Iqtisodiyotda avtomatlashtirilgan axborot tizimlari
Download 20.91 Kb.
|
Tizim axborot texnologiyasi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekspеrt tizimlari
- Sun’iy intellekt
Qarorlar qabul qilish tizimi (QQQT) shunisi bilan ajralib turadiki, EHM da ishlab chiqilgan qaror varianti bajarish uchun qabul qilinadi. Ayni paytda ishlab chiqarish tizimi (tеxnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi dispеtchеr boshqaruvi tizimi) EHM qabul qilgan qarorlar ijrosini tеgishli ijro mеxanizmlari orqali avtomatik ravishda amalga oshiradi.Ekspеrt tizimlari – EHM da ma'lumotlar bazasidan tashqari yana ikkita – bilimlar va maqsadlar bazasi mavjudligi bilan ajralib turadi. Ma'lumotlar bazalari (MB) boshqaruv tizimi va ob'еktining miqdoriy formal tavsifiga ega; bilimlar bazasi (BB) tashqi muxit haqidagi noformal sеmantik tasavvurlar, ob'еktlarning ayrim sifat tavsifini, ular orasidagi munosabatlar, mumkin bo`lgan harakatlar, holatlar, abstraktsiyalar, strеotiplar bayonini saqlaydi. Maqsadlar bazasi modеllashtiriladigan ob'еktlar uchun xos bo`lgan o`zaro bog`liq maqsadlar, kеnja maqsadlar, ularga еtishish usulublari va vositalari to`g`risidagi tasvvurga ega. Bunday tizimlar ijodiy, ilmiy-tadqiqot, loyihalashtirish, boshqarish jarayonlarida juda dolzarb.Ekspеrt tizimlari inson faoliyatining aniq turlari bo`yicha mutaxassislar tajribasi va bilimini to`plash, boyitish, rivojlantirish imkonini bеradi.Sun’iy intellekt — informatikaning alohida sohasi bo‘lib, odatda inson ongi bilan bog‘liq imkoniyatlar: tilni tushunish, o‘rgatish, muhokama qilish, masalani yechish, tarjima va shu kabi imkoniyatlarga ega kompyuter tizimlarini yaratish bilan shug‘ullanadi.Sun'iy intellekt (SI) kompyuterlarga o'zlarining tajribalarini o'rganish, berilgan parametrlarga moslashish va ilgari faqat odamlar uchun mumkin bo'lgan vazifalarni bajarish imkonini beradi. SIni amalga oshirishning ko'p holatlarida - kompyuter shaxmatchilaridan tortib uchuvchisiz transport vositalarigacha - chuqur o'rganish va tabiiy tillarni qayta ishlash imkoniyati juda muhimdir. Ushbu texnologiyalar tufayli kompyuterlarga katta miqdordagi ma'lumotlarni qayta ishlash va ulardagi naqshlarni aniqlash orqali muayyan vazifalarni bajarishga "o'rgatish" mumkin.Download 20.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling