Iqtisodiyot xavfsizlik
YeOllga kirish yo‘lida milliy manfaatlarni himoyalash va xavfsizlikni ta’minlash yo‘llari
Download 79.33 Kb.
|
КУСР ИШИ Дилмуродов Улуғбек Зоҳид ўғли ИХ 50 2 гуруҳ талабаси
2. YeOllga kirish yo‘lida milliy manfaatlarni himoyalash va xavfsizlikni ta’minlash yo‘llari.
Mamlakatimizda ochiq iqtisodiyotning shakllanishi va uning rivojlanish istiqbollari ustuvor darajada jahon ho‘jaligi tizimiga kirib borishiga bog‘liqdir. Hozirgi davrda O‘zbekistonni mustaqil davlat sifatida xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda ham faol ishtirok etmoqda. YeOllga kirish yo‘lida milliy manfaatlarni himoyalash va xavfsizlikni ta’minlash yo‘llari Mamlakatimizda ochiq iqtisodiyotning shakllanishi va uning rivojlanish istiqbollari ustuvor darajada jahon ho‘jaligi tizimiga kirib borishiga bog‘liqdir. Hozirgi davrda O‘zbekistonni mustaqil davlat sifatida xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda ham faol ishtirok etmoqda. O‘zbekiston YeOllga a’zo bo‘lishi natijasida dunyoda maydoni bo‘yicha birinchi o‘rinda, YaIM hajmi bo‘yicha o‘ninchi o‘rinda bo‘lgan iqtisodiy makonga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Bugungi kunda mazkur tashkilot bilan dunyoning ko‘plab mamlakatlari iqtisodiy hamkorlik qilishga intilmoqdalar. Bunga sabab YeOll iqtisodiy tashkilot maqomiga ega bo‘lib, unga a’zo mamlakatlar mustaqilligiga, suverenitetiga hech qanday ta’sir etmaydi, unda hech qanday siyosiy tavsifdagi forum va yig‘ilishlar o‘tkazilmaydi. O‘zbekistonning YeOll ga a’zo mamlakatlar bilan tashqi savdosi uning umumiy hajmining 70 foizini tashkil etadi. Bu mamlakatlarda, ayniqsa Rossiya va Qozog‘iston, Qirg‘izistonda 3 milliondan ziyod fuqarolarimiz mehnat qilmoqdalar. Shuningdek, mamlakatimizga kelayotgan turistlarning 70 foizini mazkur ittifoq mamlakatlarining fuqarolari tashkil etadi. Ilm-fan va ta’lim sohasida o‘zaro hamkorlik davom etmoqda. Jumladan bugungi kunlarda Rossiya Federatsiyasida 25 mingdan ortiq, Qozog‘istonda 3,7 ming, Qirg‘izistonda 1,8 ming, Belarusda 200 nafardan ortiq yoshlarimiz tahsil olmoqdalar. Mamlakatimizda M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, V.G. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti, I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti kabi bir qancha nufuzli oliygohlarning filiallari faoliyat yuritmoqdalar. Shuningdek, keyingi yillarda respublikamizdagi bir necha oliygohlarda Rossiya oliygohlari bilan hamkorlikda qo‘shma fakultetlar tashkil etilgan. Shulardan kelib chiqib, mazkur ittifoqqa a’zo bo‘lib kirish O‘zbekiston uchun manfaatli hisoblanadi. O‘zbekistonning milliy manfaatlari va iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash asosida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo‘lishida quyidagilarga erishish maqsadga muvofiqdir: YeOIIning boshqa a’zolari bilan savdo qilishda mumkin qadar qulay rejimiga ega mamlakat maqomini olish; - tarif va notarif to‘siqlarning bekor qilinishi natijasida tashqi bozorga, eng avvalo rivojlangan mamlakatlar bozoriga kirish imkoniyatlarining kengayishi (ayniqsa, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, teri, to‘qimachilik mahsulotlari, kimyo va sanoat mahsulotlariga nisbatan); - savdo munosabatlarida diskriminatsiyalarga yo‘l qo‘ymaslik, o‘zbek eksporterlari manfaatlarini himoya qilish, buning natijasida mamlakat eksporti uchun qulay rejimning barpo bo‘lishiga imkon yaratish; - xorijiy sarmoyadorlarning ishonchini mustaxkamlash, respublika iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyalarning oqimining ko‘payishi uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, xalqaro kapital bozorida munosib o‘rin egallashga intilish; - yuklarni YeOIIga a’zo davlatlar hududi orqali erkin tranzit qilish huquqidan samarali foydalanish; - standartlashtirish va sertifikatsiyalash tizimini takomillashtirish asosida savdoda notarif cheklovlardan, shu bilan birga ichki bozorni himoya qilish bo‘yicha sanitar va fitosanitar chora-tadbirlardan kompensatsion mexanizmlar sifatida keng qamrovli foydalanish; - savdo sheriklari bilan yuzaga keladigan tushunmovchilik va bahslarni xalqaro iqtisodiy qonunchilik, YeOII tomonidan belgilangan mexanizmlar va qoidalar yordamida hal qilish hamda tashqi iqtisodiy siyosat hamda hukumatlar va ishtirokchi mamlakatlarning maqsadlari bo‘yicha tezkor ma’lumotlarga ega bo‘lish. Download 79.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling