2024 yilga kelib blokcheyn texnologiyalar bozori $60 mlrdga yetadi
2017 yilda blokcheynga asoslangan texnologiyalar bozori 708 million dollarni tashkil qilar edi. Prognozlarga ko‘ra, 2024 yilga kelib ularning umumiy hajmi $60.7 mlrdni tashkil etadi. Bunday o‘sishning asosiy qismi moliyaviy xizmatlar bozoriga to‘g‘ri keladi.Ayrim texnokompaniyalar allaqachon blokcheynni sotishdan daromad olmoqdaAmerikaning NVIDIA hamda AMD (Advanced Micro Devices) shirkatlari tomonidan taqdim etilayotgan grafik kartalar kriptovalyutalar ishlab chiqish va blokcheyn bilan ishlash imkonini beradi.Yaqinda NVIDIA rahbari Xuan Jensyunning CNBC’ga aytishicha, texnologiya tubdan yangi shaklga o‘tmoqda va u biz bilan uzoq vaqt qoladi.Blokcheyn media bozordagi shaffoflikni oshiradiSalon Media Group reklama uchun shartnomalar va tegishli to‘lovlarni qayd etish uchun blokcheyn texnologiyasiga asoslangan reyestrdan foydalanmoqda. O‘z navbatida Unilever korporatsiyasi AQSHda reklama maydonlarni sotib olish va uning tranzaksiyalarini kuzatishda IBMning blokcheyn texnologiyasidan foydalanmoqda.Texnologiya yordamida elektr ta’minotlar tarmog‘ini boshqarish mumkinBlokcheyn elektr energiya iste’molchilari va uni yetkazib beruvchilari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni zamonaviylashtirish imkonini beradi. Ma’lumotlar avtomatik tarzda yagona reyestrda saqlanadi.Blokcheyn transport sanoatini tubdan o‘zgartirishi mumkin
Dunyo bo‘ylab minglab yuklarni tashish ustidan nazorat kompaniyalar uchun jiddiy muammo hisoblanadi. Blokcheyn ushbu jarayonni hujjatlar aylanishini elektron shaklga o‘tkazish orqali soddalashtirishi mumkin. Bloomberg’ning yaqinda chop etilgan maqolasida aytilishicha, 1960-yillarda konteynerlar o‘lchamlarining standartlashtirilishi sohada inqilobni amalga oshirgan. Agar blokcheyn logistikani haqiqatdan soddalashtirsa, butun dunyo bo‘ylab tovarlar arzonlashadi.
39. tranzaksiyalarni jarayonida axborotlarni uzatilishi.
Axborot ustida hosil qilish, to'plash, izlash, saqlash, uzatish, qabul qilish, o'lchash, ishlatish, qayta ishlash, nusxalash, his etish, eslab qolish, boshqa ko'rinishga o'tkazish, tarqatish, bo'laklarga ajratish, soddalashtirish, birlashtirish, formallashtirish, kodlash, buzish kabi amallarni bajarish mumkin. Axborotlar ustida bajariladigan amallar bilan bog'liq barcha jarayonlar axborotli jarayonlar deb ataladi. Axborotlar ustida bajariladigan amallarning ko'plari sizga tanish. Masalan, axborotni to'plash, birlashtirish, saqlash, his etish, eslab qolish, ishlatish bilan fanlarni o'zlashtirish jarayonida, boshqa ko'rinishga o'tkazish yoki formallashtirish amallaridan matematika va fizika darslarida formulalar, tenglamalar va jadvallar tuzib, nusxalash amalidan esa Paint va Word dasturlarida ko'p foydalandingiz. Keyingi darslarimizda axborotlar ustida bajariladigan kodlash va buzish amallari bilan tanishasiz.To'plangan axborotlardan kerak bo'lganda foydalanish uchun ularni saqlab qo'yish kerak. Axborotlar turli xil vositalarda, masalan, kitoblarda, gazetalarda, magnitli tasmalarda, kompyuterlarning esa maxsus vositalarida saqlanadi. Ular axborot tashuvchi vositalar deb ataladi. Shu kabi axborot tashish vositalariga ko'plab misol keltirish mumkin.Axborotni qayta ishlash va uzatish Axborotlarni qayta ishlash deganda bir axborotdan biror-bir amal bajarib boshqa axborotni hosil qilish tushuniladi. Axborotlarni qayta ishlash axborotlarni ko'paytirish va ko'rinishlarini o'zgartirish uchun zarurdir.Axborotlar bilan ishlaganda ham, modda va energiyadagi kabi, ularni to'plash (hosil qilish), uzatish, saqlash, bir ko'nishdan boshqa, kerakli ko'rinishga o'tkazish kabi jarayonlar amalga oshirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |