Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiyati va vazifalari. Axborot texnologiyalari
Internet xizmatlari orqali amallarni bajarish
Download 189.98 Kb.
|
Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 25.Ma’lumotlar bazalari va ularni yaratish modellari.
24.Internet xizmatlari orqali amallarni bajarish.
Интернет тармоғи хизматлари ва улардан фойдаланиш, Интернет провайдерлар қуйидаги хизматларини тақдим этади: WWW Интернет ресурсларини ташкил этиш E-mail Электрон почта хизмати Web hosting Шахсий веб сайтларни Интернетга жойлаштириш Internet conference Интернет орқали видео мулоқот Searching Интернет қидирув тизимларидан фойдаланиш FTP файлларни алмашиш протоколи IPTV Интернет тармоғи орқали рақамли телевидения IP телефония Интернет тармоғи орқали телефон сўзлашувлар Hozirgi vaqtda, Hukumatimiz tomonidan interaktiv xizmatlarni shakllantirish, tashkil etish va ularni boshqarishga katta e’tibor berilmoqda. Interaktiv xizmatlarni tashkil etishning eng tez va yaxshi yo‘li, bu, ularni internet tarmoqlari orqali amalga oshirish hisoblanadi. Interaktivlik orqali foydalanuvchi moddiy, ma’naviy, ijtimoiy, iqtisodiy, axboriy va ishlab chiqarishning turli manbalaridan ko‘riladigan manfaat mavjud bo‘lsa, unga interaktiv xizmat qilingan deb tushuniladi. Ya’ni, kompyuter dasturlari orqali foydalanuvchiga interaktiv xizmat tashkil etilgan deb tushuniladi. Internetning WWW xizmati, asosan, web-sayt yoki web-sahifalarga bog’liq ekan, «Web-sahifalar qanday tayyorlanadi?» degan savol tug’ilishi tabiiy. Web-sahifalar maxsus dasturlar asosida tayyorlanadi. Masalan, Microsoft FrontPage, Macromedia HomeSite, Adobe Dreamweaver kabi muharrirlar, PHP, ASP, javascript kabi server skriptlari (ssenariylar tili), XML, HTML va boshqalar. Bu dasturlaming barchasi HTML (Hypertext Markup Language — Gipermatnli markerlash tili) tiliga asoslanadi. HTML dasturlash tili hisoblanmaydi. Bu tilda hujjat (web-sahifa) tayyorlash uchun Windowsning «Bloknot» kabi oddiy matn muharriri yetarli. 25.Ma’lumotlar bazalari va ularni yaratish modellari. Ma’lumotlar bazasi bu — tartiblangan ma’lumotlarni saqlovchi va qayta ishlovchi axborot modeli hisoblanadi. Soddaroq qilib aytganda, bir hil turdagi axborotlarni o‘zida saqlovchi va berilgan so‘rovlar orqali ularni taqdim etuvchi model. Misol uchun, kitoblar javoni, bu ma’lumotlar bazasi hisoblanadi, ya’ni bir hil turdagi (kitoblarni) ob’yektlarni o‘zida saqlaydi, yoki bo‘lmasa telefon raqamlar yozilgan kitobcha, bu yerda ism, telefon raqam kabi bir hil tipdagi ma’lumotlar saqlanadi, bu ham ma’lumotlar bazasi.Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi — bu ma’lumotlar bazasini hosil qiluvchi, ma’lumotlarni qayta ishlovchi va qidiruvchi tizim hisoblanadi. Qisqa qilib aytganda, MBBT barcha jarayonlarni amalga oshiradi. Ma’lumotlar bazasi faqat ma’lumotlarni saqlaydi, qolgan barcha ishlarni MBBT bajaradi.Ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlar, SQL so‘rov tillari orqali boshqariladi, bu tilda MBBT’ga so‘rov beriladi, bu so‘rov u yerda qayta ishlanib, natija olish uchun ma’lumotlar bazasiga murojaat qiladi, u yerdan so‘rovga mos ma’lumotni olib, so‘rovga javob beradi: So‘rov berish: SQL so‘rov -> MBBT -> Ma’lumotlar bazasi natija olish: Ma’lumotlar bazasi -> MBBT — > So‘rovga javob Quyidagi dasturlar MBBT’ga misol bo‘la oladi: — Oracle; — MySQL; — Microsoft Office Access; — MariaDB; — Microsoft SQL Server; Xulosa shuki, siz o‘ylagan bu dasturlar, ma’lumotlar bazasi emas, balki MBBT hisoblanadi. Download 189.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling