Iqtisodiyotda axborot kommunikatsion texnalogiyalari va tizimlari


Download 173.93 Kb.
bet2/9
Sana22.01.2023
Hajmi173.93 Kb.
#1110203
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Hasan

Ishbilarmonlik axboroti sektori (birja, moliyaviy, tijorat, iqtisodiy va statistik) quyidagilarni qamrab oladi:

  • birjalar, birja va moliya axboroti maxsus xizmatlari, broker kompaniyalari beradigan qimmatbaho qog‘ozlar, valyuta kurslari, hisob stavkalari va kotirovkalari, tovarlar va kapitallar bozorlari, investitsiyalar, narx-navolar haqidagi birja va moliyaviy axborot va hokazolar;

  • iqtisodiy va statistik axborotni – davlat xizmatlarini, shuning-dek shu sohadagi tadqiqotlar, ishlanmalar va konsalting bilan band kompaniyalar taqdim etadigan dinamik, bashorat modellari va baholar ko‘rinishidagi raqamli iqtisodiy, demografik va ijtimoiy axborotlar;

  • maxsus axborot xizmatlari beradigan iqtisodiyot va biznes sohasidagi yangiliklar;

  • kompaniyalar, firmalar, korporatsiyalarning asosiy faoliyat yo‘nalishlari va ishlab chiqargan mahsulotlari, narxlari, moliyaviy ahvoli, aloqalari, oldi-sotdi bitimlari va rahbarlari haqidagi tijorat axboroti.

  1. Fan-texnika va maxsus axborot sektori. Fundamental va amaliy fanlarning barcha tarmoqlari, ta’lim, madaniyat va inson faoliyatining boshqa sohalaridagi bibliografik, referativ va ma’lumotnoma axborotini, kutubxona va ixtisoslashgan xizmat orqali boshlang‘ich manbalarga bo‘lishni, matnli ma’lumotlar, to‘la jamli nushalar, mikrofilmlar, kasb bo‘yicha axborot va xo‘jalik mutaxassislari uchun maxsus ma’lumotlar olish imkoniyatini ta’minlashni qamrab oladi.

  2. Iste’molchilik axboroti sektori yangiliklar xizmati va matbuot axboroti, ma’lumotnoma adabiyotlar, qomuslar, ommaviy va qiziqarli axborotni qamrab oladiki, ulardan bo‘sh vaqtda, uy sharoitida foydalaniladi. Bu sektor shuningdek, mahalliy yangiliklar, ob-havo, transport qatnovi jadvali va hokazolarni ham o‘z ichiga oladi.



Axborot resurslar turlaridan biri sifatida. Axborot tovarning har ikki xususiyatiga: iste’mol qiymatining mavjudligi (foydaliligi, qadr – qim-mati) va qiymatiga (ya’ni ijtimoiy mehnatning ayrim sarfiyoti) ega bo‘ladi.
Axborot va tovarlar sifatidagi buyum-narsalar ob’ektining umumiy va farqli xususiyatlari mavjud.
Bu ob’ektlarning odatdagi mahsulot va moddiy zahiralar bilan quyidagi bog‘liqligi bor: ularga iste’mol so‘rovi mavjud; ular mulkiy ob’ektlardir, ya’ni ularga ega bo‘lish, foydalanish va egalik qilish mumkin; ular aniq, ishlab chiqaruvchilar (ta’minotchilar)ga ega; ular klimat va tegishli narxga ega; ular turli shart-sharoitlarda yetkazib berilishi mumkin.
Biroq axborot zahiralari va texnologiyalarning o‘zaro bir qator jiddiy farqlari mavjudki, ular qatoriga quyidagilar kiradi:

  • cheklanmagan miqdorda sotish;

  • amaliy jihatdan yo‘q qilib bo‘lmaslik;

  • aniq, foydalanuvchilar shart-sharoitlariga invidual moslash zaruriyati (umumtizimli paketlardan tashqari);

  • ob’ektlarni muallif hamrohligida yetkazib berish majburiyati;

  • nafaqat foydalanish, balki ikkilamchi tirajlashga ham turli cheklanmalar qo‘yish imkoniyati;

  • mualliflik yoki ta’minotchilik huquqlariga rioya qilishni identifikatsiyalash (bir xillashtirish) ning murakkabligi;

  • takrorlanuvchi ob’ektlarning ko‘pligi. Turli o‘xshash vazifalarni bajaruvchi mahsulotlardan farqli ravishda, axborot bir aniqdikni turlicha aks ettirishi mumkin. Masalan, savdo-sotiq uchun biror bir mahsulotning miqdori xaqida yakuniy axborotning bir necha variantlari taklif etilishi mumkin;

  • bilvosita axborotning foydaliligi;

  • foydalanish natijasida qadrsizlanish. Chindan ham, ma’lumotlar bilan tanishib, ulardan ayrimlarining talabga javob bermasligiga ishonch hosil qilib, harid haqidagi taklifni qondirish to‘g‘ri bo‘ladi. Biroq takliflar bo‘yicha ishonchli ma’lumotlardan foydalanmaslik yoki uni majburiy unutish butunlay mumkin emas;

  • baholashni oldindan bilib bo‘lmasligi. Agar mahsulot ba’zi cheklangan dinamikada baholansa (talabning bir miqdorda yo‘q bo‘lishi yoki yuzaga kelishi mumkin emas), axborot esa (lekin texnologiya emas) bir lahzada butkul nol darajaga tushib ketishi mumkin;

  • oddiy raqobat sharoitida taklif etilgan bir axborot ikkinchisining dolzarblik xususiyatini yo‘qqa chiqarishi mumkin;

  • iste’molchilik xususiyatlarining qisman yoki to‘liq noaniqliligi;

  • faqat jismoniy eskirish va belgilangan yoki noaniqlik vaqtda dolzarblikni yo‘qotish mavjudligini anglatuvchi jismoniy yaroqlilik;

  • iste’molchiga ma’lumotni qisqa vaqtda uzatish va shunday qisqa vaqtda tasdiqni qabul qilib olish imkoniyati;

  • avtomatik tirajlanmaydigan texnologiyani doimo ham aniq, bir paytda yetkazmaslik;

  • etkazib berishga doimiy ravishda tayyorlik;

  • ham sotuvchiga, ham haridorga nisbatan ma’lumotlar va texnologiyalarni, shuningdek tovarni sotish yoki sotmaslik faktini ham maxfiy saqlash imkoniyatining borligi.

Foydalanuvchilarning qoniqish darajasi quyidagi o‘zaro bog‘liq mezonlarga bog‘liq,:
a) sifatiga, ya’ni axborot qiymatini (foydaliligini) belgilovchi axborot ehtiyojlarini haridlash darajasiga;
b) manfatiga, ya’ni umuman iqtisodiy samaradorlikni oshirishga;
v) harajatlarga, ya’ni axborot hajmi bilan belgilanadigan axborot qiymatiga. Axborotning sifat xususiyatlari (foydaliligi) ga: to‘laqonlilik, qabul qilishning bemalolligi, dolzarblik, hozirjavoblik, aniqlilik va hokazolar kiradi.


  1. Download 173.93 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling