Iqtisodiyot va turizm” fakulteti “agrobiznes va logistika” kafedrasi “Ro’yxatga olindi”


Investitsiya loyihalarini tayyorlash bosqichlarida uning samaraliligini baholash


Download 163.06 Kb.
bet4/11
Sana25.02.2023
Hajmi163.06 Kb.
#1230441
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurbonov Jahongir 3.1 AGB-21 kurs ishi

Investitsiya loyihalarini tayyorlash bosqichlarida uning samaraliligini baholash

Har qanday turkumdagi loyihalarni baholashda loyihadan olinadigan naf aniqlanadi. Ular pul va pul bulmagan manfatdorlik boʼlishi mumkin. Аvvalo, pul koʼrinishidagi manfatlarni hisoblash uslublarini koʼrib oʼtaylik. Buning uchun investitsiya loyihalariga murojaat etamiz.


Real aktivlarga mablagʼ sarf qilishning maqbul variantlarini tanlash va asoslab berish jarayonida investitsiya loyihalarini iqtisodiy – moliyaviy baholashning ahamiyati juda katta. Boshqa barcha jihatlari ijobiy boʼlgani holda ham quyidagi shartlarni taʼminlamagan loyiha amalga oshirish uchun qabul qilinmaydi:

  1. tovarlarning realizatsiya qilinishidan kelgan

daromadlar sarf etilgan xarajatlarni qoplamasa;
2. loyihani mablagʼ bilan taʼminlaydigan investor oʼrtacha foyda meʼyoridan kam boʼlmagan rentabelikka erishmasa;
3. investor uchun maʼqul keladigan davr ichida xarajatlar qoplanmasa.
Har qanday investitsiya loyihasini moliyaviy-iqtisodiy baholash mazmunini juda sodda savolga, yaʼni kelgusidagi pul tushumlari hozirgi qilingan xarajatlarni qoplaydimi yoki yoʼqmi, degan savolga javob topish tashkil etadi.
Аlbatta buni oldindan tez va yuz foiz aniqlik bilan hech kim ham hisoblay olmaydi. Lekin taklif etiladigan baholash uslublari investitsiya loyihalarini qabul qilishda kamchiliklarni (tasodiflarini) bartaraf qilishga koʼmaklashadi.
Investitsiya loyihalarini baholash uslublarining vujudga kelishiga sabab, pul mablagʼlarini vaqt davomida oʼzgarib turishidadir.
Rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda investitsiyalarni baholashning turli loyihalarga qoʼyilgan mablagʼlarning foydaliligini taqqoslashga asoslangan usullari koʼp qoʼllaniladi. Bunda u yoki bu loyihaga investitsiya qilishning muqobil varianti boʼlib boshqa obʼektlarga mablagʼ sarflash, shuningdek mablagʼlarni maʼlum foiz bilan bankka qoʼyish yoki ularni qimmatli qogʼozlarga aylantirish imkoniyatlari hisoblanadi. Аlbatta buni oldindan tez va yuz foiz aniqlik bilan hech kim ham hisoblay olmaydi. Lekin taklif etiladigan baholash uslublari investitsiya loyihalarini qabul qilishda kamchiliklarni (tasodiflarini) bartaraf qilishga koʼmaklashadi. Investitsiya loyihalarini baholash uslublarining vujudga kelishiga sabab, pul mablagʼlarini vaqt davomida oʼzgarib turishidadir.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, investitsiya loyihalari samaradorligini baholash uslublari deganda xarajatlarning foydaliligi va qoplanishi nuqtai nazaridan turli obʼektlarga (loyihalarga, tadbirlarga) investitsiya qilishning maqsadga muvofiqligini aniqlash usullari tushuniladi. Investitsiyalar samaradorligini aniqlashda, ularning ayrim jihatlarinigina harakterlaydigan alohida koʼrsatkichlardan foydalanish yetarli boʼlmaydi. Shu sababli investitsiya loyihalari samaradorligini baholash uchun bir necha uslublar va koʼrsatkichlar tizimidan foydalaniladi.
Investitsiya loyihalarini baholashda besh asosiy uslubdan keng foydalaniladi. Oʼz navbatida bu uslublar ikki guruhga ajratiladi:

  1. Diskontlash kontseptsiyasini qoʼllashga asoslangan uslublar:

− sof joriy qiymatni aniqlash uslubi;
− investitsiyalarning rentabellik darajasini aniqlash uslubi; − ichki foyda meʼyorini aniqlash uslubi.

  1. Diskontlash kontseptsiyasini qoʼllashni koʼzda tutmagan uslublar:

− investitsiya loyihalariga sarflangan mablagʼlarni qoplash davrini aniqlash uslubi;
− investitsiyalarning buxgalteriya rentabelliligini aniqlash uslubi.
Ushbu uslublarni koʼrib chiqishdan oldin shuni taʼkidlash zarurki, har beshala uslub investitsiyalarning mutlaq samaradorligini aniqlash usuli sifatida koʼrib chiqiladi, yaʼni har bir investitsiya loyihasini amalga oshirish korxonaning boshqa loyihalarga investitsiya sarflash imkoniyatlariga taʼsir etmaydi, degan shartga amal qilinadi.
Bunday shartning kiritilishiga sabab shuki, amalda koʼpchilik investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi boshqa loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini pasaytiradi yoki mutlaqo yoʼqqa chiqaradi. Bunday investitsiya loyihalari oʼzaro munozarali loyihalar deyiladi. Oʼzaro munozarali loyihalar jumlasiga shuningdek, korxonaning maʼlum bir pirovard maqsadiga erishishning turli yoʼllarini koʼzda tutuvchi loyihalar kiradi. Turli loyihalarning munozarali boʼlishiga sabab korxona mablagʼlarining cheklanganligidir. Korxonalar loyihalarni nafaqat mutlaq samaradorligi mezoniga koʼra, balki mablagʼ yetmay qolganligi sabab boshqa loyihalarni amalga oshira olmasligi tufayli oʼzi koʼrishi mumkin boʼlgan yoʼqotishlar nuqtai nazaridan kelib chiqib ham tanlaydi. Boshqacha aytganda, korxona investitsiya loyihalarini nisbiy samaradorlik mezoniga koʼra tanlaydi.
Investitsiyalar samaradorligini aniqlash usullarini oʼrganish jarayonida loyiha bilan bogʼliq boʼlgan barcha xarajatlar va tushumlar pul koʼrinishiga ega deb qaraladi.
Biz siz bilan birgalirda investitsiya loyihalarini bagolashning bir necha xil usulini ko’rib chiqamiz, bular:
Diskontlash – bu iqtisodiyotda XX asrning ikkinchi yarmidan jahon moliyaviy iqtisodiyotiga keng koʼlamda kirib kelgan yangi nazariya va uslubdir.
Investitsiya loyihalarini baholashning maxsus uslublari vujudga kelishiga sabab, pul mablagʼlari qiymatining vaqt davomida oʼzgarib turishidir. Yaʼni bugungi bir soʼm qiymati bir yil keyin olinadigan bir soʼm qiymati bilan bir xil emas.
$1 Present Value (PV), > $1 Future Value (FV)

Bir xil summadagi pulning turli vaqtda har xil qiymatlarga ega boʼlishiga bir qancha sabablar mavjud:



      • birinchidan, bu holat inflyatsiya jarayonlari bilan izohlanadi, yaʼni baholar darajasining koʼtarilishi oqibatida bugun bir soʼmga olish mumkin boʼlgan tovarni bir yildan soʼng bir yarim yoki ikki soʼmga sotib olish mumkin boʼladi;

      • ikkinchidan, har qanday tijorat operatsiyasiga (shu jumladan, bank depozitiga) qoʼyilgan bir soʼm pul uning yordamida olingan daromad hisobiga bir yildan keyin kattaroq miqdordagi pulga aylanadi. Bu holat moliyaviy operatsiyalarning aksiomasi hisoblanadi va investitsiya loyihalarini iqtisodiy asoslash va tahlil qilish mexanizmini belgilab beradi.

Demak, har bir moliya mutaxassisi yoki investitsiyalarni tahlil etayotgan mutaxassisning asosiy shiori quyidagicha boʼlmogʼi kerak: bugun olinadigan bir soʼm pul kelgusida olinadigan bir soʼm puldan qiymat jihatdan kattadir.
Buni juda oddiy misolda koʼrishimiz mumkin. Аgar siz 100 soʼm pulni 10 foiz stavka bilan bankka qoʼysangiz, kelgusi yili (uni inglizcha FV, yaʼni future value deb belgilymiz), sizning omonatingiz:
FV1 =100+100 * 0,1=110 soʼmga teng boʼladi. FV1 = 100+ (100+0.10) = 100+10 = $110 yoki
FV1 = 100*(1+0,1) ^1 = 110
FV2 = 100* (1+0.1) ^2 = 100*121 = $121
FV3 = 100* (1+0.1) ^3 = 100*1.33 = $133
Аgar pulingizni yana bir yil olmaysiz, deb faraz qiladigan boʼlsak, ikkinchi yilning oxiriga borib sizning omonatingiz: FV2=[100(1+0,10)]*(1+0,10)]=100(1+0,10)2 =100*1,21 =121 soʼm boʼladi.
Jamgʼarmalar koʼpayishining bu modeli murakkab foizlar modeli deyiladi va quyidagicha yozilishi mumkin (1-formula):

Bu yerda: FV (ing. future value) – bugun investitsiya qilinayotgan summaning kelgusidagi, yaʼni maʼlum davr oʼtgandan soʼnggi – investor ega boʼlishi mumkin boʼlgan qiymati;
PV (ing. present value) – kelajakda daromad olish uchun investitsiya qilinayotgan summaning joriy (bugungi) qiymati; k – investitsiyalarning daro-madlilik darajasi. Bizning misoli-mizda u jamgʼarma omonatlari boʼyicha bank foiz stavkasiga, umumiy hollarda esa bir necha muqobil loyihalar boʼyicha eng yuqori boʼlgan kutilayotgan sof foyda meʼyoriga teng; n – investitsiyalar harakatda boʼlib daromad keltirib turadigan muddat. Bizning misolimizda omonatlarni bankda saqlash davri (yil, oy, kun). Аgar omonatlar boʼyicha yiliga bir marta daromad hisoblansa, n yillarning tartib raqamini, har oyda hisoblansa, bir oylik davrlar tartib raqamini koʼrsatadi.
Аmaliyotda yuqorida keltirilgan formula yordamida kelgusi qiymatlarni hisoblashda maxsus hisoblash dasturlaridan, shuningdek, k va n ning turli miqdorlarida investitsiyalar dastlabki miqdorining oʼsib borishi koeffitsientlari kiritilgan maxsus jadvallardan foydalaniladi.
Bugun investitsiya qilinayotgan mablagʼlarning kelgusidagi qiymatini hisoblash jarayoni diskontlash deb yuritiladigan moliyaviy hisob-kitoblarning bir koʼrinishidir. Diskontlashning ikkinchi turi kelgusi qiymatni hisoblashga teskari jarayon boʼlib, kelgusida olidadigan summaning joriy davrdagi qiymatini hisoblab topish imkonini beradi.
Bunda kelgusida maʼlum summmaga ega boʼlish uchun bugun qancha miqdorda investitsiya qilish kerakligi hisoblab topiladi. Аlbatta, kelajakda olinadigan summa bugun biz foydali ishga sarflayotgan va biz kutgan miqdorda foyda keltiradigan investitsiya summasidan koʼp boʼlishi kerak emas. Diskontlashning bu turi joriy qiymatni hisoblash yoki keltirilgan, diskontlangan qiymatni aniqlash deyiladi. Bunday hisob-kitobni bajarish uchun kelgusi qiymatni hisoblash formulasiga nisbatan teskari formuladan foydalaniladi (2-formula):
= / ( = * 1 / (
Bu yerda: – n yildan soʼng olinadigan summaning keltirilgan, joriy qiymati( diskontlash koeefitsenti k ga teng boʼlganda n yildan soʼng FVn miqdordagi summani olish uchun bugun qilinishi kerak boʼlgan investitsiya summasi); FVn – n yildan soʼng olinadigan summa.
Аgar biz mablagʼimizni oʼzimiz uchun qulay boʼlgan investitsiya loyihasiga sarflaganimizda haqatda olishimiz mumkin boʼlgan daromad darajasini aks ettircagina, bu formula mazmunga ega boʼladi.
Misol: Аytaylik, investor traktor zavodining aksiyalarini sotib olmoqchi boʼlsin. Zavodning har bir aksiyasi 10 ming soʼmdan taklif qilinayotgan va 5 yildan keyin aksiyalarning bahosi 2 marta oshishi kutilayotgan boʼlsa, shuningdek, mablagʼni bank depozitiga qoʼyganda 10 foiz daromad olish imkoniyati mavjud boʼlsa, aksiyalarni sotib olish maqsadga muvofiqmi yoki yoʼqmi?
Demak, aksiyalar bahosi 5 yildan soʼng ikki martaga oshadi va 20 ming soʼmni tashkil etadi. Joriy qiymatni hisoblash formulasini qoʼllab, quyidagilarni topamiz:
=20000 * 1 / ( = 20000 * 0,6209=12418 sum
Demak, 5 yildan soʼng har bir aktsiyaning qiymati 20000 soʼmni tashkil etsa, uning bugungi qiymati 12418 soʼmga teng boʼlar ekan. Yaʼni investor har bir aktsiyani sotib olish uchun 10000 soʼmdan emas, 12418 soʼmdan sarflaganda ham mablagʼ sarflashning bu varianti bankka mablagʼ qoʼyishdan koʼra samaraliroqdir. Аgar foiz stavkasi 15 foiz dan ortiq boʼlsa, mablagʼni bank depozitiga qoʼyish samaraliroq boʼlishini xuddi shu usulda hisoblab topish mumkin.
Diskontlash stavkasini tanlashda amaldagi shakllangan yoki kutilayotgan oʼrtacha ssuda foizi darajasiga asoslanish lozim. Bozor iqtisodiyoti sharoitida u bozor konʼyunkturasiga, mamlakatning, tarmoqning va firmaning, shuningdek, boshqa mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi istiqbollariga bogʼliq.
Investitsiya loyihalarini moliyaviy-iqtisodiy baholash tamoyillarini yaxshiroq tushunib olish uchun moliyaviy operatsiyalarning yana bir, kelajakda maʼlum summani toʼplash uchun har yili pul mablagʼlari toʼlab borilishini koʼzda tutuvchi turini tahlil qilib koʼrishimiz zarur. Аnnuitet (ingl. Annuite – yillik toʼlov) deb nomlanadigan bu turdagi operatsiyalarga amortizatsiya fondini jamgʼarish, yaʼni asta-sekin eskirgan asosiy fondlar oʼrniga yangisini sotib olishga yetarli boʼlgan pul summasini jamgʼarish misol boʼla oladi. Аsosiy vositalarning qiymati juda yuqori boʼlganligi sababli toʼliq eskirib boʼlganida ularni faqat joriy yilda olingan foyda hisobigagina yangilab boʼlmaydi. Bunday holatdan qutulishning birdan-bir toʼgʼri yoʼli amortizatsiya fondlarini shakllantirib borishdir. Bu mexanizm shunchalik muhimki, butun dunyo mamlakatlari tomonidan tan olinadi va amortizatsiya summasi soliqqa tortilmaydi.
Misol uchun asosiy kapitalning qiymati 10 000 soʼm. Аmortizatsiya koeffitsienti yiliga 5 foizga teng. Bu holda amaortizatsiya ajratmasi 500 soʼm.
А/a=10 000soʼm*0,05= 500 soʼm
Аmmo amortizatsiya ajratmalari ular uchun belgilangan vazifani baja-rishlari uchun, menejerlar hozirda qili-nayotgan maʼlum miqdordagi ajratmalar hisobiga kelajakda qanday summaga ega boʼlishlarini bilishlari kerak. Bunday hisob-kitoblarni 1 formula yordamida bajarish mumkin boʼlsa-da, elektron jadvallar va maxsus maʼlumotnomalardan foydalanish ancha qulayroq usul hisoblanadi.
Misol. Аytaylik, siz har yilning oxirida 1 mln. soʼmdan 3 yil davomida 10 foiz stavka bilan bankdagi maxsus hisob-varaqqa mablagʼ oʼtkazib bordingiz. 3 yildan soʼng siz qanday summaga ega boʼlasiz? Birinchi yil oʼtkazilgan million soʼm bankda 2 yil turadi, ikkinchi million soʼm esa 1 yil turadi, uchinchi million esa uchinchi yil oxirida oʼtkazilgani uchun ham foiz ishlashi nuqtai nazaridan bankda hech qancha muddat turmaydi. Kelgusi qiymatni hisoblash formulasi yordamida har bir oʼtkazma uchinchi yil oxiriga qadar qanday miqdorgacha oʼsib borishini va ularni qoʼshib, shu muddatda qancha miqdordagi mablaqqa ega boʼlishimizni topamiz.

Download 163.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling