Iqtisodiyot xavfsizlik
Download 79.33 Kb.
|
КУСР ИШИ Дилмуродов Улуғбек Зоҳид ўғли ИХ 50 2 гуруҳ талабаси
Xulosa va takliflar.
Mening fikrimcha, shaxsning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash mexanizmi davlat hokimiyati organlari, nodavlat tashkilotlari va institutlari, oila, mahalla, hudud, korxona hamda ular faoliyatining maqsadi, vazifalari, tamoyillari, usullarini belgilab beruvchi huquqiy muhit o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni ifodalaydi. Milliy xavfsizlik holatini boshqarish tamoyillari. O’zbekiston Respublikasida milliy xavfsizlik bu konstututsiyaviy tuzum, suvirinitet, xududiy yaxlitlik, iqtisodiyotning tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishdir. Mamlakat rivojlanishining hozirgi bosqichidagi ustuvor yo’nalishlar, davlat va ijtimoiy hayotning barcha sohalarini isloh qilish borasidagi vazifalarni samarali amalga oshirish iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning sifat jihatidan yangi tizimini shakllantirishni taqozo etadi. O’zbekiston milliy iqtisodiy havfsizligini hozirda 2017-2021 yillarga mo’ljallangan Xarakatlar strategiyasi asosida amalga oshiradi. O’zbekiston uchun milliy xavfsizlik holatini boshqarish tamoyillari bo’lib: Qonun ustuvorligi; Fuqarolarning iste’molchi sifatidagi huquqlari, manfaatlarini himoya qilish; Milliy ishlab chiqaruvchi, tadbirkor faoliyatini himoya qilish; Mulkni baholash mexanizmini ta’minlash; Iqtisodiy huquqlarni iqtisodiy sudlar orqali ta’minlash; Ijtimoiy siyosatni yuritish; xalqimiz an'analari, urf-odatlari hamda bozor iqtisodiyotining ob'ektiv qonun-qoidalarini hisobga olgan holda himoyalash; Iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoyi va axborot sohalarida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash, jumladan plagiyatlikka yo’l qo’maslik; Infrastruktura, jumladan, telekommunikatsiya, trasport sohalaridagi iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash; Qurol-yarog’, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarning noqonuniy bozorga kirishiga yo’l qoymaslik Mintaqaviy xavfsizlikni boshqarish tamoyillari. So‘nggi yillarda O‘zbekiston keng doiradagi xorijiy sheriklar bilan do‘stona, o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirishda muhim yutuqlarga erishdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilgan ochiq, konstruktiv va amaliy tashqi siyosat dunyoning deyarli barcha mintaqalardagi davlatlar, shuningdek, yetakchi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan samarali aloqalarni sezilarli darajada mustahkamlashga imkon berdi. Xususan, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) va Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) kabi mintaqaviy institutlar doirasida O‘zbekistonning hamkorligi sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi. Mamlakatimiz 2019 yilda a’zo bo‘lgan Turkiy tilli davlatlarning hamkorlik kengashi (TDHK) faoliyatida ishtirok etishi Toshkentning ko‘p tomonlama diplomatiyasining yangi yo‘nalishiga aylandi. Bundan tashqari, joriy yilda O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) tarkibida kuzatuvchi davlat maqomini oldi. So‘nggi yillarda mamlakatimiz Hamdo‘stlik faoliyatidagi ishtirokini sezilarli darajada faollashtirdi. O‘zbekiston MDH Iqtisodiy Kengashi, Hamdo‘stlikning Parlamentlararo assambleyasi va 20 dan ortiq tarmoq organlariga qo‘shildi. Maqsadlari milliy manfaatlarga javob beradigan boshqa tarmoq organlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Hamdo‘stlikka a’zo davlatlar O‘zbekistonning asosiy savdo sheriklari hisoblanadi. 2020 yilning 9 oyida respublikaning MDH davlatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 8 059,5 million dollarni va jami tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 29,3 foizni tashkil etdi. O‘zbekiston tomoni MDH davlatlari bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni O‘zbekistonning mavjud iqtisodiy salohiyatidan to‘liq foydalanish, shu jumladan, ta’minot va ishlab chiqarish mahsulotlari assortimentini diversifikatsiyasini kengaytirish asosida rivojlantirishdan manfaatdor. O‘zbekiston MDH davlatlari bilan transport va tranzit sohasida, shu jumladan, transport koridorlarini rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro imtiyoz va preferensiyalar berish, shuningdek, yangi o‘zaro manfaatli transport yo‘nalishlarini shakllantirish va rivojlantirish sohasida hamkorlikni chuqurlashtirishga katta ahamiyat beradi. Koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq jahondagi murakkab vaziyatga qaramay O‘zbekiston raisligi davrida bir qator muhim tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Ular orasida Hukumat rahbarlari kengashi, iqtisodiy kengash, tashqi ishlar vazirlari kengashi, MDH davlatlari hududlarini o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar importi va tarqalishidan sanitariya muhofazasi muammolariga bag‘ishlangan Muvofiqlashtiruvchi kengash, ilmiy-texnikaviy va innovatsion sohalarda hamkorlik bo‘yicha davlatlararo kengash va boshqalarni alohida ta’kidlash lozim. O‘zbekistonda milliy va mintaqaviy iqtisodiy xavfsizlikning asosiy muammoviy ko‘rsakichlari. O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sish sur‘atlari sekin, ammo ijobiy bo‘lib qolmoqda. Islohotlar ishlab chiqarishdagi cheklovchi omillarni (to‘siqlarni) bartaraf etish va yuqori o‘sish potensialiga ega tarmoqlarni liberallashtirishga yordam beradi. Meva-sabzavotchilik, turizm, oziq-ovqat sanoati, to‘qimachilik va kimyo sanoati shunday tarmoqlar qatoriga kiradi. Biznesda soliq yukining sezilarli darajada kamaytirilishi zikr etilgan natijalarini yanada qo‘llab-quvvatlaydi. 2019–2020 yillarda narx-navoning liberallashuvi va oylik ish haqi oshirilishi sababli inflyasiya yuqori darajada saqlanib qoladi. Biroq 2021 yilga borib u pasayishi kutilmoqda. Jahon banki prognozlariga ko‘ra, tashqi savdo balansining salbiy saldosi yuqoriligicha qoladi. Kreditlarning haddan tashqari o‘sishi barqarorlikka tahdid solishi mumkin. Jahon banki jamoasi fikriga ko‘ra, kreditlarning davomli va haddan tashqari o‘sishi inflyasiya bosimini kuchaytiradi va bu makroiqtisodiy barqarorlik uchun asosiy xavflardan biridir. Ekspertlarga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati moliyaviy intizomni saqlash uchun maqsadli kreditlar hajmini kamaytiradi. Bundan tashqari, barqaror iqtisodiy o‘sish va pul o‘tkazmalari oqimi mamlakatda asta-sekin qashshoqlikni qisqartirishga yordam berishi ham kutilyapti. Davlatning ijtimoiy siyosatdagi o‘zgarishlari kam daromadli oilalarni qo‘llab-quvvatlash dasturlarini yanada kengaytirish orqali qashshoqlikni kamaytirishi mumkin. 2019 yilda O‘zbekiston hukumati ijtimoiy himoya harajatlarini 50 foiz oshirdi. Mehnat bozoridagi jiddiy muammolar. O‘zbekiston iqtisodiyotida yiliga qariyb 280 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratiladi. Demografik sabablarga ko‘ra esa har yili deyarli 600 mingta ish o‘rni tashkil etilishi kerak. shu bois, iqtisodiyotda har yili yaratilayotgan ish o‘rinlari mehnat bozoriga kirib kelayotgan yangi ishchilarni band qilish uchungina ikki baravar oshirilishi lozim. Aksariyat ish o‘rinlari yangi korxonalarni tashkil etish hamda mavjud korxonalarni yanada kengaytirish hisobiga yaratilishi zarur. Hisobot mualliflari O‘zbekiston mehnat bozorida quyidagi tarkibiy va tizimli kamchiliklar borligini ta‘kidlaydi: · mehnatga bo‘lgan rag‘batning sustligi; · xodimlar malakasining etarli emasligi; · korxonalarda xodimlarni texnik ko‘nikmalarga o‘qitish bo‘yicha imkoniyatlarning etishmasligi; · yoshlar o‘rtasida ishsizlik darajasi yuqoriligi; · iqtisodiy faol bo‘lmagan aholi ulushining ko‘pligi; · uzoq davom etayotgan ishsizlik; · ish kuchining cheklangan safarbarligi. Download 79.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling