Iqtisodiyot xavfsizlik


Download 79.33 Kb.
bet1/7
Sana20.12.2022
Hajmi79.33 Kb.
#1037549
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
КУСР ИШИ Дилмуродов Улуғбек Зоҳид ўғли ИХ 50 2 гуруҳ талабаси


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
SIRTQI BO’LIM FAKULTETI
IQTISODIYOT XAVFSIZLIK YO’NALISHI
IQTISODIYOT XAVFSIZLIK” fanidan


KURS ISHI
MAVZU: Mamlakat iqtisodiy manfaatlarini ximoya qilish.
Bajardi: Dilmurodov Ulug’bek Zohid o’g’li
Guruh: IX 50-2
Tekshirdi: Xasanxonova Nodira



RO‘YXATGA OLINDI
__________________________(imzo)_____________'>____” _______2021 y.
__________________




RO‘YXATGA OLINDI
____” _______2021 y.
__________________

Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana
____” _______2021 y.




Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan sana
____” _______2021 y.

Kurs ishi himoya qilingan sana
____” _______2021 y.


Baho “_____” _________



___________
(imzo)
____________
(imzo)
___________
(imzo)

Komissiya a’zolari:
__________________


__________________


__________________




TOSHKENT – 2021
Reja:
Kirish.
1. Маmlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash.
2. YeOllga kirish yo‘lida milliy manfaatlarni himoyalash va xavfsizlikni ta’minlash yo‘llari.
3. Mintaqa iqtisodiy xavfsizlik holatini monitoring qilishning asosiy shakl va usullari.
4. O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo’nalishlari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish

Iqtisodiy xavfsizlik – iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. U iqtisodiyotning barqaror iqtisodiy o’sish ta’minlangan, ijtimoiy ehtiyojlar optimal darajada qondirilgan, ratsional boshqarish amalga oshirilgan, milliy va xalqaro darajalarda iqtisodiy manfaatlarning himoyalangandagi holatini ifodalaydi.
Iqtisodiy xavfsizlik milliy xavfsizlikning muhim tarkibiy qismi, uning moddiy asosi bo’lib hisoblanadi. Iqtisodiy xavfsizlik iqtisodiy kategoriya sifatida davlatchilik shakllangan hamda jamiyat o’z manfaatlarini anglab yetgan davrlardan paydo bo’la boshlagan.
Iqtisodiy xavfsizlik o’zining ob’ekt va sub’ektlariga ega bo’lib, uning ob’ekti deganda mamlakatning iqtisodiy tizimi hamda uni tashkil etuvchi elementlari tushuniladi.
Iqtisodiy xavfsizlik obektlariga quyidagilar kiradi:
- tabiiy boyliklar;
- inson resurslari, mehnatga layoqatli aholi;
- ishlab chiqarish fondlari;
- ko’chmas mulk;
- moliyaviy resurslar;
- xo’jalik tizimlari;
- mintaqalar;
- oila;
- inson.
Iqtisodiy xavfsizlik subektlari quyidagilardan iborat:
- funksional va tarmoq vazirliklari hamda idoralari;
- soliq xizmatlari;
- bojxona xizmatlari;
- banklar;
- birjalar;
- sug’urta kompaniyalari;
- qonun chiqaruvchi organlarning tegishli qo’mita va komissiyalari;
- mahsulot ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar, ish va xizmatlar ko’rsatuvchilar;
- iste’molchilar jamiyatlari.
Iqtisodiy xavfsizlikning quyidagi turlari mavjud:
- ishlab – chiqarish –texnologik sohalardagi xavfsizlik;
- sanoat sohasidagi xavfsizlik;
- oziq-ovqat xavfsizligi;
- demografik xavfsizlik;
- moliyaviy xavfsizlik;
- axborot xavfsizligi;
- tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi xavfsizlik va h.k.
Iqtisodiy xavfsizlikning quyidagi indikatorlari ajratib ko’rsatiladi:
- yalpi ichki mahsulot hajmining o’sishi;
- aholining turmush darajasi va sifati;
- inflyatsiya darajasi;
- ishsizlik darajasi;
- iqtisodiyot tarkibi;
- davlat qarzi;
- jamiyatning mulkiy tabaqalanishi;
- iqtisodiyot va jamiyatning kriminallashuvi;
- ishlab chiqarishning texnik va texnologik holati;
- raqobatbardoshlik;
- importga bog’langanlik;
- xufiyona iqtisodiy faoliyat miqyosi;
- oltin valyuta zahiralari.
Iqtisodiy xavfsizlikni mezonlarga asoslangan holda o’rganish deganda, iqtisodiyot holatini umumlashtirilgan holda, ya’ni resurs salohiyati va uning rivojlanish imkoniyatlari, resurslardan foydalanish samaradorligi darajasi, raqobatbardoshligi va hokazolarni baholash tushuniladi. Iqtisodiy xavfsizlik milliy xavfsizlikning muhim tarkibiy qismi bo’lganligi bois ham uni ta’minlash muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash mamlakatning har sohasida yuksalishini asosiy shartlaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Mutaxassislarning fikricha, “ushbu dolzarb masalada yengil fikrlash yoki muqarrar
xavfga bepisandlik bilan qarash, uni kamaytirib ko’rsatish qanday oqibatlarga olib
kelganligi haqida tarixdan istalgancha misollar keltirish mumkin”
Iqtisodiy xavfsizlik davlat xavfsizligi tizimidagi muhim yo’nalish bo’lib,
mamlakat mudofaa qobiliyatini ta’minlash, jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni saqlash, ekologik halokatlardan himoya qilish kabi yo’nalishlar bilan bir qatorda turadi. Mana shu yo’nalishlar bir – birini to’ldirib turadi va bir-biri bilan uzviy bog’liqdir. CHunki, mamlakat iqtisodiyoti baquvvat bo’lmasa, u barqaror rivojlanmasa, ushbu mamlakatning mudofaa qobiliyatini ta’minlash mushkul bo’lib qoladi. Ayni paytda, mamlakatda ijtimoiy barqarorlik ta’minlanmas ekan, uning mudofaa qobiliyati ham mustahkam bo’lmaydi va iqtisodiyoti samarali rivojlanmaydi.
Iqtisodiy xavfsizlik tushunchasining mazmun va mohiyatini yoritib berishdan oldin milliy xavfsizlik tushunchasiga to’xtalib o’tish kerak bo’ladi. Milliy xavfsizlik manfaatlarni himoyalashning umumiy shakli sifatida manfaat va ehtiyojlarni qondirish, moddiy, ma’naviy, umuminsoniy qadriyatlardan bahramand bo’lish va farovonlikka intilish to’g’risidagi barcha tasavvurlarni ifodalaydi. Mamlakatning milliy xavfsizligi uning milliy manfaatlarini turli siyosiy, harbiy, iqtisodiy, ekologik, g’oyaviy va boshqa omillar ta’siri va tahdidlardan himoya qilishga yo’naltiriladi. SHuning uchun ham milliy xavfsizlik tarkibi murakkab tuzilishga ega bo’lib, siyosiy, harbiy, iqtisodiy, ekologik, g’oyaviy, mafkuraviy, axborot xavfsizligini o’z ichiga oladi.
“Iqtisodiy xavfsizlik" tushunchasini aniqlash muammosi milliy davlat manfaatlarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi bilan bir vaqtda yuzaga kelgan. Har qanday davlat tarixida bu muammo kuchli yoki orqa fonda mavjud bo‘lgan. D. Baldvin fikriga ko‘ra xavfsizlik sohasidagi sa‘y-harakatlarning ko‘pi xavfsizlik kontseptsiyasini ishlab chiqish bilan bog‘liq bo‘lib, ularni davlat darajasida yangi dasturlarni ishlab chiqish va mavjud dasturlarni qayta ko‘rib chiqish lozim. Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘pincha bunday dasturlarda birinchi navbatda inson huquqlari, iqtisodiyot, atrof-muhit, giyohvand moddalar savdosi, epidemiya, jinoyatchilik yoki ijtimoiy adolatsizlik kabi mavzularga ustuvor ahamiyat beriladi.
Xorijiy davlatlarning iqtisodiy xavfsizligi tushunchalarini har bir mamlakatning iqtisodiy xavfsizligi nuqtai nazaridan o‘ziga xos shart-sharoit va xususiyatlardan kelib chiqib tayorlanadi, chunki har bir davlat o‘ziga xos iqtisodiyotga ega. Shu jihatdan endi AQSh va Fransiya davlatlari tajribalariga nazar solsak Amerika Qo‘shma Shtatlarida federal darajada (uy xo‘jaliklari va jismoniy shaxslar darajasidan farqli o‘laroq) "iqtisodiy xavfsizlik" tushunchasi deyarli mavjud emas edi. 1958 yilda Amerika Qo‘shma Shtatlarida "Milliy manfaatlarni amalga oshirish maqsadida beriladigan ta‘lim to‘g‘risida" qonun qabul qilindi, bu iqtisodiy xavfsizlikka oid birinchi hujjatlardan biri bo‘ldi. XX asrning 70-yillarida ikkita yirik dunyo tizimlarining (kapitalistik va sotsialistik) qarama-qarshiligi davrida milliy xavfsizlikni ta‘minlash maqsadida raqobatchilarning iqtisodiy ahvoliga faol ta‘sir ko‘rsatadigan geosiyosat va diplomatiya institutlari shakllantirildi.
Bularga quyidagilar kiradi:hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor tarmoq dasturlarini shakllantirish;
sub‘ektlar o‘rtasidagi tafovutlarni kamaytirish;
integratsiya jatumanlari rivojlanishini rag‘batlantirish;
hududlarni moliyalashtirish, subsidiyalar orqali davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash.
Bundan tashqari bu soha rivoji uchun D.Nanto, B.G.Buzanlar ham o‘z hissalarini qo‘shganlar.
Fransiyada iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashning asosiy mexanizmlarini belgilovchi asosiy hujjat 1964 yilda qabul qilingan “Milliy xavfsizlik to‘g‘risida”gi qonundir. Unga ko‘ra Fransiyada iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash uchun qarorlar qabul qilishda quyidagi mezonlar qo‘llaniladi: uy xo‘jaliklarining iqtisodiy rivojlanish darajasidagi nomutanosibliklarni bartaraf etish; iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida ortiqcha ekzogen omillarga qaramlikning oldini olish.
Milliy iqtisodiy xavfsizlik muammolarini tushunishda institutsionalistlar tomonidan taklif qilingan eng muhim kontseptsiya soya iqtisodiyoti mutaxassisi Peru iqtisodchisi Hernando de Soto nomi bilan bog‘liq.
1989 yilda E. de Sotoning "Boshqa yo‘l" mashhur monografiyasi nashr etilishidan oldin, huquqiy sektor zamonaviy iqtisodiy madaniyatning asoschisi, soyali sektor esa iqtisodiy rivojlanish uchun tormoz bo‘lgan, deb ishonilgan edi. Aslida, perualik iqtisodchining ta‘kidlashicha, ko‘plab mamlakatlarning huquqiy iqtisodiyoti merkantilistik aloqalar bilan bog‘langan, soyali ishchilar esa o‘zlarining shaxsiy iqtisodiyotlarini erkin raqobat tamoyillari asosida tashkil etib, demokratik iqtisodiy tartib o‘rnatadilar.
Merkantilizm Evropada XVI - XVII asrlarda hukmronlik qilgan iqtisodiy siyosat turi sifatida “siyosiylashgan iqtisodiy tizim bo‘lib, unda tadbirkorlarning xatti-harakatlari batafsil tartibga solinishi kerak edi. Davlat iste‘molchilarga nima ishlab chiqarilishi kerakligini hal qilishga ruxsat bermadi; u o‘zi ma‘qul deb bilgan iqtisodiy faoliyat turlarini ajratib olish va rivojlantirish, unga nomaqbul tuyulgan narsalarni taqiqlash yoki bostirish huquqini o‘zida saqlab qoldi ”. Bu "oliy donolik" ga bo‘lgan ishonch rivojlangan mamlakatlarda hukumat amaldorlari allaqachon yo‘qolgan. Biroq, zamonaviy bozor iqtisodiyotining chekkasida merkantilistik siyosat odatiy bo‘lib qolmoqda. Aynan ushbu merkantilistik siyosat ma‘muriy to‘siqlarni keltirib chiqaradi - tadbirkorlik faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazish va amalga oshirishni tartibga soluvchi samarasiz qoidalar, bu tadbirkordan ko‘p vaqt va pul talab qiladi.
Xitoy dunyoning 170 dan ortiq mamlakatlari bilan ham siyosiy, ham
iqtisodiy, ham madaniy aloqalarni faol olib bormoqda. Oxirgi 30 yil ichida, ya‘ni 1978 yildan so‘nggi davrda, Xitoy iqtisodi va siyosatida muhim o‘zgarishlar yuz berdi. 1979 – yildagi mamlakatda boshlangan iqtisodiy islohotlar jatumani bugungi kunga kelib Xitoyni yuksak darajaga chiqishga asosiy sabab bo‘ldi. Bu quyidagi islohotlar:
Birinchidan: Xitoy sotsialistik tizimni saqlab qolgan holda, bozor iqtisodiyotidan foydalanib kelmoqda. Bu bosqichda asosan rejali, markazlashgan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tish va mulkchilikning turli shakllarini tashkil etish orqali keyingi bosqichga zamin yaratildi va shu bilan birga xususiy korxonalarni ochish, ochiq iqtisodiy zonalarni barpo qilish hamda mamlakatda ko’p qirrali iqtisodiyotni shakllantirishdan iborat. Shu bilan birga, islohotlarning asosiy yo‘nalishlari, eng birinchi navbatda qishloq xo‘jaligi sohasi qilib belgilandi va alohida e‘tibor qaratigan.
Ikkinchidan: Mamlakatda tashkil etilgan xo‘jalik yuritish tizimini shakllantirishda va sanoatlantirish siyosatini amalga oshirishda zamonaviy texnika va texnologiyalardan mohirlik bilan foydalanmoqda. Bu bosqich o‘z navbatida ikki davrdan iborat bo‘lib ular 1984 – 1988 yillar va 1988 – 1991 yillarni qamrab oladi.
Uchinchidan: 1979 – yilda e‘lon qilingan Ochiq eshiklar ― siyosati mamlakatni butun dunyoga tanitib, xorijiy sarmoyalar jalb qilishga xizmat qilmoqda.


Download 79.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling