Iqtisodiyot va turizm” fakulteti “iqtisodiyot” kafedrasi ishlab chiqarish amaliyotining hisoboti bajaruvchi


Klaster qishloq xo’jaligi sohasida tub burilish


Download 73.75 Kb.
bet3/5
Sana17.10.2023
Hajmi73.75 Kb.
#1705808
1   2   3   4   5
Bog'liq
amaliyot.farrux

3. Klaster qishloq xo’jaligi sohasida tub burilish.
Klasterlar tizimi.
Bu xom-ashyo yetishtirishdan boshlab to qayta ishlangan tayyor mahsulotni isteʼmolchiga yetkazib berishgacha bo‘lgan jarayonlarni qamrab olgan bir butun tizim.
Klaster – bu qo‘shilgan qiymat zanjirining barcha ishtirokchilarini (fermerlar, qayta ishlovchi korxona, eksportyor) bir maqsad sari jamlagan korxonalar guruhi.

Klasterning asosiy maqsad va vazifalari
- Mahsulot yetishtirishda zamonaviy innovatsion texnologiyalarni jalb qilish orqali agrotexnik tadbirlarni yangilash, hosildorlikni bir necha barobar oshirish.
- Mahsulot yetishtiruvchilar tomonidan qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish va yakunda olinadigan tayyor mahsulotlarni eksportga yo‘naltirish.
- Kam xarajat qilib, ko‘p daromad olish. Mahsulot yetishtiruvchilarning moliyaviy xolatini yaxshilash.
- Mahsulot yetishtiruvchilar moddiy-texnik bazasini zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari va uskunalari bilan boyitish. Infratuzilma obyektlarini yangilashdan iborat.
Klaster” fransuzcha so‘z bo‘lib, “bog‘lam”, “guruh”, “to‘planish”, degan maʼnolarni anglatad Porter tomonidan “Davlatlarning raqobatdosh afzalligi” nomli asarida keltirilgan. O‘zbekiston respublikasida klasterlar tizimi 2017-yilda joriy etilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-maydagi “Buxoro viloyatida zamonaviy paxtachilik-to‘qimachilik klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2978-son qarori asosida Buxoro viloyatida “VST cluster” MCHJ QK hamda 2017-yil 15-sentyabrdagi “Sirdaryo viloyatida zamonaviy paxtachilik-to‘qimachilik klasterini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3279-son qarori asosida “Bek cluster” MCHJ QK paxta-to‘qimachilik klasterlari tajriba-sinov tariqasida tashkil etildi. Klaster tizimi yaxshi natija ko‘rsatganidan keyin, mamlakatimiz bo‘ylab turli klasterlar tashkil etildi. Bugungi kunda respublikada paxta-to‘qimachilik, g‘allachilik va meva-sabzavotchilik klasterlarifaoliyat olib bormoqda.

Viloyat bo‘yicha qishloq xo‘jaligi yerining umumiy maydoni 279 913 gektarni tashkil etadi. Umumiy ekin maydoni 204 731 gektardan iborat.


Buxoro viloyatida jami 23 ta agroklaster faoliyat yuritadi. Ulardan 8 tasi paxta-to‘qimachilik (ishlab chiqarish quvvati 331 800 tonna), 8 tasi g‘allachilik (ishlab chiqarish quvvati 21 555 tonna), 5 ta meva-sabzavotchilik (ishlab chiqarish quvvati 20 300 tonna), 2 ta dorivor o‘simliklar klasteri (ishlab chiqarish quvvati 2 tonna). Ularga 104 206 gektar maydon ajratilgan, shundan 11 992 gektar maydon klasterga berilgan bo‘lib, klaster tarkibiga kiruvchi 3 177 ta fermer xo‘jaligi 92 124 gektar yerga egalik qiladi.
Shuningdek, viloyatda 1 ta agrologistika markazi faoliyat olib boradi.
Viloyatda 4883 ta fermer xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatmoqda, shundan 2 764 tasi paxtachilik-g‘allachilik, 948 tasi bag‘dorchilik-uzumchilik, 143 tasi bog‘dorchilik va polizchilik, 14 tasi bog‘dorchilik-g‘allachilik, 974 tasi chorvachilik, 105 tasi esa boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ixtisoslashgan.
Viloyatdagi 780,1 gektar maydon 438 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan issiqxonalar uchun taqsimlangan.
Hozirgi kunda viloyatda 2 772 gektar maydon 196 ta fermer xo‘jaligiga intensiv bog‘lar uchun ajratilgan.
O‘zbekiston aholisining deyarli teng yarmi qishloq joylarda yashaydi. Shu sabab, bevosita sohada faoliyat olib bormasada, qishloq xo‘jaligiga taalluqli bo‘lgan har bir yangilik, o‘zgarish, joriy etilayotgan yangi ish usullari ko‘pchilikni qiziqtirishi tabiiy. Chunki qishloq xo‘jaligi tepadan keladigan topshiriq asosida ekib-terib olinadigan soha, unda ishlaydiganlar ketmon chopishni bilsa bo‘ldi, degan tushunchalar allaqachon o‘tmishda qolgan.
Bugun o‘zgarishlar ko‘lami shu qadar ko‘pki, garchi qishloqda tug‘ilib, qishloqda yashayotgan bo‘lsada, sohada kechayotgan islohotlarni, yangiliklarni to‘liq bilaman, deb maqtanadigan odamni topish qiyin. Umuman, sohaga joriy qilinayotgan yangiliklar fermer va dehqonlarga manfaat keltirmas ekan, uning kelajagi yo‘qligi ayon. Qolaversa, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash eng dolzarb masala bo‘lib turgan bugungi davr, qishloq xo‘jaligiga eng ilg‘or texnologiyalar, suvni tejaydigan biotexnologiyalarni, urug‘chilik, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi yutuqlarni keng joriy etishni talab qilmoqda.
Shunday yangiliklardan biri – klaster tizimining joriy etilishi bo‘ldi. Xo‘sh, klaster o‘zi nima? Bu savolga jaydari tilda javob qaytaradigan bo‘lsak klaster, bu to‘planib ishni amalga oshirishdir. Bir paytlar, “O‘zbekiston jahondagi yetakchi paxta yetishtiradigan mamlakatlardan biri, biroq biz faqat xomashyo sotayapmiz, agar shuni ip-kalavaga, ip-kalavani matoga, matoni tayyor mahsulotga aylantirsak, qancha foyda olishimiz mumkin”, degan gap-so‘zlarni bot-bot eshitardik. Bu qishloq xo‘jaligida faoliyat olib borayotganlarning orzusi edi.
Buning uchun nafaqat qishloq xo‘jaligi sohasini, soha bilan bevosita yoxud bilvosita bog‘liq bo‘lgan to‘qimachilik sanoatidan tortib, qishloq xo‘jalik texnikalarini ishlab chiqarish, urug‘chilik, kimyo sanoati va shunga o‘xshash yana qancha sohalarni isloh qilishga, ularni yangi ish usuliga o‘tkazib, muvofiq ishlashini ta’minlashga to‘g‘ri kelardi. Jahon tajribasi o‘rganib ko‘rildi. Fransiya va Niderlandiyada klaster tizimi o‘z samarasini ko‘rsatgan. Bejizga Niderlandiya qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha dunyoda ilg‘or mamlakatlar qatorida tilga olinmaydi.
Mutaxassislar e’tiroficha, O‘zbekistondagi klaster tizimi butunlay novatorlikka asoslangan o‘ziga xos tizim.
Ko‘zga tashlangan dastlabki yangilik shuki, avvallari fermerlar bevosita “O‘zpaxtasanoat” bilan shartnoma tuzib, ularni paxta tolasi bilan ta’minlab bergan. “O‘zpaxtasanoat”dan esa to‘qimachilik korxonalari paxta sotib olar edi. Endilikda fermer va to‘qimachilik korxonasi o‘rtasida uzviylik paydo bo‘ldi. Klaster tizimi ikkita yo‘nalishda tashkil qilindi. Birinchisi, fermerlar va to‘qimachilik korxonalari o‘rtasida bevosita shartnoma, ikkinchisi, salmog‘i yuqori bo‘lgan to‘qimachilik korxonalari fermerlikni o‘zi shakllantirmoqda.
Sharof Rashidov tumanidagi “Jizzax industrial to‘qima” MChJ paxtachilik klasteri, umumiy 8971 gektar yer maydoniga ega 244 ta fermerlar bilan shartnoma imzolangan.
Qishloq xo‘jaligida klaster tizimining kelajagi porloq, — deydi sohada suyagi qotgan insonlardan biri, tumandagi “Charos Laziz” fermer xo‘jaligining rahbari Hasanboy Umarov. Fermerlarga ham manfaati katta. Oddiygina misol, kimyoviy o‘g‘it masalasida qancha sarson bo‘lardik. Hozir uning nafaqat tannarxi arzon tushayapti, balki dori sepadigan texnika bilan ham klaster ta’minlayapti. Ilgari har bir faoliyat uchun bankdan kredit olib, faoliyat olib borgan bo‘lsak, endi klasterdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, foizsiz mablag‘ olinayapti. Qolaversa, klaster tizimi bir kun yoki bir yilni o‘ylab qilinayotgan tizim emas. Xalqning bebaho boyligi — yer. Uning meorativ holatini yaxshilash, suvni tejash bo‘yicha boshlangan ishlar samarasi kelajakda katta samara berishi aniq. Masalan, birgina bizning fermer xo‘jaligimizda, joriy yilda 15 gektar yerda tomchilab sug‘orish tizimi joriy etildi. Suv 30-40 foizgacha tejalyapti. Eng muhimi, dehqonning qadri ulug‘lanar ekan. Ilgarigidek, tizzagacha suv, loy kechib sug‘orish, degan gap yo‘q. Mutaxassis o‘zi qarab, muruvvatni burab ko‘zdan kechiradi. Bu tizimni butun qishloq xo‘jaligiga joriy qilish uchun fermerlar qancha kredit olishi kerak edi.
Fermer so‘zlariga qaraganda, ko‘pgina fermerlar klaster afzalliklarini anglab yetishdi. Qolaversa, yog‘ zavodini qurish va boshqa istiqbolli loyihalar ham ularni befarq qoldirmayapti. O‘z-o‘zidan tushunarliki, eng ilg‘or ish usuli ham sohani so‘nggi bir necha o‘n yillarda to‘plangan muammolar girdobidan olib chiqishga qodir emas. Buning uchun ham uquv, bilim, yangicha dunyoqarash, peshona teri evaziga qilingan halol mehnat va, albatta, fidoyilik talab qilinadi.
Bugungi kunda viloyatda beshta paxta-to‘qimachilik klasterlari va bitta paxtachilik kooperatsiyasi mavjud. 78,1 ming gektar paxta maydonining 6,2 gektari bevosita klasterlarning o‘ziga, qolgan 71, 9 ming gektari fermer xo‘jaliklari bilan fyuchers shartnomasi asosida ajratib berilgan.



Download 73.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling