funksiyalarini bajaradi . Pulning qiymat o’lchovi funksiyasi asosan tovarlar qiymatini baxo shaklida aks ettirish orqali namoyon bo’ladi . Pulning qiymat o’lchovi barcha tovarlar uchun umumekvivalent vositasi sifatida ularning qiymatini o’lchaydi. - Iqtisodiyotda tovarlar harakati pul harakatini keltirib chiqaradi va aksincha, pul harakati tovarlar harakatini ta`minlaydi. Pul yordamida tovarlar oldi-sotdi qilinadi. Pulning muomala vositasi ekanligi tovarlarni naqd pulga sotilishi jarayonida namoyon bo`ladi. Bu vazifani banklar tomonidan muomalaga chiqariladigan banknotlar va tangalar bajaradi. Bunda tovar harakati pul harakatiga mos keladi, ya`ni bir vaqtning o`zida pul to`lanadi va tovar sotib olinadi.
Masalan, talaba do`konga kirib pul to`lab kitob yoki daftar sotib oldi. Pul muomala vositasi sifatida quyidagi xususiyatlarga ega:
Do'stlaringiz bilan baham: |