Iqtisodiyot xavfsizlik


Iqtisodiy xavfsizlikning asosiy shakl va usullari


Download 79.33 Kb.
bet4/7
Sana20.12.2022
Hajmi79.33 Kb.
#1037549
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
КУСР ИШИ Дилмуродов Улуғбек Зоҳид ўғли ИХ 50 2 гуруҳ талабаси

3. Iqtisodiy xavfsizlikning asosiy shakl va usullari.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida xususiy mulkchilik va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli muhofaza qilish kafolatlarini kuchaytirish, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish istagini bildirgan aholi vakillariga har tomonlama ko‘mak berish bo‘yicha dolzarb vazifalar belgilangan. Bu borada xususiylashtirilgan davlat mulki negizida xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosatini yangi sifat darajasiga ko‘tarish, xususiylashtirilgan tadbirkorlik sub’ektlarini samarali qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyatga egadir.
«O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi», deb yozilgan «O‘zbekiston Respublikasining mulk to‘g‘risidagi qonuni»da fuqarolarning mulkdor bo‘lish huquqi kafolatlanadi, hamma shakldagi mulklarning tengligi, mulk daxlsizligini davlat ta’minlashi, mulk rivojiga to‘sqinlik qilish man etilishi qayd etilgan. Bu qonunga ko‘ra, mulkdor o‘z mulkini ruxsat etilgan hamma sohada ishlatishga haqli, xorijiy mulk ham davlat himoyasiga olinadi.
Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti turli mulk shakllariga tayangan holda rivojlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasida shunday deyiladi: «Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi.
Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin».

Mamlakatimizda xususiy mulk ikki ko‘rinishda – yakka (individual) xususiy mulk va korporativ, ya’ni mulk egalarining sherikchiligi asosida rivojlanmoqda. Xususiy mulk sohibi mulkka nisbatan o‘z huquqlarini xususiy tarzda amalga oshiradi. Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir. Davlat xususiy mulkning but saqlanishini ta’minlash va uning ko‘paytirilishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratadi.


O‘zbekistonda xususiy mulkning vujudga kelishining muhim manbai fuqarolarning davlat mulkini xususiylashtirishda ishtirok etishidir.
Amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy negizini mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va uni xususiylashtirish tashkil etadi. Xususiylashtirishni strategik vazifalari Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan dastlab «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li», «O‘zbekiston – bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li» asarlarida hamda «O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida» nomli asarida hamda boshqa asarlarida juda keng asoslab berilgan.
O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga yondashuvning muhim xususiyati – uni dasturlar asosida bosqichma-bosqich amalga oshirishdan iborat bo‘lganligi hisoblanadi.
Umuman olganda xususiylashtirishning o‘tgan bosqichlarida respublika iqtisodiyotining barcha tarmoqlari va sohalarida xususiy mulkchilikka asoslangan yangi toifadagi korxonalar shakllandi va faoliyat yurita boshladi.
Iqtisodiyotda nodavlat sektorining shakllanishida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarining ta’siri ahamiyatli bo‘ldi. Bu boradagi islohotlarning maqsadga yo‘naltirilganligi, har tomonlama asoslanganligi va izchilligini ta’minlash maqsadida hukumat darajasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi ishlab chiqilib, iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarida bosqichma-bosqich amalga oshirildi.

Mamlakatimizda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning yuqori natijalarga erishishida hukumat tomonidan bu jarayonlarning quyidagi o‘ziga xos jihatlarini belgilab olinishi ahamiyatli ta’sir ko‘rsatdi:


– mazkur jarayonlarning asosiy maqsad va vazifalarini aniq belgilab olish;
– mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning asosiy tamoyillarini ishlab chiqish va ularga amal qilish;
– mamlakatning o‘ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy, demografik, madaniy-ruhiy xususiyatlarini e’tiborga olish;
– xususiylashtirish jarayonlarini maxsus me’yoriy-huquqiy asoslar bilan ta’minlash;
– har bir alohida holat uchun xususiylashtirishning eng maqbul usullarini tanlab olish;
– mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish va hokazo. Qayd etilgan jihatlarning to‘liq e’tiborga olinishi xususiylashtirishda ahamiyatli ko‘rsatkichlarga erishilishini ta’minladi. Respublikamizda 1994-2016 yillar mobaynida 32736 ta davlat korxonalari va ob’ektlari xususiylashtirildi. Birgina 2000-2016 yillar mobaynida esa 10194 ta davlat tasarrufidagi korxona va ob’ektlar xususiylashtirilib, ular asosida 600dan ortiq aksionerlik jamiyatlari, 1200dan ortiq mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, 5000dan ortiq xususiy korxonalar tashkil etildi. Bu davrda xususiylashtirishdan tushgan pul mablag‘lari hajmi 1138,0 mlrd. so‘mdan oshib ketdi.
Islohotlar muvaffaqiyatini ta’minlashning muhim jihati shunda ediki, mazkur mablag‘larning barchasi yana korxonalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni texnik jihatdan qayta qurollantirish va modernizatsiyalash, ishlab chiqarish infratuzilmasini takomillashtirish kabi tadbirlarga yo‘naltirildi.

Mustaqillik yillarida xususiylashtirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida ko‘pgina tarmoqlar, xususan qishloq xo‘jaligi, savdo, xizmat ko‘rsatishning barcha turlari mulkdorlar ixtiyoriga to‘liq berildi. To‘qimachilik, oziq-ovqat, farmatsevtika, mebelsozlik, charm-poyabzal ishlab chiqarish sanoati hamda uy-joy sektorida davlat ulushi keskin kamaytirildi. 2017 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, ro‘yxatga olingan korxonalarning umumiy sonida nodavlat mulk korxonalarining ulushi 86,5 foizga yetdi. Shundan 27,5 foizini xususiy korxonalar, 1,8 foizini chet el sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar, 57,2 foizini boshqa mulkchilik shakllaridagi korxonalar tashkil etdi.


Agar 1990 yilda YaIMning 38,1 foizi nodavlat sektorida ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1998 yilda 67,7, 2005 yilda 77,8, 2016 yilda esa 81,3 foizni tashkil etdi.
2017 yil ma’lumotlariga ko‘ra, barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlari mamlakat yalpi ichki mahsuloti 5,5 foizni tashkil etdi, eksport hajmi qariyb 15 foiz ko‘paydi, tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 854 million AQSh dollariga yetdi, 336 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Aholi uchun arzon va sifatli barcha qulayliklarga ega bo‘lgan 200 ming kvadrat metrdan ziyod ko‘p qavatli uy-joylar qurib foydalanishga topshirildi. Mamlakatimizda 12 ta erkin iqtisodiy va 45 ta sanoat zonasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi va bu tashkiliy choralar hududlarni jadal rivojlantirish imkonini bermoqda.
Mamlakatimizda YaIM o‘sish sur’atlari barqarorligining ta’minlanishi iqtisodiyotimizda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarining izchil va samarali olib borilayotganligidan dalolat beradi.
Natijada O‘zbekiston iqtisodiyotida nodavlat sektori salmoqli ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Agar 1990 yilda respublika YaIM umumiy hajmining atigi 38,1 foizi iqtisodiyotning nodavlat sektorida ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1998 yilda 67,7 foizni, 2006 yilda 77,8 foizni, 2008 yilda 79,4 foizni, 2009 yilda 81,3 foizni, 2010 yilda 81,7 foizni, 2011 yilda 82,5 foizni, 2014 yilda 82,9 foiz, 2015 yilda 82.9 foizni, 2016 yilda esa 81,3 foizni tashkil etdi. Ayniqsa qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqarish hajmi va chakana savdo aylanmasi eng yuqori salmoq – 99,9 foizga yetdi.
Tadbirkorlik, o‘rta va kichik biznesga keng yo‘l berilgani natijacida mamlakatimizda 1996 yildan boshlab iqtisodiy o‘sish ta’minlanib, uning sur’atlari 2001-2003 yillarda o‘rtacha 4 foizdan, 2004-2006 yillarda 7 foizdan, 2007 yildan buyon o‘rtacha 8 foizdan yuqori bo‘lib kelmoqda.
Ma’lumki, yurtimizda xususiylashtirish jarayoni mulkni haqiqiy mulkdorlarga berish, iqtisodiy munosabatlarni tubdan o‘zgarish uchun real shart-sharoitni yaratish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, iqtisodiyotda ko‘p ukladlikni hamda raqobat muhitini shakllantirish orqali davlatning mulkka bo‘lgan monopol huquqini tugatish, turli mulkchilik shaklidagi korxonalarni barpo etishdek strategik vazifalarni bajarishga qaratilgan.
Umuman olganda, xususiylashtirish masalasi davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib, mazkur sohadagi normativ-huquqiy bazani muntazam ravishda takomillashtirishga, to‘plangan amaliy tajribani boyitishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda, bu o‘z navbatida samarali natijalarni bermoqda. Jumladan, davlat aktivlarini xususiylashtirishda narxni pasaytirishning yangi mexanizmlari tatbiq etila boshlandi. Bunda, ular bahosini 50 foizgacha, oyiga 10 foizdan pasaytirish mexanizmi joriy etildi. Bu tadbirkorlik sub’ektlarining xususiylashtirish dasturlariga kiritilgan davlat korxona va ob’ektlarini sotib olishga qiziqtirmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri bu investor uchun yaratilgan turli imtiyozlardir. Masalan, ayrim davlat mulkidan ijara asosida foydalanayotgan hamda o‘z majburiyatlarini talab darajasida bajarayotgan tadbirkorlarga mazkur mulkni sotib olishda ustunlik huquqlari berilgan. Ushbu qulayliklar va yengilliklar xususiylashtirish dasturlari ijrosining ta’minlashda o‘z samarasini bermoqda.Iqtisodiy xavfsizlik diagnostikasi va monitoring.
Iqtisodiy xavfsizlikni diagnostika qilish va monitoring qilish tizimini tashkil etish davlatning eng muhim vazifasidir. Iqtisodiy xavfsizlikni diagnostika qilish - bu mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni iqtisodiy xavfsizlik nuqtai nazaridan va iqtisodiy sohadagi milliy manfaatlariga tahdid darajasini baholash. Iqtisodiy xavfsizlik diagnostikasi quyidagi savollarga javob berishi kerak: iqtisodiyotning qaysi sohalari xavfli xolatda? Ushbu xavfli xolatlarni oldini olish muammosining chuqurligi qanday? Iqtisodiyotning milliy manfaatlariga tahdidlar qaerda va qaysi ko'rsatkichlar bo'yicha uni eng aniq hisoblash mumkin?
Iqtisodiy xavfsizlikni diagnostika qilish iqtisodiy sohada mamlakatning milliy manfaatlariga tahdidlar monitoringi paytida amalga oshiriladi. iqtisodiy xavfsizlik nuqtai nazaridan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dinamikasini tahlil qilish nazarda tutiladi. Monitoring jarayonida mamlakatning iqtisodiy xavfsizligi darajasida, mamlakatning milliy manfaatlariga tahdidlarning eng jiddiy oqibatlari, ularni keltirib chiqaradigan sabablar va omillar aniqlanadigan iqtisodiyot sohasidagi o'zgarishlar kuzatildi.

  • Iqtisodiy xavfsizlikka tahdidlarni belgilovchi omillar monitoringi, avvalambor, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid tahliliy materiallar va hujjatlarni tayyorlashda amalga oshiriladi. O’zbekistonda, xududiy darajada, har chorak yoki yildan keyin mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi to'g'risida tahliliy hisobotlarni tayyorlash amaliyoti ishlab chiqilgan. Shu bilan birga, hisobot davrlarini mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlarini tahlil qilish paytida ushbu hisobotlarni tayyorlashda iqtisodiy xavfsizlik muammolari alohida ta'kidlanadi. Iqtisodiy xavfsizlikka tahdidlarni belgilaydigan omillarni kuzatib borish va uni ushbu tahliliy ishning ajralmas, organik qismiga aylantirish kerak.

  • Shuningdek, u iqtisodiy sohada mamlakatning xavfsizligini ta'minlaydigan davlat siyosatining strategik yo'nalishlarini ishlab chiqish uchun oldindan rejalashtirilgan bosqichda amalga oshirilishi kerak. Hozirda mamlakatning prognozdan oldingi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi tahlili olib borilmoqda. Ammo iqtisodiy xavfsizlik muammolari, shuningdek tahliliy ishlarda ham doim ham alohida ajratib ko'rsatilmaydi.

  • Mamlakatning xavfsizligini ta'minlaydigan davlat siyosatining strategik yo'nalishlarini ishlab chiqish oldindan rejalashtirilgan bosqichda iqtisodiy xavfsizlikka tahdidlarni belgilovchi omillar monitoringini alohida ish bosqichiga taqsimlashni talab qiladi.

  • Ushbu omillarni kuzatib borish davlatning iqtisodiy sohadagi xavfsizligini ta'minlaydigan davlat siyosatining strategik yo'nalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirishning muhim bosqichi sifatida monitoring qilish muayyan uslubiy va tashkiliy yordamni talab qiladi.

  • Hisobot va prognoz davrlarining boshida va oxirida ko'rsatkichlarni taqqoslashda, shuningdek, haqiqiy yoki prognoz ma'lumotlarini taqqoslash, iqtisodiy xavfsizlikning chegarasi bilan solishtirish kerak.

  • Ayniqsa, qiymat (narx) da ma'lumotlarning taqqoslanishi ta'minlanishi kerak. Bu erda monitoring omillari uchun deflatator indekslaridan foydalangan holda taqqoslanadigan narxlarda ma'lumotlar bilan ishlash afzalroq.

  • Tarkibiy o'zgarishlarni tahlil qilishda qiymatlarni taqqoslash muammosi eng muhimdir. Haqiqat shundaki, har xil turdagi tarkibiy ko'rsatkichlar (YaIM, sanoat va boshqalar) xarajatlar nuqtai nazaridan Uzstat tomonidan odatda mavjud narxlar asosida ishlab chiqiladi va e'lon qilinadi. Biroq, inflyatsiya sharoitida harajatlar tarkibidagi turli tarkibiy qismlar narxlarining o'zgarishi har xil sur'atlarda davom etmoqda. shuning uchun tarkibiy siljishlar nafaqat ma'lum tuzilishdagi real o'zgarishlar, balki individual tarkibiy elementlar narxlarining har xil o'zgarishi natijasida ham ro'y berishi mumkin. shuning uchun tarkibiy o'zgarishlarni tahlil qilishda turli davrlar miqyosi ko'rsatkichlarining tuzilishini taqqoslanadigan narxlarga yaqinlashtirish kerak. Statistikada bunday ko’rsatkichlarni kamaytirish usullari ma'lum.


Download 79.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling