Iqtisodiyot va turizm


Download 171.5 Kb.
bet8/9
Sana04.11.2021
Hajmi171.5 Kb.
#170624
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kurs ishi M.Doʻstnazarov yakunlangan

Iste’mol - ishlab chiqarish natijalaridan foydalanish ehtiyojni qondirish jarayonini ifodalaydi.

Iste’mol ikki xil: shaxsiy va ishlab chiqarish iste’moli bo’ladi: birinchidan, tirikchilik kechirish uchun odamlarning o’zlari tomonidan iste’mol qilinadi, ikkinchidan, ishlab chiqarishni davom ettirish uchun ishlab chiqarishning o’zida ishlatiladi.

Iste’mol faoliyat sifatida yakka, guruhiy, umummilliy tarzda yuz beradi. Iste’mol yana qayta mahsulot va xizmatlar yaratishni zarur qilib qo’yadi. Cheksiz ehtiyojni qondirish uzluksiz iqtisodiy faoliyatni talab qiladi. Iqtisodiy faoliyat kishilarning ma’lum bir maqsad yo’lidagi xatti-harakatini bildiradi.

Uning ishtirokchilari ayrim kishilar, korxona, firma, xo’jalik va davlatlar bo’lib, ularni umumiy tarzda iqtisodiy faoliyat sub’ektlari deb ataladi. Ular doimo bir-birlari bilan muntazam aloqada bo’ladilar

Ishlab chiqarish usuli ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish (iqtisodiy) munosabatlarining birligidan iborat. Ishlab chiqarishning shaxsiy va moddiy omillari, ya’ni ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari birgalikda jamiyatning ishlab chiqaruvchikuchlarini tashkil qiladi. Boshqacha aytganda, ishlab chiqaruvchi kuchlar - bu ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida kishilar bilan tabiat o‘rtasidagi bog‘lanishni amalga oshiruvchi shaxsiy va texnik buyumlashgan elementlar tizimidan iborat. Ishlab chiqaruvchi kuchlaring rivojlanish darajasi ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim mezoni va umumiy ko‘rsatkichidir.

Jamiyatdagi ijtimoiy , iqtisodiy va boshqa muammolarni xal qilishning aosiy yo‘li – bu milliy iqtisodiyotning barqaror iqtisodiy o‘sishiga erishishdir. Agar iqtisodiy o‘sish bo‘lmasa, xech qanday jamiyat rivojlana olmaydi, eski iqtisodiy tizim o‘rniga yangisi kelmaydi. Ijtimoiy taraqqiyot (progress) yuz bermaydi.

Iqtisodiy o‘sish nima?

Iqtisodiy o‘sish deganda kishilarning talab – extiyojlarini qondirish uchun zarur bo‘lgan moddiy maxsulot va xizmatlarni , ya'ni barcha noz- ne'matlarni ishlab chiqarishning ko‘payib borishi tushuniladi. Moddiy ne'matlarning o‘sishi tushunchasi nafaqat noz- ne'matlarni, balki ishlab chiqarish vositalarini, ya'ni resurslarning ko‘proq ishlab chiqarish degan ma'noni anglatadi. Chunki o‘sish jamiyat a'zolarining joriy iste'molini qondirish bilangina chegaralanmaydi, balki kelajakda ishlab chiqarishni rivojlantirish orqali bo‘lg‘usi iste'molni qondirish xam mo‘ljallanadi. Ishlab chiqarishf aoliyati jamiyat xayotining birlamchi asosi bo‘lganidan iqtisodiy o‘sish ijtimoiy taraqqiyot uchun moddiy zamin yaratib beradi. Jamiyatdagi o‘zgarishlar (chuqur va sifat) iqtisodiy o‘sish sur'atlariga qarab yuz beradi. Ijtimoiy o‘sish real yalpi milliy maxsulotni (YaMM) axoli jon boshiga nisbiy narxlarda taqsimlash yoki jamiyat yalpi ishlab chiqarish xajmi ko‘rsatkichlarida o‘z aksini topadi. Iqtisodiy o‘sish mikro va makro ko‘lamda yuz beradi. Mikroiqtisodiy o‘sish xo‘jalik bo‘g‘inlari, firma yoki tarmoq doirasidagi o‘sishni, makroiqtisodiy o‘sish esa jamiyat miqyosidagi. Ya'ni mamlakat miqyosidagi o‘sishni bildiradi.

Iqtisodiy o‘sishning xajmini uning ko‘lami va sur'ati ko‘rsatadi. Iqtisodiyo o‘sish ko‘lami yaratilgan tavar va xizmatlar xajmini bildirsa, uning sur'atlari esa, o‘sish tezligini ko‘rsatadi.

Iqtisodiy o‘sishning natijasi jamiyat a'zolarini ta'minlovchi foydali real moddiy ne'matlardir. Aynan ular iqtisodiy o‘sishning xaqiqiy mezonidir.

Ijtimoiy taraqqiyotning oliy mezoni ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti darajasidir. Bu mezonga iqtisodiy o‘sishni aniqlovchi ko‘rsatkichlar muvofiq kelishi kerak. Ular o‘z navbatida statik (statistik ) va dinamik xamda miqdor, sifat ko‘rsatkichlariga egadir.

Iqtisodiy o‘sishning ikki jixati borki, ularni bir –biridan farqlash kerak.

Birinchidan , uning ko‘lami ishlab chiqarish xajmini bildiradi, aniqrog‘i, butun jamityada qancha maxsulotlar va xizmtalar yaratilishi, ularni o‘sishi qanday kishilarda bo‘lishini ko‘rsatadi. O‘sishning ikkinchi tomoni uning sur'atlari bo‘lib, iqtisodiy o‘sishni nisbiy jixatdan ifodalaydi, mutloq o‘sishda emas balki, o‘sish tezligini ko‘rsatadi. U o‘sish tezligi ko‘rsatkichlari bilan ifodalanadi. Iqtisodiy o‘sishning nafaqat miqdoriy, balki sifat me'yori xam mavjud. Shu sababli yaratilgan maxsulot va xizmatdan miqdoriy ko‘payibgina qolmasdan, o‘z sifati jixatidan talab extiyojni qondirishga qodir bo‘lishi talab etiladi.

Iqtisodiy o‘sishga qarab, jamiyatning iqtisodiy axvoliga baxo berish mumkin.

1.Tabiiyresurslarning miqdori va sifati

2. Mexnat resurslarining miqdori va isfati

3. Asosry kapitalning miqdori va tarkibi

4. Texnologiya darajasi

Mazkur omillar ishlab chiqarishning miqdoran o‘sishini ta'minlovchi taklif omillari deb ataladi. Iqtisodiy o‘sish talab va taklif omillariga bog‘liq.

Resurslarning cheklangan bo‘lishi iqtisodiy o‘sishni xam chegaralaydi.

Iqtisodiy o‘sish omillarining ishlab chiqarish taraqqiyotidagi axamiyati xar xil. Masalan: Saudi Arabiston - neft, Yaponiya - ishchi kuchi malakasi. Iqtisodiy o‘sishning ikki turi mavjud: ekstensiv va intensiv.

A) Ekstensiv rivojlanishda iqtisodiy o‘sishga ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan xolda ishlab chiqarish omillari miqdorini o‘sishi xisobiga maxsulot xajmi ortadi.

Masalan: Iqtisodiy o‘sishning bu turi ishlab chiqarish samaradorligiga olib kelmaydi.

B) Intensiv iqtisodiy o‘sish yo‘lida yaratilgan maxsulot va xizmatlar miqdorini ko‘paytirish, sifatini yaxshilash, resurslardan tejamli foydalanish, fan-texnika yutuqlarini tadbiq etish va mexnat unumdorligini oshirish xisobiga amalga oshirish ko‘zda tutiladi.

Bu yo‘l ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligiga uzviy bog‘liq.

Ishlab chiqarishni intensivlashtirish unga jalb etilgan resurslarning xar qaysi birligidan olinadigan samaradorlik pirovad maxsulot miqdori va sifatining o‘sishida o‘z ifodasini topadi. Samaradorlik ishlab chiqarish natijalarini xarajatlarga nisbati bilan aniqlanadi.

Samaradorlik qancha resurs sarflab, qancha va qanday sifatli maxsulotlar va xizmatlar yaratilganini ifodalaydi. Makroiqtisodiyotda ishlab chiqarish samaradorlikga YaMM- pirovad natija bilan o‘lchansa, makroiqtisodiyot miqyosida esa (korxonada) yaratilgan sof maxsulotning yoki fondning maxsulot tannarxiga nisbati bilan aniqlandi.

Garchi iqtisodiy o‘sish samaradorligini intensiv usullar zaminida amalga oshirilganda barqarorlikga erishilsa xam, barqarorlik doimiy tus olmaydi, chunki iqtisodiy o‘sishda uzilishlar xam bir xolatdan ikkinchi xolatga o‘tishlar xam bo‘lib turadi.

Bunday xolat iqtisodiy o‘sishning davriyligi deyiladi.

Iqtisodiyotda iqtisodiy o‘sishning gox tez sur'atda o‘sishi, gox inflyasiya va baxolar darajasining ko‘tarilib borishi, ya'ni barqarorlik xolatlariningyuz berib turishi iqtisodiy o‘sishning sikli deb ataladi.

Sikl iqtisodiyotning davriy ko‘tarilishi va pasayishi xodisalarini o‘z ichiga oladigan, iqtisodning tebranib turishi bilan tasvirlanadigan tebranma davrdir.

Iqtisodiy sikl xozirgi nazariyalarga ko‘ra 4 bosqichdan iborat:

1. O‘sish cho‘qqisi;

2. Pasayish;

3. Turg‘unlik (depressiya);

4. Jonlanish.

Shu bosqichlar ketma-ket yuz beradi.

Jamiyat a'zolarining ishlab chiqarishdagi (bir yillik) faoliyati natijasi - bu yaratilgan barcha maxsulotlar va xizmatlarning majmuidir. U naflik va foydalilik xususiyatlariga ega. Ularning foydali xossalari kishilarning extiyojlarini qondira bilish xususiyati , ega bo‘lsa, foydaliligi naf keltirishdan iboratdir.

Tadbirkorlik faoliyati iqtisodiy faoliyatning ajralmas tarkibiy qismi bo'lib hisoblanadi. Bugungi kunda tadbirkorlik faoliyatining yagona ta’rifi mavjud emas. Bir iqtisodiy manbada keltirilgan ta’rif boshqa bir manbadagi ta’rifga muvofiq kelmasligi mumkin. Hozirgi paytda turli ilmiy-nazariy adabiyotlarda tadbirkorlik faoliyati va biznes xususida, uning yo'nalishlari, tamoyillari, huquqiy-iqtisodiy jihatlari to‘g‘risida ko'plab olimlarning fikrlari, mulohazalari keng o'rin egallamoqda.

Ularda ko‘pincha tadbirkorlik faoliyati va biznes bir xil

tushuncha sifatida talqin qilinmoqda. Haqiqatan ham bozor iqtisodiyoti subyektlari xo‘jalik faoliyatida “tadbirkorlik” va “biznes” tushunchalari bir-biri bilan chambarchas bog'liq bo‘lib, amaliy jihatdan bir-birining o'miga ishlatilishi mumkin. Ammo, “tadbirkorlik” va “biznes” tushunchasini iqtisodiy ta’sir qilish sohalari nuqtai nazaridan qaraganimizda, aynan bir xil tushuncha deb bo‘lmaydi.

Tadbirkorlikning biznesdan asosiy farqi shundaki, tadbirkorlik — bu mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishga ijodkorlik, yangilik yaratish ruhi asosida yondashish bilan bog‘liq faoliyatdir. Biznes esa, unga nisbatan

keng tushuncha boʻlib, umuman, foyda olish nuqtai nazaridan yuritiluvchi faoliyatdir.

Ishlab chiqaruvchi kuchlarning ijtimoiy, umumdavlat maqsadlarida foydalanadigan va nihoyat, jamoa, guruh, xususiy hamda shaxsiy maqsadlarda ishlatiladigan turlari mavjud. Shunga mos ravishda tadbirkorlikning turli-tuman: davlat, jamoa, shaxsiy, xususiy, aralash va boshqa hosila shakllari rivojlanadi.

Tadbirkorlik – bu iqtisodiy faoliyatning alohida turi bo`lib, uning zamirida mustaqil tashabbus, javobgarlik, tadbirkorlik g`oyasiga asoslangan, foyda olishga yo`naltirilgan, maqsadga muvofiq faoliyatdir.

Tadbirkorlik faoliyati - bu xo’jalik faoliyatini (ishlab chiqarish yoki savdo) asosiy turidir. Bu faoliyat turi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi, o’z nomidan va uning xavf-xatariga doimiy asosda, ular tadbirkorlar deb aniqlanadi. Bu faoliyat davlat xuquqiy normalariga rioya qiladi va o’z faoliyati uchun mulkiy javobgarlikni, xamda bozor xo’jaligining alohida sub’ektlarini resurs va kapitallarni eng yaxshi ishlatish yo’li bilan ko’zlangan natijaga etishishni ko’zlaydi.

Tadbirkorlik iqtisodiy faollikning alohida turi bo`lib, uning boshlang`ich bosqichi, odatda, fikrlash faoliyati yoki uning natijasi bilan bog`langan bo`ladi, faqat u keyin moddiy shaklni oladi.

Tadbirkorlik yangilik kiritish, tovar ishlab chiqarish faoliyatini o`zgartirish yoki korxonani (shu jumladan, kichik korxonani) tashkil qilish sohasida ijodkorlikning mavjudligi bilan ta`riflanadi. Tadbirkorlik faoliyatining ijodkorlik jihatlari boshqaruvning yangi tizimda ishlab chiqarishni tashkil qilishning yangi usullari yoki yangi texnologiyalarini tadbiq etishda o`z ifodasini topadi.

Ijodkorlik tadbirkorni ta`riflashda asosiy mezon bo`ladi, ammo u har xil shakllarda namoyon bo`lishi mumkin. Tadbirkor boshqa ijodkor kishilar tomonidan amalga oshirilgan kashfiyotlar, topilmalardan qanday qilib samarali foydalanish mumkinligini biladi. Shu bilan birga, u bu yangiliklardan haridorning qiziqishini uyg`otuvchi yangi, ajoyib narsa ishlab chiqarish sohasida foydalanish yo`llarini topa oladi.

Ammo kashfiyot va yangilik faqat tovar turining yangi tarkibiy qismini yaratishda emas, balki tovar ishlab chiqarishni yangilash jarayoniga jalb qilishni talab qilmaydigan oddiyroq shakllarda ham namoyon bo`ladi. Masalan, u tovar o`ramining yangilanishi, an`anaviy tovarga yangi xususiyatlar va sifatlar berish ko`rinishida namoyon bo`lishi mumkin.

Tadbirkor faoliyatining boshqa tomonlarida ham kashfiyotchilik elementlarini qo`llash mumkin. Masalan, u ishlab chiqarishning, mahsulotni sotishni boshqarishning yangi shakllarini topadi, sheriklik munosabatlarini o`rnatadi, ishlab chiqarishning yangi texnologiyalaridan foydalanadi.

Tadbirkorlikning yana bir muhim xususiyati ishlab chiqarish jarayonida yangi g`oyalarning amalga oshirilishi bozor tomonidan qanday qabul qilinishini oldindan ko`ra bilish qobiliyatida namoyon bo`ladi. Shu jihatdan qaraganda, yangilikni bozorda tatbiq etish va iste`molchining javobini bitta jarayonga birlashtira olish tadbirkor muvaffaqiyatining garovidir.

Iqtisodiyotni rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ijobiy ahamiyatini e`tirof etgan holda, uning ahamiyatini ortiqcha baholab yuborish ham to`g`ri emas. Xususiy tadbirkorlik faqat muayyan doiradagina faollik ko`rsata oladi, shu sababli kichik biznes faoliyatini rivojlantirish uchun kerakli sharoitni yaratish zarur. Buning uchun bizningcha, moliya jamg`armalarini tashkil etish kerak. Bu jamg`armalar tadbirkorlar tijorat banklarida imtiyozli kreditlar olish uchun kafil bo`lishlari, subsidiyalarga, shu jumladan qaytarib berilmaydigan subsidiyalarga (iqtisodiyotning alohida ustuvor sohalaridagi korxonalarni rivojlantirish uchun) manba bo`lib xizmat qilishlari lozim.

O`zbekistonda kichik korxonalarni moliyaviy qo`llab-quvvatlash tizimining takomillashtirilishi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka xizmat ko`rsatadigan banklar, fondlar, investiiyalar va sug`urta tashkilotlarining faoliyatlarini rag`batlantirish yo`nalishida olib borilishi lozim. Xorijiy mamlakatlardagi kabi O`zbekiston Respublikasida ham agar korxona ustuvor davlat dasturida (yangi texnikani yaratish, uzoq hududlarni rivojlantirish va boshqalar) qatnashayotgan bo`lsa, imtiyozli qarzlar olishi mumkin. Bunda foizning eng kam me`yori va qarzni uzishda uzoq muddat berilishi – qarz berishdagi asosiy shartlardandir.

Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni jadal rivojlantirish asosida mulkdorlar sinfini shakllantirish, tegishli institutlar tizimini tashkil etish, kichik va xususiy tadbirkorlik faoliyati sohasiga kredit resurslarini keng jalb qilish va xorijiy sarmoyalar olib kirish uchun maqbul sharoit yaratish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 9 apreldagi «Xususiy tadbirkorlik, kichik va o`rta biznesni rivojlantirishni yanada rag`batlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi Farmoniga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish haqida»gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 30 avgustda PF-3305-sonli Farmoni qabul qilindi.

Kichik korxonalar yirik kompaniyalarga nisbatan ular bozor sharoitiga tez moslashadilar hamda ishlab chiqargan mahsulotlarini bozorda muvaffaqiyatli o`tishini ta`minlashda bir qancha ustunliklarga ega. Chunki, kichik korxonalar o`z faoliyatlarini tor ishlab chiqarish dasturlariga, ilg`or texnologiyaga, kam turkumli ilm-fan talab qiladigan mahsulotlar chiqarishga tezda moslaydilar hamda bozor asoslarini tez o`zlashtirib boradilar.

Mulkchilik shakllariga ko`ra kichik korxonalarning quyidagi turlarini ajratib ko`rsatish mumkin:

1. Davlat mulkiga asoslangan kichik korxonalar.

2. Jamoa mulkiga asoslangan kichik korxonalar.

3. Fuqarolarning mulkiga asoslangan yakka tartibda ishlay-digan kichik korxonalar.

4. Ijara korxonalari.

5. Kichik qo`shma korxonalar

Barcha yangi mustaqil davlatlarda islohotlardan oldingi davrda mulkchilikning davlat shakli ustunlik qilgan. Xo‘jalikning davlat sektorida mehnatkashlar umumiy sonining 4/5 qismi, kooperativlarda 14-15% (bulardan yarimidan ko‘pi mahallalarga), xususiy sektorda 3% ga yaqini band bo‘lgan. Korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish iqtisodiy islohotlarning yetakchi bo‘g‘inidir. Xususiylashtirish natijasida demokratik jamiyatning ijtimoiy zaminini tashkil qiluvchi xususiy mulkchilik qatlami shakllanib bordi.

Tadbirkorlik tushunchasining xozirgi ma’nosida XVII asr oxiri va XVIII asr boshlarida ilk bor ingliz iqtisodchisi Richard Kantilon qo‘llagan edi. Uning fikricha, tadbirkor tavakkalchilik sharoitida faoliyat yurituvchi kishidir. Shu boisdan u er va mehnat omilini iqtisodiy farovonlikni belgilab beruvchi boylik manbai deb bilgan. Keyinchalik, XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshida mashhur fransuz iqtisodchisi J.B. Sey (1767-1832) «Siyosiy iqtisod risolasi» kitobida (1803y.) tadbirkorlik faoliyatini ishlab chiqarishning uch mumtoz omillari – er, kapital, mehnatning yaxlitligi deb ta’riflagan edi U Angliya sanoatining muvaffaqiyatini «ingliz tadbirkorlari iste’dodi» ta’minlaganligini ta’kidlagan edi. J.B. Seyning asosiy tezisida mahsulot ishlab chiqarishda tadbirkorlar asosiy faoliyat yuritadi deyiladi. J.B. Seyning fikricha, tadbirkor olgan daromad uning mehnati, ishlab chiqarishni tashkil etganligi, mahsulotni o‘z vaqtida sotganligi uchun berilgan mukofotdir. Tadbirkor tavakkal qilib, biror-bir mahsulotni ishlab chiqarishni o‘z bo‘yniga oladi. Qayd etish lozimki, iqtisodiyot fanining asoschilari tadbirkorlik shakliga kam e’tibor berganlar. Tadbirkorlik faoliyati ularning ilmiy – tadqiqot ishlarining tahlil ob’ekti bo‘lmagan. Ingliz iqtisodchi olimlari A. Smit (1723- 1790) va D. Rikardo (1772-1823) iqtisodiyotni o‘z-o‘zini muvofiqlashtiruvchi mexanizm deb qabul qilganlar. Ushbu mexanizmda ijodiy tadbirkorlikka o‘rin yo‘q edi. «Xalqlar boyliklarining mohiyati va sabablarini tadqiq etish» (1776 y.) kitobida A. Smit tadbirkor ta’rifiga alohida e’tibor bergan edi. A. Smitning fikricha, tadbirkor – kapital egasi. U muayyan tijorat g‘oyasini amalga oshirib, daromad olish uchun tavakkalchilik bilan ish boshlaydi, chunki kapitalni biror-bir ishga sarflash doimo tavakkalchilik bilan bog‘liqdir. Tadbirkorlikdan olingan daromad, A. Smitning fikricha, shaxsiy tavakkalchilik uchun olingan mukofot. Tadbirkor ishlab chiqarishni o‘zi rejalashtiradi, tashkil etadi, ishlab chiqarish faoliyati natijalariga egalik qiladi.



Xulosa
Iqtisodiyot nazariyasi — umumiqtisodiy fan, lining predmeti kishilar iqtisodiy xatti-harakatining shart-sharoiti va qonun-qoidalaridir.

Mazkur fanning metodologik tamoyillari quyidagicha: iqtisodiyotni tizim sifatida o‘rganish, unga noiqtisodiy omillar va tabiiy shart-sharoit, texnologik o'zgarishlar ta'sirini nazarda tutish; iqtisodiyotni statistikada emas, balki dinamikada o'rganishdir.Bu fanda iqtisodiy hodisalarni kuzatish, abstraksiyalash orqali nazariy xulosa chiqarish, nazariy modellar yaratish, pozitiv va normativ usullarni qoMlash, miqdoriy va sifatli tahlilni birlashtirish, oddiy hodisalardan murakkab hodisalarni o‘rganishga o‘tish, iqtisodiyotni uning turli darajalarida o'rganish kabi usullar ishlatiladi. Bu fan o ‘z predmetini o'rganishda qonun va kategoriyalarni qo'llaydiki, bular umumiqtisodiy va ayrim tizimlarga xos bo‘ladi.

Bu fanning funksiyalari iqtisodiy hodisalarni idrok etish, kishilarga iqtisodiy bilim berish, boshqa iqtisodiy fanlarga nazariy asos bo‘lish, iqtisodiy siyosatga oid amaliy tavsiyalar berishdan iborat.

Iqtisodiyot ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi, ehtiyoj esa kishilarning yashashi va inson sifatida kamol topishi uchun zarur bo'lgan noz-ne’matlar majmuasidir. Ehtiyojlar miqdoran o‘sadi va tarkiban yangilanadi.

Iqtisodiy faoliyat mahsulot va xizmatlarni yaratish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilinishini bildiradi. Ishlab chiqarish iqtisodiyotning asosi, u moddiy va nomoddiy ishlab chiqarishdan iborat. Ayirboshlash barter va oldi-sotdi shakliga ega bo‘ladi. Yaratilgan ne’matlar taqsimlash orqali iste’molga keladi. Iste’mol iqtisodiyotni yakunlaydi, bu natural va tovar iste’moli, xususiy va ishlab chiqarish, individual va birgalikdagi iste’mol shakliga ega.

Iqtisodiy resurslar moddiy, insoniy va informatsion resurslardan iborat. Ehtiyojlarning cheksizligi va resurslarning yetishmasligi oVasida nomuvofiqlik bor, bu esa muqobil iqtisodiy tanlov vositasida bartaraf etiladi. Tanlov chog'ida kishilar cheklangan resurslami eng foydali faoliyatga yo‘llaydilar, ya’ni resurslarni tejash hisobidan ehtiyojni to‘laroq qondiradilar.

Ishlab chiqarish omillari yaxlitlikda amal qiladi. ularning birikishi natijasida mahsulot va xizmatlarning yaratilishi yuz beradi. Mahsulotlar va xizmatlar natural va tovar shakliga ega bo'ladi. Bular pirovard ishlatilishiga qarab iste’mol buyumlaridan va moddiy resurslardan iborat bo'ladi.

Ishlab chiqarish doimo takrorlanib va yangilanib turadi. Tak￾ror ishlab chiqarish oddiy, kengaytirilgan va toraygan bo‘ladi.

Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish milliy boylikni ko'paytirish sharti hisoblanadi. Milliy boylik tarkiban moddiy, tabiiy va intellektual boylikdan, bir avlodga va bir necha avlodga xizmat qiluvchi boylikdan iborat. Boylik qanchalik ko‘p bo'lsa, iqtisodiy salohiyat ham shunchalik kuchli bo'ladi. Salohiyat ishlab chiqarish imkoniyatlari bo'lib, bu erishilgan va istiqboldagi salohiyatlardan iboratdir.


Download 171.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling