1944 yildan keyin jahon puli vazifasi oltinda qoldirilgan holda, xalqaro to`lovlarda AQSH dollaridan ko`proq foydalanishga imkoniyat yaratildi. 1970 yildan boshlab xalqaro to`lovlarda Xalqaro Valyuta Fondi tomonidan kiritilgan maxsus hisob va to`lov birligi (SDR) qo`llanila boshlandi. 1976 yilda Xalqaro Valyuta Fondiga a`zo mamlakatlar oltindan jahon puli sifatida foydalanishni bekor qildilar. Hozirda oltindan xalqaro zahira sifatida foydalanilmoqda. 1979 yildan Yevropaning bir qator mamlakatlarida xalqaro hisob-kitoblarni olib borish uchun xalqaro hisob birligi EKYU (ECU) qo`llanila boshlandi. 1999 yildan e`tiboran Yevropa ittifoqiga kiruvchi 12 mamlakatda yagona pul birligi sifatida YEVRO (EURO) naqd pulsiz hisob – kitoblarda, 2002 yil 1 yanvardan esa naqd pul sifatida ham qo`llanila boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |