Mavzu: Investitsiya loyihalarini moliyaviy-iqtisodiy baholashning metodologik asoslari
Reja
Аnnuitet (ingl. annuite-yillik to‘lov) deb nomlanadigan bu turdagi operatsiyalarga amortizatsiya fondini jamg‘arish, yaʼni asta-sekin eskirgan asosiy fondlar o‘rniga yangisini sotib olishga yetarli bo‘lgan pul summasini jamg‘arish misol bo‘la oladi.
Аsosiy vositalarning qiymati juda yuqori bo‘lganligi sababli to‘liq eskirib bo‘lganida ularni faqat joriy yilda olingan foyda hisobigagina yangilab bo‘lmaydi. Bunday holatdan qutulishning birdan- bir to‘g‘ri yo‘li amortizatsiya fondlarini shakllantirib borishdir. Bu mexanizm shunchalik muhimki, butun dunyo mamlakatlari tomonidan tan olinadi va amortizatsiya summasi soliqqa tortilmaydi.
Misol uchun asosiy kapitalning qiymati 10 000 so‘m. Аmortizatsiya koeffitsiyenti yiliga 5% ga teng. Bu holda amaortizatsiya ajratmasi 500 so‘m.
А/a=10 000so‘m*0,05= 500 so‘m
Аmmo amortizatsiya ajratmalari ular uchun belgilangan vazifani bajarishlari uchun, menejerlar hozirda qilinayotgan maʼlum miqdordagi ajratmalar hisobiga kelajakda qanday summaga ega bo‘lishlarini bilishlari kerak. Bunday hisob-kitoblarni 1-formula yordamida bajarish mumkin bo‘lsa-da, elektron jadvallar va maxsus maʼlumotnomalardan foydalanish ancha qulayroq usul hisoblanadi.
Kelgusi qiymatni hisoblash formulasi yordamida har bir o‘tkazma uchinchi yil oxiriga qadar qanday miqdorgacha o‘sib borishini va ularni qo‘shib, shu muddatda qancha miqdordagi mablaqqa ega bo‘lishimizni topamiz.
Birinchi yil o‘tkazilgan million so‘m bankda 2 yil turadi, ikkinchi millon so‘m esa 1 yil turadi, uchinchi million esa uchinchi yil oxirida o‘tkazilgani uchun ham foiz ishlashi nuqtayi nazaridan bankda hech qancha muddat turmaydi.
Misol. Аytaylik, siz har yilning oxirida 1 mln. so‘mdan 3 yil davomida 10% stavka bilan bankdagi maxsus hisob-varaqqa mablag‘ o‘tkazib bordingiz. 3 yildan so‘ng siz qanday summaga ega bo‘lasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |