“Iqtisodiyot” yoʼnаlishi tinglovchisi yo`ldаshev fozil turаpovich


II BOB. “MIKROIQTSODIYoT” FANIDAN KORXONALARIDA XARAJATLARNING ANALITIK VA SINTETIK HISOBLASh YO'LLARI


Download 1.69 Mb.
bet5/8
Sana19.06.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1604522
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Taqdimot BMI Bitiruv ishi Iraliyev (2)

II BOB. “MIKROIQTSODIYoT” FANIDAN KORXONALARIDA XARAJATLARNING ANALITIK VA SINTETIK HISOBLASh YO'LLARI


2.1.Korxonalarning oligopoliya sharoitidagi xatti-harakatlari.
Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o'tishi bilan jamiyatda bozor iqtisodiyotining amal qilish mexanizmini, turli mulkchilikka asoslangan korxonalarning (firmalarning) xo'jalik yuritish faoliyatini, ularning bozor sharoitidagi harakatini, cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish yo'llarini va shu asosda ularni samarali faoliyat yuritishlarini o'rgatuvchi bilimga bo'lgan ehtiyoj ortib boradi. Bu masalalarni hal qilishda “Mikroiqtisodiyot” fanining ahamiyati katta, chunki bu fan iqtisodiyot fanining tarkibiy qismi bo'lib, u korxonalar, firmalar, birlashmalar, uy xo'jaliklari va bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat iqtisodiyotining quyi qismida amal qiladigan barcha bozor sub'ektlarining faoliyatini keng miqiyosda tahlil etish asosida tegishli xulosalar chiqarib, qarorlar qabul qilish imkonini yaratadi.
Bozor sub'ektlari deganda - iste'molchilar, ishlab chiqaruvchilar (har xil mulkchilikka asoslangan kolrxonalar), yollanma ishchilar, mablag' qo'yuvchilar, yer egalari-umuman iqtisodiyotni ishlashiga va rivojlanishiga ta'sir ko'rsata oladigan har bir shaxs va xo'jalik sub'ekti tushiniladi. Bu yerda davlat, xususiy va shu kabi boshqa sektorlarning ayrim korxonalari olinib, ulardagi daromadlar va xarajatlar, ishchilarning soni va ularni ish bilan ta'minlanishi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdori, ularning bahosi va shu kabi qator boshqa iqtisodiy ko'rsatkichlar tahlil etiladi.
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun maʼlumotlarni yigʼish, qayta ishlash va taʼminlash asosiy bosqichdir.

Korxonalarida xarajatlarning analitik va sintetik hisoblash yo'llari


Bugungi kunda korxonalarni iqtisodiyotning asosiy bir bo'g'ini ekanligi hisobga olinsa, malakali kadrlarning samarali boshqaruvi- menejmentini tashkil etish, mavjud resurslardan oqilona foydalanish va zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish masalalarini ijobiy hal etish innovatsion jarayonlarga borib taqaladi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning yuqori sifat ko'rsatkichlarini saqlagan holda xarajat- larni minimallashtirish va foydani maksimallashtirish jarayonida innovatsion omillardan samarali foydalanish korxonaning asosiy iqtisodiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Korxonalar faoliyatining nazariy va amaliy asoslari, korxonalar faoliyatida iqtisodiy qonuniyatlarning namoyon bo'lishi, shuningdek, ularning ishlab chiqarish va xo'jalik faoliyati samaradorligini resurslardan oqilona foydalanish, ratsional boshqaruv orqali, investitsion va innovatsion faolligi oshirish yo'llarini aniqlash bilan ifodalanadi.
Korxona xo'jalik mexanizmi ko'p qirrali va murakkab jarayon hisob- lanadi. Xo'jalik mexanizmi korxona faoliyatida ro'y berayotgan iqtisodiy hodisalar va jarayonlarga baho berish, ularni rejalashtirish va tashkil etish yo'llarini aniqlash imkoniyatini beradi.
Barcha iqtisodiy fanlar qatori fanni o'rganishning falsafiy asosi va umumiy bilish quroli sifatida dialektik usul ishlatilinadi.

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling