Iqtisodiyot yo'nalishi 4-kurs s19. 83 talabasi naimjonov husniddin


Moliyaviy investitsiyalarning daromadliligi, olingan


Download 19.83 Kb.
bet3/3
Sana21.04.2023
Hajmi19.83 Kb.
#1372465
1   2   3
Bog'liq
Moliyaviy investitsiyalar hisobiga doir dastlabki xujjatlarning

Moliyaviy investitsiyalarning daromadliligi, olingan
daromadlarning to’liq aks ettirilishi va soliqqa tortilishini tekshirish Korhonaning moliyaviy investitsiyalardan oladigan daromadlari 9520 -«Divident ko’rinishidagi daromadlar», 9530 - «Foiz ko’rinishidagi daromadlar» va 9560 - «Qimmatli qog’ozlarni qayta baholashdan olinadigan daromadlar» schyotlarida hisobga olinadi va «Mahsulot ( ish, xizmat)lar tannarxiga ko’shiladigan mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish) va realizatsiya xarajatlarining tarkibi hamda moliya natijalarini shakllantirish tartibi to’g’risidagi Nizom» ga muvofiq moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar qatoriga kiritiladi. «Harajatlar tarkibi.......to’g’risidagi Nizom»da (V bo’limi 3§ «Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlar», 3,5-modda«qimmatli qog’ozlarga qilingan investitsiyalar», shu’ba korxonalarga berilgan mablag’lar va shu kabilarni qayta baholashdan olingan foyda, shuningdek, V. bo’limi, 3§ «Moliyaviy faoliyatga doir chiqimlar», 3,4-modda «Qimmatli qog’ozlarga qilingan investitsiyalar» (sho’’ba korxonalarga berilgan"mablag’lar va shu kabilar)ni qayta baholashdan ko’rilgan zararlar qimmatli qog’ozlarga qilingan investitsiyalar va shu’ba korxonalarga berilgan mablag’larni har chorakda (yilda) qayta baholash, ya’ni ularni balansda bozor bahosi bo’yicha aks ettirish tavsiya etiladi. Ammo, bunday hisob yuritish siyosatiga qimmatli qog’ozlar bozori keng rivojlanganda erishilib, bozor qiymati haqida muntazam axborotlar mavjud sharoitda bo’lishi mumkin. Auditor sotib olingan qimmatli qog’ozlardan tashqari korxonaning o’zida chiqarilgan qimmatli qog’ozlar saqlanishi ham mumkinligini bilishi zarur. Bunday qimmatli qog’ozlar o’z jamoasi a’zolariga sotilguncha yoki birjaga berilgunga qadar 006-«Qat’iy hisobot blankalari» degan balansdan tashqari schyotda hisobga olinadi. Qo’shimcha daromad olish maqsadida ikkilamchi sotish uchun birjada sotib olingan yoki jismoniy shaxslardan (masalan, korxona xodimi ishdan bo’shab ketayotganida) sotib olingan korxona aktsiyalari 8620-«Sotib olingan xususiy aktsiyalar - imtiyozli» schyotida hisobga olinadi va quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi: Dt 8620-«Sotib olingan hususiy aktsiyalar -imtiyozli» Korhona aktsiyalarini ikkilamchi sotish quyidagicha aks ettiriladi: Agar harid qiymati ikkilamchi sotish qiymatini yuqori bo’lsa, u holda Dt muomalalar amalga oshirilganligining ob’ektiv (balki sub’ektiv) sabablarini aniqlash, oqilona ish yuritilganda investitsiyalashdan mumkin yo’qotishlar qo’lamini aniqlashi va bu xaqda direktorlar kengashida yoki aktsiyadorlar majlisida bildirishi zarur. Boshqa korxonalarning ustav kapitaliga xissa qo’shish ko’rinishidagi qilingan moliyaviy investitsiyalar auditi ushbu korxonalar ustavlarini tahlil qilib, daromad olish shartlarini hamda bunday investitsiyalar samaradorligining to’g’riligi va hisobda to’liq aks ettirilganligini aniqlashdan iborat. Shuningdek, vekselga berilgan qarzlar ham moliyaviy investitsiyalar bo’lib hisoblanadi. Ular quyidagicha aks ettiriladi: vekselga berilgan qarz summasiga. Veksellar ularda aks ettirilgan summalar, ya’ni nominal qiymati va sotib olish bahosi o’rtasidagi farqdan daromad olish maqsadida sotib olinganida buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: vekselning sotib olish qiymatiga. vekselda ko’rsatilgan summa va sotib olish qiymati o’rtasida farq daromadga olinganida. Moliyaviy investitsiyalar boshqa korxonalar faoliyatida hissa qo’shib ishtirok etish, aktsiyalar bo’yicha dividendlar va obligatsiyalar bo’yicha daromadlar olish maqsadida amalga oshirilib, hisobda quyidagicha aks ettiriladi:Daromadlarning to’liq aks ettirilganligini tekshirishda, ularning miqdori buxgalteriyada hisobga olish maqsadida quyidagi shart-sharoitlar mavjud bo’lganda tan olinadi:
- korhona ushbu daromadlarni olish huquqiga ega;
- daromadlar summasi aniqlangan bo’lishi mumkin;
- muayyan muomala natijasida korxona iqtisodiy manfaatining ko’payishiga ishonch bo’lganida.
Korxonaning moliyaviy investitsiyalardan olgan barcha daromadlari soliqka tortish maqsadida ikkita guruxga bo’linadi:
- umum qabul qilingan tartibda realizatsiyadan tashqari daromadlar tarkibida soliqka tortiladigan daromadlar (hamkorlikdagi faoliyatdan olingan daromadlar); - maxsus tartibda soliqka tortiladigan daromadlar. Bularga aktsiyador -korxonaga tegishli va bu qimmatli qog’ozlar egasining emitent - korxona foydasini taqsimlashda ishtirok etish huquqini tasdiqlovchi aktsiyalar bo’yicha olingan daromadlar; - O’zbekiston Respublikasi davlat qimmatli qog’ozlari va mahalliy organlar qimmatli qog’ozlari; O’zbekiston Respublikasi xududida tashkil qilingan boshqa korxonalar ustav kapitalida hissa qo’shib ishtirok etishdan olingan daromadlar. Bunday daromadlar belgilangan foiz stavka bo’yicha soliqqa tortiladi va daromadlarni to’lash manbalaridan to’lanadi. Aktsiyalar bozor bahosining ular nominal qiymatiga nisbatan yildan-yilga o’sib borishi ham korxona rahbariyatining oqilona ish yurtayotganligidan dalolat beradi.
Download 19.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling