Iqtisodiyot va turizm” fakulteti “iqtisodiyot” kafedrasi ishlab chiqarish amaliyotining hisoboti bajaruvchi


Tomchilab sug’orish texnologiyasi


Download 73.75 Kb.
bet5/5
Sana17.10.2023
Hajmi73.75 Kb.
#1705808
1   2   3   4   5
Bog'liq
amaliyot.farrux

5. Tomchilab sug’orish texnologiyasi
Tomchilatib sugʻorish - suvni maxsus quvurlar yordamida bevosita oʻsimliklarning ildizlari atrofiga kichik meʼyorlarda tomizib sugʻorish. Tomchilatish uchun quvurlarda maxsus tomizgichlar — mikrogʻovak devorlar yoki maxsus teshikchalar qilinadi. Suv sarfi, odatda, soatiga 4—5 l atrofida boʻladi. Suv bilan birga eritilgan oʻgʻit va pestitsidlar berish ham mumkin. Sugʻorish quvurlari orasidagi masofa oʻsimliklarning qator oralari oʻlchamiga bogʻliq boʻlib, 0,8 m dan (dala ekinlari uchun) 6 m gacha (bogʻlar uchun) oʻzgarishi mumkin. Uz. esa odatda 200 m dan oshmaydi. Tomizgichlar orasidagi masofa esa tuproq sharoitlariga bogʻlib boʻlib, 0,5—1,0 m atrofida, Tarqatuvchi quvur yopiq usulda joylashtiriladi, sugʻorish quvurlari esa har yili sugʻorish mavsumi oldidan oʻrnatilib, mavsum oxirida yigʻishtirib olinadi. Tomchilatib sugʻorishning afzalliklari: suv sarfini 30—50% ga kamaytiradi, ekinlar hosildorligi ortadi, begona oʻtlar kamayadi (sugʻorish quvurlari oʻrnatilmagan qator oralari quruq boʻlib, begona oʻt chiqmaydi), mehnat sarfi kamayadi.
Tomchilatib sug'orish bilan siz faqat ildiz tizimini namlashni boshlaysiz. Bunday holda, suv o'simlik tomonidan kerakli miqdorda tezda so'riladi va uning o'sishi va rivojlanishiga zarar etkazmasdan yordam beradi.
⠀An'anaviy sug'orish bilan solishtirganda, tomchilardan foydalanganda, tuproqning tabiiy tuzilishi buzilmaydi. Kuchli quyosh nurlari bilan o'simliklar nobud bo'lmaydi, bu barglarga tomchilar tushganda kuzatiladi.
⠀Avtomatlashtirilgan tomchilatib sug'orish tizimi bilan sug'orish insonning minimal aralashuvi bilan amalga oshiriladi. Suv tuproqqa faqat ildiz tizimi yotadigan joylarda kiradi, u har bir o'simlik uchun bir tekis va doimiy ravishda zarur bo'lgan miqdorda yetkazib beriladi.


1-rasm. Tomchilab sugorish
“Mashhura Mavluda Maftuna” fermer xo’jaligida 5 gektar maydonda tomchilab sug’orish yo’lga qo’yilgan.
Xulosa va takliflar
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, amaliyot davrida biz o’quv jarayonida o’rgangan nazariy bilimlarimizni amaliyotdao’z ko’zimiz bilan ko’rish imkoniyatiga ega bo’ldik. Amaliyot davrida bizda amaliyot subyekti haqida boshlang’ich tushunchalar paydo bo’ldi. Kelajakdagi faoliyatimizni tashkillashtirish uchun amaliyot poydevor bo’lib xizmat qiladi.
“Mirzo Latif Fayz ” fermer xo’jaligidagi amaliyot davrida fermer xo’jaligining iqtisodiy tizimini o’rgandim. Fermer xo’jaligida oylik maosh va mavsumiy ish haqi beriladi va ularni hisoblashni o’rgandim.Shuningdek fermer xo’jaligining bank va soliq tizimlari bilan bog’liq masalalari haqida atroflicha tushuntirildi. Fermer xo’jaligida suv va yonilg’i bilan bog’liq iqtisodiy muammolar bor, shularni hal etish bo’yicha izlanish olib borildi.Fermer xo’jaligining 5 ga yer maydonida tomchilab sug’orish texnologiyasi birinchi marta tashkil etilgan.Fermer xo’jaligi bu orqali sifatli paxta yetishtirish va bir qancha xarajatlarni tejamoqchi. Fermer xo’jaligida kelajakda bog’dorchilik va uzumchilik tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Fermer xo’jaliklarni tashkil etish bo’yicha qonun
2. www.lex.uz huquqiy axborot sayti
3. Fermer xo’jaligi iqtisodiyoti TOSHKENT 2016
4 Wikepedia ma’lumotlari



Download 73.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling