Iqtisodiyot yo’nalishi 4 bosqich 19. 48- guruh talabasi Asqarov Baxodirxon


Download 0.98 Mb.
bet3/4
Sana22.06.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1647385
1   2   3   4
Bog'liq
MOLIYA TIZIMI VA UNING ASOSIY BO`G`IMLARI

Davlat budjeti davlat moliya tizimining bosh bo‘g‘ini hisoblanadi. U davlat boshqaruv organlari funksiyalarini ta’minlash uchun markazlashgan pul fondlarini shakllantirish va ishlatish shaklidir.
Davlat budjeti mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi hisoblanadi va qonuniy tarzda Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi. Davlat budjeti orqali davlat xalq xo‘jaligi taraqqiyotini, ijtimoiy-madaniy tadbirlarni, mudofaani, davlat hokimiyat va boshqaruv organlarini saqlashni moliyalashtiradi.
Budjetdan tashqari fondlar - bu davlat hukumati va mahalliy hokimiyatlarning budjetga kiritilmaydigan xarajatlarni moliyalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan mablag‘laridir. Budjetdan tashqari fondlarning shakllanishi oddiy soliq to‘lovchi uchun soliqlardan hech qanday farq qilmaydigan majburiy maqsadli ajratmalar hisobidan amalga oshiriladi. Budjetdan tashqari fondlarga ajratmalar summasining asosiy qismi tannarx tarkibiga kiritiladi va ish haqi fondiga nisbatan foizlarda o‘rnatiladi.
Budjetdan tashqari fondlarning maqsadga muvofiq amal qilishi muhim ijtimoiy, iqtisodiy tadbirlarni moliyalashtirishni operativ amalga oshirish imkonini beradi. Davlat budjetidan farqli ravishda budjetdan tashqari fondlar mablag‘larining sarflanishi hokimiyat organlari tomonidan kamroq nazorat qilinadi. Bu, bir tomondan, ularning ishlatilishini yengillashtiradi, boshqa tomondan esa, bu mablag‘larni to‘la bo‘lmagan hajmda sarflash imkonini beradi. Shuning uchun budjetdan tashqari fondlar mablag‘lari sarflanishi nazoratini kuchaytirish maqsadida budjetdan tashqari fondlarni ularning sarflanishi bosqichida maqsadli yo‘nalishni saqlagan holda davlat budjetiga konsolidatsiya qilindi (birlashtirildi).
Sug‘urta - ishlab chiqarish munosabatlarining zaruriy elementidir. U ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonidagi moddiy zararlarni qoplash bilan bog‘liqdir. Normal takror ishlab chiqarish jarayonining muhim sharti uning uzliksizligi va to‘xtovsizligi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning doimiy yangilanib borishi insonlarning barcha ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarda, shu jumladan rivojlangan jamiyatda ham mavjud extiyojlarini qondirish uchun zarurdir.
Agarda ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni tabiiy ofatlar yoki boshqa favqulodda hodisalarning (yong‘inlar, portlashlar, epidemiyalar va b.) salbiy oqibatlari ta’sirida to‘xtasa yoki buzulsa, u holda jamiyat, avvalo, turli oldini olish tadbirlarini amalga oshirishga, mabodo ular ko‘zlangan natijani bermasa, u holda yetkazilgan moddiy zararni qoplashga, ishchi kuchini takror ishlab chiqarishning normal sharoitlarini qayta tiklashga majbur bo‘ladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasi mamlakat yagona moliya tizimining asosi hisoblanadi. U ijtimoiy mahsulot va milliy daromadni yaratish va taqsimlash jarayoniga xizmat ko‘rsatadi hamda markazlashgan pul fondlarini shakllantirishning bosh omili hisoblanadi. Korxonalar moliyasining holatiga markazlashgan pul fondlarining moliyaviy resurslar bilan ta’minlanganligi bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bunda shuni alohida ta’kidlash lozimki, korxonalar moliyasidan mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilish jarayonida faol foydalanish bu jarayonda budjet, bank krediti hamda sug‘urtaning ishtirokini rad etmaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik-operativ va moliyaviy mustaqillik asosida korxonalar o‘z faoliyatlarini albatta foyda olish maqsadida tijorat asosida amalga oshiradilar. Ular mustaqil ravishda mahsulot realizatsiyasi tushumini taqsimlaydilar, ishlab chiqarish va ijtimoiy maqsadlardagi fondlarni shakllantiradilar va sarflaydilar, kredit resurslari va fond bozori resurslaridan foydalanib mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish uchun zarur mablag‘larni topadilar. Tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi korxonalar mustaqilligining kengayishini, arzimas davlat aralashuvini bartaraf qilishning va shu bilan birga ishning haqiqiy natijasi uchun javobgarlik xissining oshirilishini ta’minlaydi.
Budjet munosabatlari deb respublika va mahalliy davlat organlarining xo‘jalik subyektlari, shuningdek aholi bilan markazlashgan pul fondlarini shakllantirish va ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy munosabatlarga aytiladi.
Budjet moliya resurslarini kerakli soha va yo‘nalishlarda jamlab davlatni iqtisodiyotni boshqarish va ijtimoiy siyosatni amalga oshirishga imkoniyat beradi. Bunda budjet resurslarining daromad qismi bo‘yicha shakllanishi, undan samarali foydalanish nazorat qilinadi. Taqsimlash va nazorat funksiyalari orqali budjetning iqtisodiy kategoriya sifatidagi mohiyati yuzaga chiqadi. Shu yo‘l bilan budjet davlat daromadlari va xarajatlarini rejalashtiruvchi moliyaviy munosabatlarni bildiradi. Budjet ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga ta’sir etuvchi qudratli iqtisodiy dastak sifatida yuzaga chiqadi.
Davlat moliyasi davlatni kerakli iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy funksiyalarini bajarish uchun pul mablag‘lari bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan moliya tizimining muhim bo‘g‘inidir.
Sanab o‘talgan turli xildagi funksional vazifalarni bajaradigan bo‘g‘inlar bo‘yicha davlat iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarning tarmoqli va hududiy muammolarining yechimlari keng miqyosda ta’sir ko‘rsatadi.
Ushbu ma’ruzada ko'rsatib o'tilgan qoidalar foyda solig’ini to'lovchi xisoblangan yuridik shaxslarga tatbiq etiladi.
Soliq solishning aloxida tartibi belgilangan yuridik shaxslarning ayrim toifalariga va xorijiy yuridik shaxslarga tatbiq etilmaydi.
Bunda, agar soliq solishning aloxida tartibi belgilangan yuridik shaxslar asosiy faoliyat turi bilan bir qatorda faoliyatning boshqa turlari bilan shug'ullansalar, ular ushbu faoliyat bo'yicha aloxida xisob yuritishlari va byudjetga belgilangan tartibda foyda dan olinadigan soliqni to'lashlari lozim. Qat’iy soliq to'lanishi belgilangan tadbirkorlik faoliyati turlarinigina amalga oshiradigan yuridik shaxslarga;
Xorijiy yuridik shaxslarga tatbiq etilmaydi.
Soliq to'lovchilar moliya yilida soliq solinadigan foyda ga ega bo'lgan yuridik shaxslar foyda solig’i to'lovchilar xisoblanadi.
Soliq solish maqsadida yuridik shaxslar deganda mulkida, xo'jalik yuritishi yoki tezkor boshqaruvida mol-mulki bo'lgan va o'z majburiyatlari bo'yicha ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek mustaqil balansga va xisob-kitob varag'iga ega bo'lgan aloxida bo'linmalar xam tushuniladi.
Yuridik shaxslar - O'zbekiston Respublikasi rezidentlariga O'zbekiston Respublikasida hamda undan tashqarida ularning faoliyat manbalaridan olingan daromadlar (foyda) bo'yicha soliq solinadi.
O'zbekistonda taxsis etilgan yoki ro'yxatga olingan, shuningdek O'zbekiston Respublikasidan tashqarida ro'yxatga olingan, bosh korxonasi O'zbekistonda joylashgan yuridik shaxs O'zbekiston Respublikasining rezidenti xisoblanadi.
Byudjet bilan foyda solig’i bo'yicha xisob-kitoblarni yuridik shaxslar mustaqil ravishda amalga oshiradilar. Ayrim tarmoqlar yuridik shaxslarining birlashmalari byudjet bilan xisob-kitoblarni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qaroriga binoan markazlashtirilgan tartibda amalga oshirishlari mumkin.
Jami daromad tarkibiga yuklab jo'natilgan tovar, bajarilgan ishlar, ko'rsatilgan xizmatlar va boshqa operatsiyalar uchun yuridik shaxs olishi lozim bo'lgan (olgan) yoki tekinga olgan pud yoxud boshqa mablag'lar kiradi.
Bunday daromadlarga quyidagilar kiritiladi:
a) maxsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishidan keladigan tushum.
Maxsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishidan keladigan tushum deganda:
yuklab jo'natilgan maxsulot uchun taqdim etilgan xisob-kitob hujjatlarida ko'rsatilgan summalar;
buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan bajarilgan ishlar dalolatnomalarida ko'rsatilgan summalar;
xizmatlar ko'rsatilishi faktini tasdiqlaydigan hujjatlarda ko'rsatilgan summalar tushuniladi.
Vositachilik faoliyatidan daromad oladigan (komission xaqlar, foizlar sifatida) korxonalar uchun tushum deganda soliq solinadigan davrda amalga oshirilgan barcha bitimlar bo'yicha olingan komission xaqlar (foizlar) summasi tushuniladi.
b) asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, qimmatli qog'ozlar, intellektual mulk obyektlari, materiallar va boshqa aktivlarni sotishdan keladigan daromad.
Korxonaning asosiy fondlari va boshqa mol-mulkini sotishdan keladigan daromadni belgilash chog'ida soliq solish maqsadi uchun ushbu fondlar va mol-mulkning sotilish va qoldiq qiymatlari o'rtasidagi farq (oshib ketish) xisobga olinadi. Bunda mol-mulkning qoldiq qiymati asosiy fondlar, moddiy aktivlar, arzon va tez eskiruvchan buyumlarga nisbatan qo'llaniladi.
Agar aktivlarning faqat bir qismi sotilsa, sotish sanasidagi aktivlar qiymati qolgan va sotilgan qismlar o'rtasida tasdiqlanadi.
Aktivlar bepul asosda yoki pasaytirilgan qiymat bo'yicha topshirilganda topshiruvchi shaxs aktivlarining qiymati shakllangan xarajatlardan kelib chiqib, olayotgan shaxs daromadlari esa - kirim qilingan baxolash qiymati bo'yicha, lekin topshirilayotgan aktivlar tannarxidan past bo'lmagan tarzda, belgilanadi.
v) foizlar ko'rinishidagi daromadlar;
g) dividendlar;
d) bepul olingan mol-mulk.
Agar mablag'larni bepul topshirish tizim ichida korxonalar o'rtasida yuz bersa, bunda tizim deganda vazirlik, kontsern,trest va xokazolar tushuniladi va bu mablag'lar taqsimlash balansi bo'yicha, yuqori tashkilot buyrug'iga ko'ra olingan bo'lsa, ular soliq solish obyekti xisoblanadi.
e) mol-mulkni ijara (lizing)ga berishdan olingan daromad;
Bunda shuni nazarda tutish lozimki, agar ijaraga beruvchi amortizatsiyalanadigan asosiy vositalarni lizing shartnomasi bo'yicha ijaraga topshirsa, operatsiya soliq solish maqsadida ijarachi tomonidan mol-mulk xarid qilinishi sifatida qaralishi kerak.
Agar u quyidagi shartlardan biriga javob bersa, amortizatsiyalanadigan asosiy vositalarning ijarasi lizing xisoblanadi:
ijara muddati asosiy vositalar xizmat muddatining sakson foizidan oshib ketsa;
ijarachi asosiy vositalarni Qat’iy narxda yoki ijara tugaganidan keyin belgilanadigan narxda sotib olish huquqiga ega bo'lsa;
ijaraga olinadigan asosiy vositalarning qoldiq qiymati ijara tugaganidan keyin ijara boshidagi ular qiymatining yigirma foizidan kamni tashkil etsa;
to'lovlarning joriy summasi butun ijara davri uchun ijaraga olinadigan vositalar qiymatining to'qson foizidan oshsa.
Mazkur kichik band ikkinchi qismining qoidalari lizing shartnomasini uzaytirish huquqi amalga oshirilishi mumkin bo'lgan davrga tatbiq etiladi.
j) royalti;
z) tekin moliyaviy yordam (davlat byudjetidan subsidiyalar bundan mustasno);
i) dahvo muddati o'tib ketgan kreditorlik va deponentlik qarzlarini xisobdan chiqarishdan olingan daromadlar.
Dahvo muddati - shaxs o'zining buzilgan huquqini dahvo taqdim etish yo'li bilan ximoya qila olishi mumkin bo'lgan muddat. Dahvoning umumiy muddati - uch yil.
k) ilgari chegirilgan xarajatlar, zararlar yoki gumonli qarzlarni qoplash ko'rinishida olingan daromadlar;
l) valyuta xisobvaraqlari bo'yicha kursdagi musbat farq.
m) favqulodda daromadlar.
n) boshqa daromadlar.
O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 5 fevraldagi "Maxsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to'g'risida"gi nizomga muvofiq jami daromad bilan chegirmalar o'rtasidagi farq sifatida xisoblab chiqarilgan, ko'rsatilgan Nizomga ilovalarda belgilangan xarajatlar summasiga tuzatishlar kiritilgan foyda soliq solig'i obyekti xisoblanadi.
Banklar va sug'urta tashkilotlari bo'yicha bayon etilgan tartibda belgilangan chegirmalardan
tashqari quyidagilar xam jami daromaddan chegirilishi kerak;
a) banklar bo'yicha:
kredit resurslari uchun to'lovlar;
operatsion xarajatlar;
pul mablag'lari va boyliklarini tashish va saqlash xarajatlari;
mijozlar xisobvaraqlari, shu jumladan - jismoniy shaxslarning omonatlari bo'yicha xisoblab yozilgan va to'langan foizlar;
tavakkallik operasiyalari bo'yicha zaxira xisobiga xisobdan chiqarilgan umidsiz ssudalar summalari.
b) sug'urta tashkilotlari bo'yicha:
qayta sug'urtalash shartnomalari bo'yicha topshirilgan to'lovlar summalari;
amal qilishi xisobot yilining oxirida tugamagan sug'urtalash va qayta sug'urtalash shartnomalari bo'yicha to'lovlar summalari;
sug'urtalash va qayta sug'urtalash majburiyatlari bo'yicha amalga oshirilgan va xisoblab yozilgan to'lovlar summalari;
o'tgan yillarning sug'urta xodisalari bo'yicha tugallanmagan to'lovlar summalari, shu jumladan dahvo muddati doirasidagi majburiyatlar;
sug'urta xodisasi boshlangani ma’lum qilingan, lekin zarar xajmi taqdim etilmagan shartnomalar bo'yicha sug'urta summalari;
sug'urta tashkiloti tomonidan sug'urta xodisalari boshlanishining oldini olish va ogoxlantirish chora-tadbirlarini moliyalashga yo'naltiriladigan mablag'lar summalari; sug'urta tashkilotlarining zaxira fondlariga ushbu fondlar miqdorlari sug'urta tashkilotlari ustav fondining yigirma besh foiziga etguniga qadar ushbu tashkilotlar daromadlarining yigirma foiziga qadar miqdorda ajratmalar.






Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling