Iqtisodiyot va turizm” fakulteti “iqtisodiyot” kafedrasi ishlab chiqarish amaliyotining hisoboti bajaruvchi


”Mirzo Latif Fayz "fermer xo’jaligining tarkibiy tuzilmasi


Download 73.75 Kb.
bet2/5
Sana17.10.2023
Hajmi73.75 Kb.
#1705808
1   2   3   4   5
Bog'liq
amaliyot.farrux

1.”Mirzo Latif Fayz "fermer xo’jaligining tarkibiy tuzilmasi.
“Mirzo Latif Fayz “fermer xo’jaligi
2007-yil 11-fevralda tashkil etilgan.Fermer xo’jaligi rahbari o’sha vaqtda Boltayev Tolibjon . Hozirda esa Boltayev Shuhrat .Fermer xo’jaligi maydoni 34 gektar.Shundan 11.5 g bug’doy, 22.5 g paxta , 0.5 g sabzavot. Fermer xo’jaligida 13 ta fuqaro ish bilan band. Ish yurituvchi Hakimova Gulchehra . Buxgalter Sobirov Odil. 2 ta traktorchi faoliyat yuritadi.
Ishchilar ro’yxati :Rahbar Boltayev Shuhrat
1.Axmedova Nargiza
2.Tolibova Zilola
3.Salohiddinova Mahbuba
4.Aliyev Erkin
5.Yusupov Sunnat
6.Asadova Dilnoza
7.Xudoyqulov O’ktam
8.Maqsudova Maqsuda
9.Murodov Azizbek
10.Jo’rayev Muhammad
11.Fayzullayeva Mahbuba
12. Umedov Akobir


2.”Mirzo Latif Fayz” fermer xo’jaligining asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlari.
Fermer xo’jaligi paxtachilik va g’allachilikka ixtisoslashgan . 2022-yilda 37.6 tonna g’alla topshirilgan.
120 gramm ipak qurti boqilib 277 kg pilla yetishtirildi .
Bu yil har bir gektardan 37 sn paxta hosili olish rejalashtirilgan.Shu vaqtgacha 10 tonna mineral o’g’itlardan foydalanilgan.
Fermer xo’jaligida quyidagi texnikalar mavjud:
2 ta traktor
2 ta pretsep
2 ta kultivator
6 ta borona
1 ta mola
Ishchilarga oylik maosh ish hajmiga qarab 850000 so’mdan 2 mln gacha beriladi.
Shuningdek mavsumiy ishlarga jalb qilingan ishchilarga ham ish haqi to’lanadi.Ipak qurti va g’alla yetishtirishdan qolgan foyda fermer xo’jaligi hisobiga o’z vaqtida (2 hafta ichida) o’tkazilgan.Ipak qurti boqish bilan shug’ullangan ishchilarga ish haqi va har biriga qo’shimcha pul mukofoti(450000 so’m) o’z vaqtida to’langan.
2021-yilda 100 mln sof foyda qolgan .


3. Fermer xo’jaliklarining tashkil etilishi
Mamlakatning iqtisodiy barqarorligi va aholining munosib hayot kechirishini ta’minlashda fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, ularning yer maydonlaridan samarali foydalanish masalasi alohida o‘rin tutadi.
Shu sababli o‘tgan davr mobaynida fermerlik harakati, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni kengaytirish kabi yo‘nalishlarda bir qator islohotlar amalga oshirildi. Natijada fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi asosiy sub’ektlarga aylandi.
O‘tkazilgan islohotlar tufayli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 99 foizidan ortig‘i fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa yer maydonlarida yetishtirilishiga erishildi.
Ayni vaqtda amalga oshirilgan ishlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, ushbu sohada erishilgan yutuqlar bilan birga o‘z yechimini kutib turgan qator muammo va kamchiliklar ham to‘planib qolgan.
Bundan besh yil oldin tashkil etilgan O‘zbekiston fermerlari kengashi fermer xo‘jaliklarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, fermerlik harakatini yanada rivojlantirish yuzasidan o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni yetarli darajada bajara olmadi.
Aholi ixtiyoridagi 480 ming gektardan ortiq tomorqa ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligi past darajada qolmoqda. Ayrim yer egalari ushbu maydonlardan uzoq yillar foydalanmay, qarovsiz holda qoldirgan bo‘lsada, ularning yerga nisbatan munosabatini o‘zgartirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmayotir.
Fermer va dehqon xo‘jaliklarining yer maydonlari hamda tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanish ustidan parlament, vakillik va jamoatchilik nazorati lozim darajada o‘rnatilmagan.
Fermer xo‘jaliklarining qayta ishlash, saqlash, tayyor mahsulotlarni sotish va xizmatlar ko‘rsatish kabi ko‘p tarmoqli faoliyatini yo‘lga qo‘yishda, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlash va ularga xizmat ko‘rsatishda, sohada bozor mexanizmlarini shakllantirishda ham muammolar mavjud.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ana shunday muammolarni hal qilish va 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni ijro etish maqsadida qabul qilindi.
Qayd etish joizki, fermer xo‘jaliklarida mehnat munosabatlarini tashkil etish holati bugungi kun talablariga javob bermaydi, ularning faoliyatida yangi agrotexnologiyalardan foydalanishda bir qator muammolar saqlanib qolmoqda. Shu munosabat bilan, hukumat tomonidan qishloq xo‘jaligi samaradorligi va rentabelligini oshirishda, ayniqsa paxta yig‘im-terimini mexanizatsiyalashtirishda bozor infratuzilmalarini, innovatsiyalarni, fan yutuqlari hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek sohada mehnat munosabatlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

Download 73.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling