2- jadval Kelgusi davr annuitetini hisoblash
Bunday soddalashtirish natijasida formula quyidagi ko‘rinishni oladi (5-formula):
FVAn = RMTt * FVA1 n, k
FVA1 n,k – foiz daromadi stavkasi k ga teng bo‘lgan sharoitda va n davr mobaynida 1 so‘mlik annuitetning daromad olinadigan har bir davr oxiridagi kelgusi qiymati. U quyidagi formula yordamida aniqlanadi (6- formula):
FVA1 n, k = [ (1+k) n - 1 ] / k4
To‘lovlar hamma davrlar uchun bir xil bo‘lgan bunday annuitet unifikatsiya qilingan (standart) annuitet deb ataladi.
Аnnuitet bo‘yicha summaning o‘sib borishini hisoblashda maxsus jadvallardan foydalanish mumkin. Bunda, avvalo, foiz stavkasi k ga teng bo‘lgan sharoitda bir so‘mning n-yildagi kelgusi qiymati jadvaldan topiladi va so‘ngra topilgan koeffitsiyent pul oqimining yillik summasi (PMT)ga ko‘paytiriladi.
Investitsiya loyihalarini asoslab berish va tahlil qilishning asosini bugun qilinadigan (joriy) xarajatlar bilan kelgusida olinadigan pul tushumlari (pul oqimlari)ni taqqoslash tashkil etadi.
Bu vazifani bajarishga annuitetning joriy qiymatini aniqlashni ko‘zda tutuvchi yondashuv juda yordam beradi. Bu yondashuv asosida bugun qo‘yilgan mablag‘lar kelgusidagi tushumlar bilan qanchalik qoplanishini yetarli darajada aniq hisoblab topish mumkin.
2.Аnnuitetning joriy qiymati
Misol: Аytaylik investitsiya loyihasi kelgusi 3 yilning har bir yili oxirida 1 million so‘mdan pul tushumiga ega bo‘lishni ko‘zda tutsin. Foiz stavkasi yiliga 10% bo‘lgan sharoitda 2-formula va 4-ilovadan foydalanib, bu pul tushmlarining joriy qiymatini aniqlaymiz. Olingan natijalar quyidagi jadvalda keltirilgan.
Investitsiya natijasida bunyod bo‘lgan obyekt necha yil amal qilishiga qaramasdan bu hisoblash usulining mazmuni o‘zgarmaydi. 2-formulaga asoslangan holda bu hisob-kitob quyidagicha o‘tkazildi:
PVA3 =1/(1+0.10) 1+1/(1+0.10)2+1/(1+0.10)3 =2,486
Do'stlaringiz bilan baham: |