Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiyati va vazifalari. Axborot texnologiyalari


blokcheyn texnologiyasi va uni qo’llanilishi


Download 189.98 Kb.
bet27/99
Sana04.04.2023
Hajmi189.98 Kb.
#1326596
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   99
Bog'liq
Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiya

37. blokcheyn texnologiyasi va uni qo’llanilishi.
“Blokcheyn — ma’lumotlarni saqlash uchun taqsimlangan reyestr...” — bu izohni bir necha marta eshitgan, biroq hech narsani tushunmagan bo‘lishingiz mumkin.Blokcheyn — bir-biri bilan internet orqali bog‘langan ko‘plab kompyuterlarda bir vaqtning o‘zida saqlanuvchi ma’lumotlar bazasi. Uning nega kerakligini misol yordamida tushuntirish osonroq.Braziliyadagi xolangizga bank jo‘natmalari orqali 100 rubl yubordingiz deb tasavvur qiling. Jo‘natma shaklini to‘ldirganingizdan so‘ng bank xodimi shaxsiy hisobingizdan pulni yechib olib, uni xalqaro o‘tkazmalar uchun bankning yagona hisobiga o‘tkazadi. Shundan so‘ng boshqa xodim bu pullarni agent bankning hisobiga o‘tkazadi, u esa, o‘z navbatida, pullarni Braziliyaga o‘tkazadi. U yerda o‘tkazmangiz aynan shu taxlit xolangizning shaxsiy hisobiga tushadi. Jo‘natma davomida hech kim xatoga yo‘l qo‘ymagan bo‘lsa, uch kun o‘tib xolangiz 97 rublni oladi (barcha banklarning komissionlari olingandan so‘ng). Biroq eng qo‘rqinchlisi, shu uch kun ichida na siz va na sizning xolangiz, qolaversa, bankirlardan hech biri ayni vaqtda pullaringiz qayerda ekanligi va ularning hisobini kim yuritayotganligini bilmaydi. Serverning kutilmaganda buzilib qolishi, bank xodimining insofsizligi yoki xakerlik hujumi uzoq surishtiruvlarning boshlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Axir bu kabi hodisalar hisobingizdagi pullar bilan ham sodir bo‘lishi mumkin. Demak, siz har kuni tizimga umid qilasiz va bankingizga ishonasiz, bu esa katta muammo.Hozirda blokcheynlar asosan kriptovalyuta jo‘natmalari uchun foydalanilmoqda. Biroq u turli tashkilotlarning turli maqsadlari uchun ham faol joriy etilmoqda.
38. soliq bank va statistikada blokcheyn texnologiyalarni qo’llanilish xususiyatlari.
Blokcheyndan ilmiy tadqiqotlar natijalarini kuzatish uchun foydalanish mumkin
Scientific American jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, har yili 2.5 millionta ilmiy ishlar chop etiladi. Ko‘pincha mualliflarga natijalarni tekshirish qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Blokcheyn ushbu vaziyatda yordamga kelishi mumkin. Scientific American quyidagicha yozadi:
“Blokcheyn ma’lumotlarni nashr etish va tasdiqlashni sezilarli darajada soddalashtiradi va tezlashtiradi - tajribalar natijalarini o‘zgartirish yoki soxtalashtirishning iloji bo‘lmaydi”.

Download 189.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling