Iqtisodiyot va turizm” fakulteti “agrobiznes va logistika” kafedrasi “Ro’yxatga olindi”


-chizma. Loyihalarning investitsiya oldi bosqichi


Download 163.06 Kb.
bet3/11
Sana25.02.2023
Hajmi163.06 Kb.
#1230441
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurbonov Jahongir 3.1 AGB-21 kurs ishi

1-chizma. Loyihalarning investitsiya oldi bosqichi

Loyihalarni tasdiqlashni variantlarini vujudga keltirish

Loyihalarni investitsiyalash uchun potensial mablag’larni belgilash

Loyihalar bo’yicha organlar vujudga keltirish va investitsiya tadbirlarini ko’rinishi

Qo’shimcha izlanishlar

Texnik-iqtisodiy asoslash

Loyihalarni ichki va tashqi imkoniyatlarini realizatsiya qilishni tahlili

Loyihalarni realizatsiya qilishning makro va mikro darajalari

Investitsiya loyihalari uchun gʼoyalarni qidirish va ular ichida maqbulini tanlab olish juda murakkab hamda masʼuliyatli vazifadir. Birinchidan, bu muammoni yechish uchun loyihani vujudga keltirishdan kim mafaatdor ekanligini bilishimiz zarur. Аgar bu loyiha ishlab turgan korxona uchun boʼlsa, unda investitsiya kontseptsiyasi shu tarmoqda yigʼilgan tajriba, undagi xodimlarning malakasi, bozor muammolari maʼlum maʼnoda belgilangandir. Bu korxonalarni boshqaruvchi idoralar ham investitsiya kontseptsiyasini vujudga keltirishda qiynalmaydilar. Ular uchun bunday loyihani amalga oshirish zarurati, korxona mahsulotlari xozircha mavjud talabni yetarlicha qondira olmasligi, yoki shu tarmoq shu davrda ustuvor tarmoq ekanligi ham belgilab beriladi.


Xalqaro tajribada turli sohadagi korxonalar uchun investitsiya kontseptsiyalarini izlab topish uchun asos boʼlib xizmat qiladigan dastlabki shart-sharoitlarning quyidagi tasnifi (klassifikatsiyasi) qabul qilingan:
- ishlab chiqarish yoki qayta ishlash uchun zarur boʼlgan foydali qazilmalar resurslarining mavjudligi;
- qishloq xoʼjaligining agrosanoat kompleksi doirasida amalga oshirilishi mumkin boʼlgan loyihalar doirasi hamda qishloq xoʼjaligini rivojlantirish potentsialini belgilab beruvchi imkoniyatlari va anʼanalari;
- ijtimoiy-iqtisodiy va demografik omillar taʼsirida yoki bozorda yangi tovar vujudga kelishi natijasida talab hajmi va tarkibida kelajakda boʼlishi mumkin boʼlgan oʼzgarishlarni baholash (Masalan, radiotexnikaning rivojlanishi gramplastinkalar ishlab chiqaruvchi korxona uchun investitsiya kontsepiyalarini yaratishda turtki boʼlib xizmat qiladi);
- import tuzilmasi va hajmi. Bu koʼrsatkichlar import oʼrnini bosuvchi ishlab chiqarishlarni yaratishga yoʼnaltirilgan loyihalarni vujudga keltirishga turtki boʼlishi mumkin;
- oʼxshash resurslar va ijtimoiy-iqtisodiy darajaga ega boʼlgan davlatlarning ishlab chiqarish tuzilmasini rivojlantirish boʼyicha tajribalari va anʼanalari;
- milliy yoki jaxon iqtisodiyoti doirasida isteʼmolchi tarmoqlarda yuzaga kelgan yoki kelishi mumkin boʼlgan extiyojlar;
- isteʼmolchi tarmoqlarda ishlab chiqarish hajmini oshirish rejalari toʼgʼrisidagi yoki ishlab chiqarilgan mahsulotga jaxon bozorida talabning oʼzgarishini xarakterlovchi axborotlar;
- yagona xom ashyo bazasida turli xil mahsulotlarni ishlab chiqarishning maʼlum va yangidan topilgan imkoniyatlari;
- ommaviy ishlab chiqarishdan iqtisodiy tejamkorlikka erishish maqsadida ishlab chiqarish koʼlamlarini kengaytirish;
- umumiqtisodiy shart-sharoitlar (masalan, xukumat tomonidan qulay investitsiya muhitining yaratilishi, milliy valyuta almashinuv kursining oʼzgartirilishi natijasida eksport imkoniyatlarining yaxshilanishi va xokazo).
Yuqorida keltirilganlar loyihalarni investitsiyalash uchun umumiy shartsharoitlar hisoblanadi. Bu shart-sharoitlar xali loyihalarni tashkil etish uchun toʼliq asos boʼla olmaydi. U yoki bu loyiha kontseptsiyasining keyingi bosqichlarini davom ettirish yoki ettirmaslik uchun mutaxassislarning chuqur tahlili natijalari zarur boʼladi. Moliyaviy manbalardagi axborotlar yetarli boʼlishiga qaramay, investor oʼzicha biror-bir qarorga kelishdan xavfsiraydi. Bundan tashqari turli tahlillarga sarf etish uchun uning vaqti ham yoʼq. Shuning uchun investor har xil konsulьtantlarga murojaat etishni lozim koʼradi. Investitsiya boʼyicha konsulьtantlar - bular shunday shaxs yoki firmalarki, ularning asosiy vazifasi oʼz mijozlariga mablagʼlarni qaysi loyihaga sarf etishni tavsiya etishdan iborat.
Iqtisodiy adabiyotlarda, darslik va o’quv qo’llanmalarda «investitsiya loyihasi» ikkinchi mazmundagi tushuncha sifatida qo’llaniladi. «Loyiha» termini birinchi mazmun bo’yicha tushuniladi.
Investitsiya loyihasi tushunchasi uning yo’naltirilgan maqsadini amalga oshirish uchun texnologik jarayonlarni, texnik va tashkiliy hujjatlashtirish jarayonini, obyektlarni barpo etish va ishga tushirish jarayonini, moddiy, moliyaviy, mehnat resurslarining harakatini, shuningdek tegishli boshqaruv qaror-lari va tadbirlarni o’zida mujassamlashtiruvchi tizim sifatida qaralishi mumkin.
To’liq shakllangan, yakuniga yetgan investitsiya loyihasini tuzish va amalga oshirish umumiy holda quyidagi bosqichlarni o’z ichiga qamrab oladi:
— investitsiya g’oyasini shakllantirish;
— investitsion imkoniyatlarni tadqiq etish;
— investitsiya loyihasini texnik-iqtisodiy asoslash;
— shartnoma hujjatlarini tayyorlash;
— loyiha (ishchi) hujjatlarini tayyorlash;
qurilish-montaj ishlari;
— obyektni ishga tushirish va investitsiya loyihasi monitoringini
olib borish.
Investitsiya loyihasi o’z maqsadi, yo’nalishi, amal qilish sohasi, muddati va chegarasiga ega bo’lgan alohida faoliyat turi xisoblanadi. U tashkiliy, huquqiy, ijtimoiy, ekologik, iqtisodiy jihatdan to’liq va mukammal xisob-kitoblar yordamida asoslangan yuridik hujjat xisoblanadi. Investitsiya loyihasining boshqa xujjat va «loyiha» lardan asosiy farqi shundaki, u haqiqiy hujjat sifatida qaror topishi uchun uning barcha tomonlari maxsus usullar yordamida keng va aniq xisob-kitoblar bilan baholanadi. Shuningdek uning amalga oshirilishi muayyan miqdordagi mablag’larni safarbar etishga asoslanadi.
Investitsiya loyihasi investitsiya g’oyasining shakllanishidan vujudga kelar ekan, uning murakkab jarayonlar asosida yaratilishida turli tadqiqotlar va tahlil etish ishlarini olib boruvchi mutaxassislarning asosiy o’rin egallashlarini alohida e’tiborga olmoq zarurdir. Investitsiya loyihasining o’ziga xos xususiyati uning amalga oshirilishi moliyalashtirishning turli shakllariga mos tushishi bilan izohlanadi. Bunda investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun turli manbalardan mablag’larni jalb etish mumkinligi uning qulayligini, foydaliligani, samaradorligini va afzalligini oshiradi.
Investitsiya loyihasi amal qilish sohasi va darajasiga ko’ra 40-50 yilgacha muddat bilan ishlab chiqilishi mumkin. Undagi xisob-kitoblar esa shu davrga mo’ljallangan bashoratlar asosida tizimli amalga oshiriladi. Bunday loyihalar, ko’proq, davlat ahamiyatiga molik va hukumat mablag’lari evaziga moliyalashtiriladigan obyektlarni ishga tushirish yoki muayyan sohaning tizimli o’zgartirilishini bosqichma-bosqich amalga oshirish maqsadida keng qamrovli va uzoq yillarga mo’ljallangan bashoratlar asosida ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Bunga mamlakat bo’yicha kommunikatsiya tarmog’ini tizimli zamonaviylashtirishga, aholini elektr energiyasi bilan ta‘minlashga mo’ljallangan, makrodarajadagi ahamiyatga ega bo’lgan investitsiya loyihalari (ko’proq, davlat investitsiya loyihalari) misol bo’la oladi.
Investitsiya loyihasini amalga oshirishda uning monitoringini olib borish tizimining amal qilishi loyihaning, nafaqat, iqtisodiy samaradorligini, shuningdek ijtimoiy samaradorligini va siyosiy ahamiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Umuman olganda, investitsiya loyihasi investitsion tadbirkorlik va tashabbusning mevasi, natijasi sifatida yaratilgan investitsion hujjat bo’lib, inves-titsiyalar bilan ta’minlangan har qanday tadbirlar majmuasi hisoblanadi. Ya’ni u cheklangan muddat va vaqt mobaynida foyda (daromad) olish yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadidagi bir-biri bilan bog’liq, bir-biri bilan aloqadorlikdagi murakkab tadbirlar yigindisidir.



  1. Download 163.06 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling