“Iqtisodiyot” yoʼnаlishi tinglovchisi yo`ldаshev fozil turаpovich


Ishlab chiqarish turlari va ularning buxgalteriya hisobini tashkil etishga ta'siri


Download 1.69 Mb.
bet6/8
Sana19.06.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1604522
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Taqdimot BMI Bitiruv ishi Iraliyev (2)

Ishlab chiqarish turlari va ularning buxgalteriya hisobini tashkil etishga ta'siri


Ishlab chiqarish – bu buxgalteriya hisobining murakkab sohasi, chunki ishlab chiqarish jarayonlarida, qoida tariqasida, nomenklatura bo'yicha ham, hajm bo'yicha ham katta miqdordagi resurslar sarflanadi. Ishlab chiqarish xarajatlarini to'g'ri hisoblash, ularni nazorat qilish, tannarxni hisoblash, haqiqiy xarajatlarning rejalashtirilganidan og'ishlarini hamda buxgalteriya hisobining juda ko'p murakkab va muhim jihatlarini hisobga olish kerak.
Ishlab chiqarish korxonasidagi muhim hisob ob'ektlari:
1. asosiy vositalar;
2. xomashyo va materiallar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar, yoqilg'i, taralar va qadoqlash materiallari, ehtiyot qismlar, inventarь va uy-ro'zg'or buyumlari, tayyor mahsulotlar ko'rinishidagi zaxiralar;
3. mahsulot chiqishining hajmi;
4. mahsulot ishlab chiqarish uchun xarajatlar;
5. faoliyatning moliyaviy natijasi.
Korxonada buxgalteriya hisobini tashkil etish ishlab chiqarish texnologiyasi va tashkil etilishiga, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tabiatiga, boshqaruv tuzilmasi va boshqa omillarga bog'liq. Ular xo'jalik operatsiyalarini hujjatli rasmiylashtirish, ularni tizimlashtirish, sintetik va analitik hisobni yuritish, tugallanmagan ishlab chiqarish va tayyor mahsulotlar o'rtasida xarajatlarni taqsimlash tartibiga bog'liq va hokazo.
Analiz (tahlil) va sintez grekcha «analjysis» va «synthesis» so'zlaridan olingan bo'lib analiz - bo'lish, ajratish va sintez - muvofiqlik, munosiblik ma'nolarini bildiradi. Analiz va sintez tadqiqot usullari cifatida umumiy mazmunni yaxlitlikni alohida tarkibiy bo'limlarga ajratish va yaxlitlikni alohida tarkibiy bo'limlardan yaratish jarayoni uchun xizmat qiladi. Korxonalarga doir iqtisodiy adabiyotlarda bu kabi qator usullardan keng foydalaniladi.
«Korxona iqtisodiyoti va innovatsiyalarni boshqarish» ilmiy fan sifatida yuqorida keltirilgan o'rganish usullaridan va boshqa fanlarda ishlatiladigan ko'plab usullardan ham keng foydalanadi. Bu usullar korxonalarda iqtisodiy jarayon va hodisalarni tahlil qilish, ilmiy tadqiqotlar o'tkazish, prognozlash va rejalashtirish quroli sifatida ishlatilinadi.
Shuningdek, son va sifat tahlili, solishtirish, kuzatish, tajriba-sinov o'tkazish, tizimli tahlil, modellashtirish, ekstropolyatsiya, interpolyatsiya kabi usullar ham keng qo'llaniladi.

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling