15.Ma’lumotlarni ko‘rib chiqish, qayta ishlash va umumlashtirish instrumentlari.
MA’LUMOTNI QAYTA ISHLASH QURILMALARI
Bu qurilmalar sistema bloki ichida ham joylashgan bo’lishi mumkin. Bunda bu uning ichki qurilmalari deyiladi. Ammo ko’pincha ular alohida qurilma shaklida bo’lib kompyuterga ulanadi. Shuning uchun ularga nisbatan ba’zan tashqi (periferik) qurilmalar tushinchasi ham ishlatiladi.
1) Kiritish qurilmalarining asosiy vazifasi ma’lumotni qabul qilish va qayta ishlash uchun qulay ko’rinishga keltirishdan iborat. Boshqacha qilib aytganda, kiritish qurilmalari ma’lumotni kompyuter protsessorida qayta ishlash uchun qulay ko’rinishda uzatadi. Bunday qurilmalarga klavytura, sichqoncha, skanerni misol qilib keltirish mumkin.
2) Kompyuterning boshqaruv markazi qayta ishlash va asosiy hotira qurilmalaridan iborat bo’lib, ular sistema bloki ichida joylashgan. Bu qurilmalar sistema bloki bilan birgalikda ma’lumotni qayta ishlash qurilmalarini tashkil etadi: markaziy protsessor, operativ hotira.
3) Chiqarish qurilmalarining asosiy vazifasi foydalanuvchini kompyuter orqali qayta ishlagan axborotni ko’rish va ishlatishga qulay shaklda hosil qiluvchi vositalardan ta’minlashdan iborat. Masalan tartibsiz, turli manbalardan olingan va kompyuterga va kompyuterga kiritilgan ma’lumot qayta ishlanib tartibli jadval, matn diagramma shaklida qog’ozga chiqaradi. Printer, plotter, monitor, sambufer.Ma’lumot 2 xil variantda chiqariladi: qattiq nusxa-bu nusxani qo’l bilan ushlash mumkin bo’lib, u ko’pincha qog’ozda chiqarilgan bo’ladi. Yumshoq nusxa esa kompyuter ekraniga grafika yoki matn shaklida, hamda tovush shaklida chiqarilishi mumkin.
4) Yuqori ta’kidlagandek, saqlash qurilmalarining asosiy vazifasi programma va ma’lumotlarni nisbatan uzoq muddatga saqlash vositalari bilan ta’minlashdir.
5) Aloqa (komunikatsiya) qurilmalarining asosiy funksiyasi ikki kompyuter va tarmoqqa ulangan kompyuterlar o’rtasida ma’lumot almashishni ta’minlashdan iborat. Albatta , kompyuter “yolg’iz”, ya’ni biror kompyuterga yoki tarmoqqa ulanmagan bo’lishi mumkin, lekin kompyuterning komunikatsiya vositalari orqali boshqa kompyuterga yoki tarmoqqa ulanmagan bo’lishi ham mumkin. Lekin, kompyuterning komunikatsiya vositalari orqali boshqa kompyuterlarga ulanishi uning imkoniyatlarini keskin oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |